I bob. Muzey turizmi mohiyati


AQSH, Germaniya hamda Rossiyada muzey pedagogikasining shakllanishi



Yüklə 42,05 Kb.
səhifə6/9
tarix29.05.2023
ölçüsü42,05 Kb.
#113830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MUZEY TURIZMI

2.2. AQSH, Germaniya hamda Rossiyada muzey pedagogikasining shakllanishi.


Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzey pedagogikasining shakllanishi. Angliya muzeylari Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzey ishining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatdi. 1876-yilda Filadelfiyada boʻlib oʻtgan Amerika dekorativ-amaliy san’at koʻrgazmasi milliy xususiyatga ega boʻlgan "San’at va hunarmandchilikni tiklash uchun" harakatining yuzaga kelishiga turtki boʻlib xizmat qildi. Shu yili Detroytda San’at muzeyi negizida AQShdagi birinchi sanoat san’ati maktabi ochildi. Shu bilan birga, har bir muzey turli usullarda ta’lim maqsadlarini amalga oshirdi va ularning ba’zilari hatto "muzey oʻqituvchisi" (Boston san’at muzeyi) lavozimini ham joriy etildi. 1890-yildan boshlab Detroytdagi san’at muzeyida tasviriy san’at, arxeologiya, adabiyot va fanning turli sohalari boʻyicha keng qamrovli oʻquv ishlari olib borildi. Bu muzeyda turli xil jamiyat va uyushmalar – “ayollar rassomlari jamiyati”, "kutubxona xodimlari uyushmasi" va boshqalar ham yaratilgan, bu toʻgʻridan-toʻgʻri pedagogika va muzeyning oʻziga xos oʻquv muassasiga aylantirilganligidan dalolat beradi.
Eng koʻzga koʻringan oʻquv maqsadlari AQSHdagi yeng yirik san’at muzeyi - Metropoliten san’at muzeyi (Nyu-York) Nizomida bayon etilgan. 1870-yilda tasviriy san’atni rivojlantirish va oʻrganish, ularni ishlab chiqarish va amaliy hayotda qoʻllash, shuningdek, badiiy ta’limni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, bu ta’sirlarning noyob qotishmasi, birinchi navbatda, ingliz va nemis muzeylarining oʻziga xos birlashuvidan olingan. Bugungi kunda Metropoliten toʻplamlarning koʻlami va sifati bilan, shuningdek, tomoshabinlar bilan ishlarning koʻlami va xilma-xilligi (turlar, konsertlar, ma’ruzalar, film namoyishlari, qoʻllanmalar) boʻyicha Amerika muzeyining namunasiga aylandi.
1906-yilda Metropoliten san’at muzeyi koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilarni tanishtiradigan birinchi yoʻl koʻrsatgich va oʻqituvchilar uchun qoʻllanma nashr etdi. Dam olish kunlari jamoatchilikka ma’ruzalar oʻqildi. Muzey ta’limiga bagʻishlangan maxsus "Metropoliten Byulleteni" nashr etilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilarning barcha toifalari uchun turli xil dasturlarni, shu jumladan "keng jamoatchilik", talabalar, oʻqituvchilar, dizaynerlar va hatto koʻzi ojizlar uchun ham ma’ruzalarni oʻqitish masalalari muhokama qilingan. 1919-yilda mazkur muzey mutaxassislarining e’tiborini boshlangʻich va oʻrta maktablar va boshqa oʻquv yurtlarida ish bilan jalb etildi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida muzeyga tashrif buyuruvchilar bilan ishlashda toʻplangan tajriba odatiy deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vazifalarni aniqlashtirish imkonini berdi, ammo badiiy muzeyning oʻziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratib: "muzey bolalarning ta’lim olishi, sogʻlom dam olishi va kattalar bilimini toʻplashi uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur. Bu oʻquvchi bilim oladigan ombor va rassom uchun ilhom manbai boʻlishi kerak. Uning ta’siri uyda sezilishi va jamiyatning barcha a’zolari hayotida aks yetishi kerak”5. Ushbu tajribaga asoslanib, 1924-yilda tomoshabinlarning turli toifalari uchun dastur turlari shakllantirildi (D. Xayd). Ular quyidagicha taqsimlangan:

    • aholining dam olishi va hordiq chiqarishi uchun;

    • bilim darajasini oshirish (jumladan, san’at yoʻnalishi talabalari va rassomlar);

    • ekspertlarga yordam berish;

    • bolalar manfaati uchun.

