I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə3/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

xususiyatlari 
«Barcha zamonlarda inson o’zini tarixiy burilish davrida yashayapman deb
hisoblagan. Taraqqiyot nuqtai nazaridan aytish mumkinki, u ma’lum darajada to’g’ri
taxmin qilgan. Lekin shunday paytlar bo’ladiki, bu evrilish taassuroti yanada kuchliroq
va ayniqsa o’rinliroq xususiyat kasb etadi», deb yozgan edi franstuz olimi va
mutafakkiri Per Teyyar de Sharden
2
(1881-1955). Ushbu fikr bilan boshlash, shu
boisdan ham o’rinliki, Teyyar de Sharden fikriga murojaat etish globalizastiya
hodisasining o’zi ham, uning talqini ham oxirgi o’n yillik mahsuli emasligiga ishonch
hosil qilish imkonini beradi.
Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global - jahonga oid yoki umumjahon,
degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidaga zamonaviy
jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bora
amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levit “Bozorlarning globallashuvi” nomli
maqolasida globallashuvni ilgarilari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p
ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar
paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan.
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodida yangi “globallashuv” degan tushuncha
paydo bo’ldi. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar,
faylasuflar va ko’plab mamlakatlarning hukmron doiralari, hamda jamiyat vakillari
tomonidan bahs-munozaraga sabab bo’lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, globalizastiya
tushunchasi, uning mohiyati, asosiy ko’rinishlari, tendenstiyalari va oqibatlari
tevaragidagi munozaralar so’nggi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg’in tus oldi.
Nafaqat ayrim jamiyatlar, balki butun dunyo bir-biriga karshi kurash olib borayotgan
2
Тейяр де Шарден П. “Феномен Человека”. Москва- , 23-24 бетлар



6
«globalistlar» va «antiglobalistlar»ga ajraldi. Globallashuv tarafdorlari va unga qarshi


bo’lganlarning mavjudligi ushbu tushunchaning turlicha talqin qilinishini anglatadi.
Globallashuv tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi,
aholi faravonligini oshiradi, yangi ish o’rinlari yaratishga imkon beradi.
Globallashuvga qarshi bo’lganlar esa, u savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy
jinoyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport,
narkotik moddalar savdosining oshishi va h. k.), ishlab chiqarishning atrof muhitni
ifloslantirishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va
boshqa noxush hodisalar bilan bog’liq muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda
kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Umuman olganda, nima bo’lganda ham
globallashuv jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Tahlillar globallashuv jarayoni iqtisodiy
rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendenstiyalariga
qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganishlari lozim bo’ladi.
Globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining tarixiy jixatdan tadrijiy natijasidir.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə