Ii bob aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 272,21 Kb.
səhifə14/15
tarix07.04.2023
ölçüsü272,21 Kb.
#104604
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
DAROMAD MOHIYATI, SHAKLLANISHI VA TAQSIMLANISHI.

Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlar miqlori.
Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya‘ni shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumikn bo’lgan daromad.
Real daromad - narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid qo’vvatidir.
Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar - kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
XULOSA
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural
daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari
uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi/
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot ke
chirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish
–bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda
o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etadi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bulgan muhim sohaga aylanadi. Ishchi kuchiga talabni
oshishi bo’yicha iqtisodiy tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish,mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, moddiyva ma’naviy manfaatdorlikni ko’tarish (sohaga investistiyalar kiritish) orqali erishiladi.



Yüklə 272,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə