KESMALAR. TO’G’RI CHIZIQLAR
5.124.
(15) Uzunliklari 0.1 va 1 oralig’ida bo’lgan 7 ta kesma berilgan.
Ularning qandaydir uchtasidan uchburchak yasash mumkin ekanligini ko’rsating.
5.125.
(15) Tekislikda hammasi ham bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan 101 ta
nuqta olingan. Ularning istalgan jufti orqali qizil qalam bilan to’g’ri
chiziq
o’tkazildi. Tekislikda shunday nuqta mavjud ekanligini ko’rsatingki, u kamida 11
ta qizil to’g’ri chiziqda yotsin.
5.126.
(15) Birlik diametrli aylanada bir nechta vatar yasalgan. Agar har bir
diametr ko’pi
bilan
𝑘
ta
vatar bilan kesishsa, u holda
barcha vatarlar uzunligi
3, 15𝑘
dan kichik emasligini ko’rsating.
5.127.
(20) Radiusi
𝑛
bo’lgan aylanada uzunligi 1 ga teng bo’lgan
4𝑛
ta
kesma joylashgan. Berilgan
𝑙
to’g’ri chiziqqa perpendicular yoki parallel bo’lgan
shunday to’g’ri chiziq o’tkazish
mumkin ekanligini isbotlangki,
u berilgan
kesmalarning kamida ikkitasi bilan kesishsin.
5.128.
(20) Har birining uzunligi 100 sm dan bo’lgan ikkita aylana berilgan.
Ularning biridan 100 ta nuqta olingan. Ikkinchisidan esa uzunligi 1
dan kichik
bo’lgan bir nechta yoy tanlandi. Bu aylanalarni shunday
ustma-ust joylashtirish
mumkin ekanligini ko’rsatingki birorta ham tanlangan nuqta tanlangan yoyga mos
tushmasin.
5.129.
(20) 20x30 o’lchamli to’g’ri to’rtburchak 1x1 o’lchamli kvadratlarga
ajratib chiqildi. To’g’ri to’rtburchakning ichida 50 ta kvadratdan o’tadigan to’g’ri
chiziq o’tkazish mumkinligini ko’rsating.
5.130.
(20) Tomoni 1 ga teng bo’lgan kvadrat
ichida uzunliklarining
yig’indisi 10 ga teng bo’lgan bir nechta aylana chizildi. Kamida 4 ta aylana bilan
kesishadigan to’g’ri chiziq mavjud ekanligini ko’rsating.
Dostları ilə paylaş: