I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari


-jadval Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə11/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

2-jadval
Dunyoning eng yirik 100 ta MKsining dunyo bo’ylab joylashuvi: 

Davlatlar


100 ta yirik xalqaro korporastiyalardan
AQSh
26 ta
Franstiya
14 ta
Germaniya
12ta
Buyuk Britaniya
9 ta
Yaponiya
5 ta
Shveystariya
5 ta
Kanada
4 ta
Nedirlandiya
2 ta
Ispaniya
2 ta
Finlandiya
2 ta
Shvestiya
1 ta
Italiya
1 ta
Belgiya
1 ta
Irlandiya
1 ta
Gongkong
1 ta
Manba: E. Maxmudov. Mirovaya ekonomika- JIDU - T, 2022 god
16
С. Сафаев “Марказий Осиёдаги геополитика”, 50-51 бетлар, Тошкент- 2022



20
2.2. Kapital va ishchi kuchining xalqaro harakati 


Kapitalning xalqaro harakati – kapitalni chet elda foyda olish maqsadida
joylashtirish va ishlatishdir.
Bunda “kapital” termini zaminida faqat ishlab chiqarish omili sifatida
kapitalning o’zi emas, qisman mehnat, er, tadbirkorlik qobiliyati ham tushiniladi,
chunki chet elda kapital sarflanganda ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin.
Keling avval qisqacha kapitalning ishchi kuchi kurinishdagi oqimiga to’xtalib
o’taylik. Ishchi kuchi bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga o’tar ekan, u tovar
sifatida o’zini bozorga soladi, xalqaro ishchi kuchi migrastiyasida ishtirok etadi.
Hozirgi zamon xalqaro mehnat bozorida ishchi kuchi milliy hududlardan oshib
o’tib, turli oqimlarga bo’linib ketishini nazarda tutadi. Shu tariqa xalqaro mehnat bozori
milliy, mintaqaviy ishchi kuchi bozorini birlashtiradi va ishchi kuchi migrastiyasi
shaklida namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining xalqaro migrastiyalariga olib
keladigan eng muhim ro’kachlar va sabablar orasida iqtisodiy va noiqtisodiy
ahamiyatga ega bo’lgan turli omillari mavjud. Iqtisodiy ahamiyatga ega sabablar deb
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Biror bir mamlakatda iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoat taraqqiyoti
darajasidagi tafavvutlar (amaldagi tajriba shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi asosan
turmush darajasi past mamlakatlardan darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarga
migrastiya qiladi;
2. Ish haqi miqdoridagi millatlaro farq;
3. Ayrim mamlakatlarda avvalo, kam rivojlangan mamalakatlarda mavjud bo’lgan
surunkasiga ishsizlik;
4. Kapitalning xalqaro harakati hamda xalqaro korparastiyalar faoliyati (ma’lumki,
korparastiyalar yo ishchi kuchini kapitalga yaqinlashtiradi yoki o’z kapitalini mehnat
resurslari ko’p bo’lgan mintaqalarga olib boradi), ishchi kuchining kapital bilan
birlashib ketishiga ko’maklashadi.



21
Mutaxassislar ishchi kuchining noiqtisodiy migrastiya sabablari qatoriga siyosiy,


milliy, diniy, irqiy,oilaviy va boshqa jihatlarni birga qo’shib izohlaydilar.
Chet elga kapital olib chiqish shunday bir jarayonki, uning davomida bir
mamlakatning milliy muomilasida bo’lgan kapitalning bir qismi chiqarib olinadi, turli
shakllarda (mahsulot, pul) ikkinchi bir mamlakatninng ishlab chiqarish jarayoniga,
muomalasiga kiritiladi. Kapitalining xalqaro harakati mamlakatlar o’rtasidagi
kapitallar migrastiyasidan iborat bo’lib, o’z egasiga daromad keltiradi. Kapitalizm
rivojining dastlabki bosqichlarida kapitalni chetga chiqarish tovarlarini chiqarishga
nisbatan kamroq edi. Kapitalning chetga chiqarilishining asosiy sababi – uning
“ortiqchaligi”. Ortiqcha kapital deyilganda kapitalning shunday ko’pligi tushiniladiki,
uning uchun foyda me’yorining pasayishi uning miqdori bilan tenglashmaydi. Yoki
bunday kapitallar miqdori mustaqil ish ko’rishga qodir emas.
Shu munosabat bilan kapitalni chetga chiqarishni rag’batlantiruvchi kapital
mo’l-ko’lligining ikki jihati ta’kidlab o’tiladi:
1. Foyda me’yorini pasayishi tamoyili qonunining amal qilishi.
2. Xo’jalikning eng muhim sohalarida eng yirik monopoliyalar hukumronligining
qaror topishi natijasida ichki kapitalning tarmoqlararo oqib yurishining
qiyinlashishi.
Hozirda biror tarmoqqa qo’shimcha kapital sarflash ortiqcha ishlab chiqarishni
keltirib chiqaradigan chegaralar ancha orqa surildi. Chunki ularning ko’pchilik qismi
endilikda asosiy kapitalni (ishlab chiqarishni) kengaytirishga emas, balki ishlab
chiqarilayotgan mahsulotni yangilash bilan bog’liq zamonaviylashtirishga sarflana
boshlandi.
Kapitalning xalqaro harakatida uning ortiqcha to’planib qolishi bilan birga
ko’proq ishlab chiqarishni umumiylashtirish jarayoni yashiringan bo’lib, u milliy
chegaralardan chiqib ketdi. Kapitalni chetga chiqarishga esa endi foydaning milliy
me’yolarini o’zgarishi ham, foyda me’yorlari o’rtasidagi farq ham ta’sir etmay qo’ydi.



22
Undan tashqari, kompaniyalar o’z shu’ba korxonalriga kapital olib chiqishdan milliy


miqyoslarda barqaror bo’lib turgan yoki hatto ancha ortib borayotgan ishlab chiqarish
hajmini tartibga solib turish yo’li sifatida ham foydalana boshlashdi.
Kapitalni rivojlanayotgan mamlakatlardan eksport qilish 60-70 yillarga kelib
kapitalni chetga chiqarishdagi yangi hodisalardan biri bo’ldi. Bunda mamlakatlarning
ikki guruhini ko’rsatish mumkin
17
:
1. Milliy bozorlar mahalliy tadbirkorlar uchun “torlik qilib qolgan” mamlakatlar;
2. Iqtisodiyoti neftni eksport qilishdan olinadigan juda katta mablag’larni
o’zlashtirishga qodir bo’lmagan mamlakatlar (OPEK).
Bevosita xususiy investistiyalar rivojidagi o’zgarishlar ko’proq quyidagilarga
o’tishda namoyon bo’lmoqda:
1. O’z mustaqil chet el kompaniyalarini tashkil qilishdan kapitalni import qiladigan
mamlakatlarda qo’shma korxonalarni barpo etishga;
2. Chet el firmalari akstiyalarini shunchaki sotib olishdan chet elda o’zlarining yangi
shu’ba korxonalarini ta’sis etishga;
3. Chet el firmalari akstiyalariga egalik qilishdan ular bilan uzoq muddatli
shartnomalar tuzishga;
4. Xalqaro korparastiyalarning chet davlatlar xo’jalik strukturalariga kirib
borishning shakli sifatida bosh firma akstiyalarini uning chet el filiallari
akstionerlari o’rtasida tarqatish singari shakli ham tobora ko’p ahamiyat kasb
etmoqda.
Bugungi kunda globalizastiya jarayoni shu qadar tus olmoqdaki, jahon guyo bitta
davlatga aylanmoqda. Chegaralar yo’q bo’lmoqda, tariflar olob tashlanmoqda,
investistiya juda tez su’ratlarda o’smoqda. Hozirda rivojlangan davlatlar uchun asosiy
e’tibor, bu rivojlanayotgan davlatlarga investistiya keritishdir.
17
М,Г,Делягин «Мировой Кризис, Обшая Теория Глобализatsiя», 216-231стр, Москва-2020



23
Rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan davlatlarga tashlayotgan bunday


investistiyalari ikki davlat uchun ham foydalidir. Rivojlangan davlat uchun yangi
bozor, arzon ishchi kuchi, xom-ashyo manbai kabi foydli tomonlari bor.
Rivojlanayotgan davlat uchun ishsizlik darajasi kamayadi, mahsulotni chetga sotish
uchun imkon yaraladi va shunga o’xshash foydali tomonlari bor.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə