5.3. GEOMETRIYADA DIRIXLE PRINSPI
Geometriyada Dirixle prinspi quyidagidan iboratdir:
-
Agar uzunligi 1 ga teng bo’lgan kesmada (aylanada)umumiy uzunligi 1
dan katta bo’lgan bir nechta kesmalar (yoylar) joylashgan. U holda bu kesma
(yoy)larning kamida ikkitasining umumiy qismi bor.
-
-Agar yuzai 1 ga teng bo’lgan shaklning ichiga umumiy yuzasi 1 dan katta
bo’lgan bir nechta shakl joylashtirilgan bo’lga u holda bu shakllarning qanday
ikkitasi umumiy qismga ega.
5.103.
Tekislikda hech bir ikkitasi parallel bo’lmagan n ta to’g’ri
chiziq
belgilangan. Bu chiziqlarning orasida o’zaro
180°/𝑛
dan katta bo’lmagan
burchak ostida kesishadigan ikkitasi mavjud ekanligini ko’rsating.
𝑎) (10) (𝑀𝑂 63) 𝑛 = 7
𝑏) (15) 𝑛 −
istalgan natural son
5.104.
(10) Tekislikdagi nuqtadan 7 ta turli nur chiqarildi. Hosil bo’lgan
burchaklardan kamida biri
51°
dan katta bo’lishini isbotlang.
5.105.
(15) Petya to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’ozni to’g’ri chiziq
bo’ylab kesdi. So’ng hosil bo’lgan shakllarning biri yana bo’laklandi, undan keyin
hosil bo’lgan uch bo’lakning biri yana bo’laklandi va hokaza. Bo’laklash shunday
davom etiirib ketaverilsa albatta qachondan uchlarining soni bir xil bo’lgan 100 ta
ko’pburchak topilib qolishini ko’rsating.
5.106.
(20) (BO 63) Bizga 45-burchak berilgan. Uning uchlariga 0 dan 9
gacha bo’lgan barcha raqamlarini shunday joylashtirib chiqish
mumkinmi, bunda
raqamlarning istalgan(o’zaro turli) jufti uchun oxirlarida
shu raqamlar yozilgan
ko’pburchak tomoni topilsin.