D.Gudda va A.Parker muzeyni hayot va zamonaviy qadriyatlar bilan bogʻliq ijtimoiy muassasa sifatida koʻrib chiqib, uning tashrifi muayyan uyushtirilgan dam olish turi degan xulosaga keldi. Shuningdek, oʻquv faoliyati amaliyotida maktab va muzey ta’limi oʻrtasida tub farq aniqlanganligi ham juda muhimdir. Uning mohiyati muzey yodgorligi bilan oʻquvchilarni ma’lum bir ta’lim mavzusida xabardor qilish vositasi sifatida foydalanishdan oldin bevosita tanishishni birinchi oʻringa qoʻyishdan iborat edi. Agar bu yodgorlik san’at asari boʻlsa, muzey oʻqituvchilariga bilim tashuvchi emas, balki "koʻrish stimulyatori" roli yuklatilgan.
San’atshunoslik sohasida fanlararo yondashuv rivojlana boshladi, bu esa tasviriy san’at turlarini boshqa san’atlar bilan bir qatorda umumiy gumanitar bilimlar sohalaridan biri sifatida koʻrib chiqish imkonini berdi. Metropoliten san’at muzeyi tarix, geografiya va boshqa maktab fanlari boʻyicha darslarni liboslar, mebel namunalari, va boshqa asl tarixiy obyektlardan foydalanib qanday oʻtkazish boʻyicha birinchi namuna koʻrsatdi.
1930- va 1940-yillarda ta’lim faoliyatining faol va har tomonlama muvaffaqiyatli rivojlanishi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, "erkin norasmiy san’at kollejlari" (T.Lou) va ta’lim muassasalari tobora kengayib borayotgan Amerika muzeylarining asosiy vazifasi sifatida tasdiqlaydi. 1930-yilda ta’lim boʻlimi tashkil etilgan va bolalar uchun yakshanba darslari dasturini ishlab chiqilgan Sinsinnati san’at muzeyi bunga misol boʻla oladi. Ular mifologiya, musiqa, tarix, geografiya va haykaltaroshlik sinflarini oʻz ichiga olgan. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda oʻsha davr pedagogikasining yutuqlarini hisobga olinganligi juda muhimdir. Ushbu amaliyot kontekstida taniqli amerikalik mutaxassis V.Damikning ta’lim metodlarini ishlab chiqish va bolalar idroki psixologiyasini oʻrganish uchun muzey pedagogik xizmatini eksperimental laboratoriyaga aylantirish zarurligi haqidagi gʻoyasi juda qiziqarlidir. Bu gap asossiz emas edi. 1920-yillarda maktabda oʻtkazilgan rang, toʻqima, chiziq va shakl bilan tanishtirish boʻyicha tajribalar estetik idrokni rivojlantirish, badiiy didni yaxshilash va bilimlar zahirasining ortganini namoyish etdi, bu nafaqat san’at haqida, balki tanlov haqida ham oʻz fikrini bildirishga imkon beradi.
Samarali ilmiy-metodik tadqiqotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish Amerika muzeylarida muzey ta’limi nazariyasi va amaliyotining asoslarini, uning yoʻnalishlari va vazifalarining aniq belgilangan tizimini yaratishga imkon berdi. Biroq, bu tizim 1930-yillarda tuzatishga duch keldi. Buyuk depressiya davrida asosiy e’tibor Amerika muzeyining ijtimoiy-madaniy funksiyasini rivojlantirishga qaratildi. 1932-yilda mamlakatdagi 120 ta muzey auditoriyasi bilan olib borilgan birinchi statistik tadqiqotning nashr etilishi, muzeyga yanada kengroq ijtimoiy guruhlarni jalb qilish kerak degan xulosa qilish imkonini berdi. Shu bilan birga, muzeyda oʻqitish uslublarining kamchiliklari ham mavjud boʻlib, ularda universal yondashuvlarning yoʻqligi qayd etdi.
1920-yillarda Amerika muzeylarining ma’rifiy faoliyatini qisqacha tahlil qilib, shuni ta’kidlash kerakki, hukmronlik bilan bogʻliq pragmatizm mafkurasi, bu muzeyning pedagogik institutga aylanishiga hissa qoʻshdi. Shu bilan birga, Rossiyada boʻlgani kabi, uning ma’rifiy faoliyati talqini birinchi navbatda san’at muzeylarining madaniy muhitida boʻlib oʻtdi. Ularning tajribasi asosida tashrif buyuruvchilar bilan ishlashning yetakchi yoʻnalishlari shakllantirilgan:

    1. Madaniy (tayyorlangan tashrif buyuruvchilar uchun).

    2. Tarbiyaviy: a) badiiy hunarmandchilik sohasida kasbiy saviyani ta’minlash; b) maktab ta’limining vazifalari va ular bilan bogʻliq amaliy maqsadlarni ta’minlash.

    3. Dam olish - muzey muhitida dam olish va koʻngil ochish.

Amerika Qoʻshma Shtatlari muzeyning ijtimoiy-madaniy funksiyasini va uning ta’lim faoliyatini belgilab berdi. Qoʻshma Shtatlardagi muzeylarning ma’rifiy faoliyati qoʻshni mamlakatlardagi shunga oʻxshash jarayonlarning rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatdi. Bunga misol - Kanada. Bu mamlakatdagi yeng yirik muzey - Torontodagi Qirollik Ontario muzeyi 1914-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab beshta mustaqil muzey: arxeologiya, paleontologiya, mineralogiya, zoologiya va geologiyadan iborat boʻlgan. 1968-yilga qadar ushbu muzey Toronto Universitetining tarkibiga kirgan, u faqat urushdan keyingi oʻn yilliklarda toʻliq rivojlandi.

Yüklə 42,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə