Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə108/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Монография-2 кисм lotin

UMUMIY XULOSALAR

Biz mazkur monografiyada biosferaning odam faoliyati tufayli yangi holatga o‘tishini tavsiflovchi jihatlarni ajratib ko‘rsatishga xarakat qildik. Bunday o‘tishning eng muhim jihati noosferaning shakllanishi hisoblanadi. Bu jarayon alohida odam zoti, odam popul-yasiyasi va sayyora aholisi salomatligida integrativ aks etadi va shu sababli odam salomatligini populyasiya va global darajada saqlash va rivojlantirish – davrimizning eng muhim ilmiy-amaliy muammosi hisoblanadi. SHubhasiz, bu hodisada ziddiyatlar, vaqtinchalik tanaz-zullar bo‘lishi tabiiy. Mazkur tadqiqotda masalaning mana shu jiha-tiga ham e’tibor qaratildi.


Ishda biosfera yoki global ekotizim – ekologiya fanining ob’ekti sifatida qarab chiqilib, biosferaning tarkibi, tuzilmasi, chegarala-ri, tabiatda moddalarning aylanishi, hayotiy muhim biogen moddalar-ning biogeokimyoviy sikllari yangi ilmiy dalillar va umumlashti-rishlar asosida ochib berildi. Erning tabiiy ekotizimlari – biosfe-raning makoniy-hududiy birliklari sifatida, xususan, biosfera-ning tabiiy ekotizimlari landshaft asosida tasniflanib, quruqlik, chuchuk suv va dengiz (okean) ekotizimlari haqidagi ilmiy tushunchalar xorijiy olimlarning tadqiqotlariga muvofiq talqin etildi. SHu-ningdek, biosfera (hayot) evolyusiyasining asosiy yo‘nalishlari, ya’ni hayot evolyusiyasi – tirik organizmlarning paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishi, V.I. Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti, biotaning atrof-muhitni tartibga soluvchi ta’siri va noosfera – biosfera evolyusiyasining yangi bosqichi sifatida zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ta’riflandi.
V. Vernadskiy ta’limotining o‘ta muhimligi shundaki, biosfera evolyusiyasini geologik vaqt ko‘lamida ilmiy tushunish (tasavvur, his etish) imkoniyati paydo bo‘ldi.
Biosfera evolyusiyasida tirik moddaning eng yangi oliy shakli – odamzod (insoniyat) «kechagina» ajralib chiqqan: u yangi geologik say-yoraviy-fazoviy kuch – ilmiy tafakkur sifatida paydo bo‘lgan. Ishda odamning biologik tur va bioijtimoiy mavjudot sifatida paydo bo‘lishining tabiiy-ilmiy asoslari, tabiiy muhitning odamga ta’sir ko‘rsatishi va odamning atrof-muhitga moslashishi (adaptatsiyasi), ta-biiy resurslar – odamning omon (yashab) qolishini cheklovchi eng mu-him omil ekanligi va odam faoliyati ta’sirida antropogen ekotizim-larning (landshaftlarning) vujudga kelishi, ekologik omillar va inson salomatligining o‘zaro bog‘liqligi va o‘ziga xos xususiyatlari zamonaviy nazariyalar asosida ochib berildi. Xususan, odamzodning ta’siri sayyoraning tashqi ko‘rinishini tanib bo‘lmas darajada o‘zgar-tirgan, biosfera umuman boshqa qiyofaga kirgan. Bu tabiiy-tarixiy jarayon tabiat qonunlariga to‘liq bo‘ysunib, biosferadan noosferaga o‘tilishini boshlagan. Ta’kidlash joizki, sayyoramizning, tirik mod-dalarning, odamning ijtimoiy faoliyati, madaniyati va ilmiy tafak-kurining tabiiy-tarixiy evolyusiyasi turli xil ichki va tashqi zid-diyatlar bilan tavsiflanadi. Ulardan biri, bugungi kunda eng muhi-mi, bu ishlab chiqarish, ilmiy tafakkur va xususiy mulkchilik tuzil-malari o‘rtasidagi nomuvofiqlik hisoblanadi. Xususan, insoniyat ijtimoiy tuzilmasidagi ziddiyatlar uning keyingi tabiiy evolyu-siyasiga to‘sqinlik qiladi. Bu nomumuvofiqlik atom urushi, biosfera resurslari tugashi, insoniyat va biosferaning katta qismi yo‘q bo‘lib ketishi kabi xavf-xatarlarni tug‘diradi. Biroq V. Vernadkiy buyuk optimist (nekbin) sifatida tabiat va jamiyatning keyingi taqdiri eng avvalo odamga, uning tafakkuriga bog‘liq, deb hisoblaydi. U odam, kishilik jamiyati va tabiat haqida umumiy bir fan muqarrar paydo bo‘lishi g‘oyasiga tabiiy-ilmiy yo‘l bilan keladi. SHuningdek, u dunyo-ning yangi ilmiy manzarasini shakllantirib, har qanaqa ziddiyatlar bo‘lishidan qat’iy nazar, biosferadan noosferaga muqarrar o‘tilishi-ni bashorat qiladi.
Biosferaning, geografiya nuqtai nazaridan, ekosferaning noosfe-raga aylanishini harakatga keltiruvchi kuchlar: insoniyatning ijti-moiy faoliyati, ilmiy tafakkuri va sayyora ko‘lamidagi madaniyati, bularning barchasi tabiiy-ijtimoiy va tabiiy-tarixiy jarayondir. Sayoramizdagi tirik modda, uning eng oliy shakli – insoniyat sodir bo‘layotgan tabiiy hodisalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib qolmoq-da. Ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, odamning hayotiy faoliyati, uning biologik va ijtimoiy evolyusiyasi murakkab dialektik birlik va qarama-qarshiliklarda aks etmoqda.
Noosfera jarayonlari dialektikasi borgan sari murakkablashmoq-da: uning tabiiy-tarixiy jihatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma-salalar ko‘rinishida talqin etilmoqda. Odamning tabiat ustidan hukmronligi oshgan sayin biosfera (ekosfera) makoni shunchalik tez va ko‘p o‘zlashtirilmoqda. Insoniyat va uning ijtimoiy tuzilmasi fan-texnika va energiya bilan qurollanib, tabiat kuchlari «chegara-si»dan mintaqaviy va global ko‘lamda osha boshladi, odamning o‘zi ta-biatning rivojlanish sur’atiga majburiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugungi insoniyat o‘zining ijtimoiy kuchi bilan sayyoraning tabiiy imkoniyatlari, biosfera samaradorligi cheklanganligini his qilmoq-da.
Insoniyatning ijtimoiy tarixi sayyoramizning tabiiy-tarixiy evolyusiyasidagi zaruriy bosqich (bo‘g‘in) bo‘lib qolmoqda. Insoniyat yangi energiya manbalarini izlab topib, o‘zining tug‘ilgan joyini yo‘q qilish uchun emas, balki uni saqlab qolish va to‘ldirish, madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarish uchun harakat qilmoqda. Biroq bu jarayonlar, har qanday holatda ham, tabiiy-tarixiy qonuniyatlarga asoslanishi kerakki, V. Vernadskiy ta’limotining buyukligi ham xuddi shu erda namoyon bo‘ladi, ya’ni insoniyat tabiat qonunlarini hisobga olmasligi mumkin emas.
SHunday qilib, noosfera geoekologik jarayonlar bilan birlashib, oliy darajadagi bo‘linmas tabiiy-tarixiy hosilaga aylanadi, inso-niyat o‘z mohiyatini azaliy va tirik moddaning tabiiy-fazoviy buyuk birligida, deb biladi. Zero, odam – tabiatning mahsuli (farzandi) bo‘lib, uning tarixi tabiat tarixining bir qismidir.
Bisferadan noosferaga o‘zgarish sur’atini tartibga soluvchi qonu-niyatlarni tushunishning hozirgi darajasi kelgusida takomillashti-rilishi kerak. Bu juda jiddiy, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammo. Global, ijtimoiy ekologiya va geoekologiya bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlarda, fundamental tabiiy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rga-nishda olinayotgan favqulodda aniq natijalar albatta e’tiborga oli-nishi kerak. Bu natijalar geologiya, geokimyo, biogeotsenologiya, shu-ningdek tizimli tahlil, modellashtirish, kibernetika ma’lumotlari va ularni umumlashtirish, masalaga majmuiy yondashish asosida olin-moqda. Ular bugungi kunda biosfera va noosfera jarayonlarining rivojlanishini, biosferadan nooferaga o‘tilishini muayyan daraja-da aniqlashga imkon beradi. Biroq hozirgi kunda bu jarayonlarga mos qonuniyatlarning muhim jihatlarini aniq ajratib ko‘rsatish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Bizningcha, o‘tmishda, hozirda va kelajakda ham aynan tirik modda biosfera tuzilmasi shakllanishining asosi bo‘lib qoladi. Sayyoramizdagi tirik moddaning bir butunligi (ji-psliligi) yaxlit «organizm» sifatida qarab chiqilishi kerak. Biroq bu organizm «anatomiyasi» va «fiziologiyasi», ya’ni biosfera tuzil-masi g‘oyat nisbiy, o‘rta miyona darajada o‘rganilmoqda.
Bugungi kunda turli xil tabiiy-ilmiy metodlar (biogeokimyoviy, biofizikaviy va sh.k.) asosida biosferadagi asosiy kimyoviy element-lar biogeokimyoviy sikllarining o‘zgarish qonuniyatlari har jihat-dan tahlil etilayotganligi ijobiy holat. Biroq biosferadagi azaliy modda bilan tirik moddaning o‘zaro ta’siri tizimidagi ekologik o‘za-ro aloqadorliklar juda kam tadqiq etilganki, bu erda geografiyaning to‘rtinchi tarkibiy qismiga aylanayotgan geoekologiya muhim ahamiyat kasb etishi mumkin..
Tirik moddalarning kuchli va kuchsiz ekologik o‘zaro aloqadorligi-ni majmuiy o‘rganish ularga antropogen omil keltiradigan «jaro-hat»larni ochishga imkon beradi. SHu nuqtai nazardan, odam populya-siyasi hayotini ta’minlashning tabiiy-ijtimoiy tizimlari evolyu-siyasi uchun minglab yillar talab etilishini esda tutish kerak. Odam organizmi tashqi va ichki muhitning eng keskin omillari ta’sirida yashashga, sog‘ligini saqlash va tiklashga o‘rgangan. Aynan shu sababli hayot uchun o‘ta xavfli bo‘lgan turli xil tabiiy sharoitlarga mosla-shish, sog‘-omon yashab qolish muammosi hal etilgan. SHikastlanish, ku-yish, sovuq, chanqash, mikroelementlar etishmasligi va boshqa noqulay omillar bilan kurashish kasalliklarning oldini olishda, ularni da-volashning tibbiy chora-tadbirlarida o‘z ifodasini topmoqda.
Biroq azaliy tabiatning qarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar butunlay o‘zgacha. Evolyusiya davomida bu hodisalar ne-giziga virus va bakteriyalarning hujayralar bilan yaqin, birgalikda mavjud bo‘lishini ta’minlovchi (molekuyar-genetik darajadagi) bosh-qa mexanizmlar qo‘yilgan. Tibbiyot sohasidagi bilimlar ko‘payishiga qaramasdan odamzod haligacha azaliy tabiat, qarish va g‘ayritabiiy ri-vojlanishning oldini olish kabi jarayonlarni tartibga solish yo‘lla-rini o‘rgangan emas. SHuningdek, irsiyatning genetik yuki va saraton (rak) kabi jarayonlarning kuchayish ehtimoli borki, bular, aftidan, jamiyatning keyingi ijtimoiy tuzilmalari, ularning rivojlanish qonuniyatlari bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, biosferadagi barcha tirik moddalar «hayot hayotdan pay-do bo‘ladi» tamoyiliga amal qiladi. Buni V. Vernadkiy ham bir necha marta ta’kidlagan. Agar shunday bo‘lsa, Erdagi tirik moddalar maj-muini tavsiflovchi, ulardagi axborotlarni saqlovchi va tashuvchi bio-sferaning umumiy genomi mavjudligi haqida fikr yuritish mumkin-ki, bunda barcha turdagi tirik organizmlar evolyusiyaning ayrim qismlari, alohida tizimlari emas, balki sayyoraviy tirik moddaning tarkibiy qismlari bo‘lishi kerak. Aftidan, umumiy biosfera genomi tiriklikning barcha biologik darajali tuzilmasini belgilab bergan-ga o‘xshaydi. Bu genom biosfera fenotipi darajasida evolyusiya qila-di va bunda ayrim turlarning qirilib ketishi umumiy biosfera geno-mining qandaydir nuqsonliklari bilan birga kechadiki, odamga eko-logik evolyusiyaning salbiy jihatlari hamda biosferadagi qarish jarayonlarining mohiyati unchalik ma’lum bo‘lmay qoladi.
Demak, tabiiy-tarixiy jarayonda insoniyatning saqlanishi va omon qolishi mohiyatan sayyoraviy tirik modda evolyusiyasining oqibati hisoblanadi. SHu ma’noda, V. Vernadskiy ilgari surgan insoniyat avtotrofligi g‘oyasi, ya’ni odamzodning sun’iy fotosintez yoki xemo-sintez yo‘li bilan oziq-ovqat va energiya ishlab chiqarib, o‘z ehtiyojla-rini o‘zi ta’minlashi masalasi (odamning biosfera resurslariga bog‘-liq bo‘lmasligi, ya’ni qazilma yoqilg‘ilarning yangi energiya manbalari-ga almashtirilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sun’iy sintez qi-linishi, ovqatlanish shaklining o‘zgarishi va sh.k.) muayyan darajada cheklanadi. CHunki avtotroflik g‘oyasi odamning biosferadan butkul ajralishini kafolatlamaydi. Odam evolyusiyasining keyingi bosqi-chi odam pushti (embrioni) hujayralarini uzoq muddat saqlab qolish, odamni sun’iy sharoitda voyaga etkazish, odam organizmining ayrim to‘qimalari yoki organlarini laboratoriya sharoitida vujudga kelti-rish kabi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Har xil ijtimoiy-ekologik tizimlarni global modellashtirishga ilmiy yondashuvlar noosferaning fundamental qonunlarini ochishga ilk yaqinlashishdan darak beradi. Biroq tirik modda, shu jumladan, odam organizmining rivojlanish tendensiyalari kam o‘rganilganligi sababli odam evolyusiyasi haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlar borgan sari tabaqalashib ketmoqda.
Bunday sharoitda, biosferadan noosferaga o‘tilishining o‘ziga xos shakli sifatida ekosfera, ya’ni global geoekologik tizim tushunchasi paydo bo‘ldiki, u geografiya faniga taalluqli bo‘lib, oxirgi yillarda ildam rivojlanayotgan yangi inegrativ ilmiy yo‘nalish – geografik ekologiya (geoekologiya) ob’ektiga aylanmoqda.
Monografiyada «geoekologiya» termini etimologiyasi, uning shakl-lanish va rivojlanish tarixi, ob’ekti va predmeti, predmetiga ti-zimlilik xususiyati xosligi, shuningdek geoekologiyaning asosiy muammolari va vazifalari zamonaviy qarashlarga muvofiq talqin etildi. Xususan, geoekologiyaning nazariy va metodologik asoslari tahlil etilib, geografiya va ekologiya – geoekologiyaning nazariy aso-si sifatida ta’riflandi. Geoekologik yondashuvning geografik va ekologik yondashuvlardan farqli jihatlari ochib berildi va bu bora-dagi tadqiqotlarning asosiy tamoyillari, metodlari tavsiflandi.
Eng muhimi, Er ekosferasi – o‘ta murakkab global geoekotizim ekanligi asoslab berildi. Xususan, ekosfera – Erning sayyora sifati-da tiriklik, ya’ni biologik tizimlar (biosfera biotasi) shakllani-shi va rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratuvchi tabiati (xususiyati) bo‘lib, makonda hayotga imkon beruvchi troposfera, gidrosfera va lito-sferaning bir qismini o‘z ichiga olgan ekologik qobig‘i, boshqacha ayt-ganda, biosfera, sotsiosfera va texnosferaning o‘zaro ta’siri va alo-qadorligi bilan shartlangan global geoekotizim yoki ekoiqtisodiy tizim sifatida ta’riflandi. Xususan, ekosfera tabiat va jamiyat in-tegratsiyasining global tizimi sifatida turli qobiqlar yoki geosfera-lar (litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, munosabatlarni birinchi o‘ringa qo‘yib, «geografiq qobiq» yoki «biosfera» kabi tushunchalardan jiddiy farq qiladi. Masalan, «biosfera» tushunchasi tirik moddalarning Er tizimini shakllanti-rishda hal qiluvchi o‘rin tutishi V. Vernadskiy tomonidan aniqlan-ganidan keyin ishlatila boshlangan. Biroq «biosfera» tushunchasida aynan odamning tutgan o‘rni aniq ajratib ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari, bu tushuncha ko‘p hollarda Erning atmosfera, litosfera va gidrosfera kabi geosferalaridan biri sifatida faqat tirik mavju-dotlar yashaydigan muhitni (qobiqni) anglatadiki, asosiy tushuncha-larda ilmiy chalkashliklar bo‘lmasligi kerak. Demak, ekosfera – at-mosferaning eng quyi bir necha o‘n kilometrini, litosferaning eng ustki bir necha yuz metrini, shuningdek gidrosfera, pedosfera va bio-sferani to‘liq o‘z ichiga qamrab oladi va u makoniy tuzilmaga ega bo‘l-ganligi uchun o‘ziga xos geoekologik oqibatlar keltirib chiqaradi.
Geoekologiya bilan tabiatdan foydalanish o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, geoekologiya ekosfera deb ataluvchi o‘ta murakkab geoekoti-zimning mohiyatini tushunishga, tabiatdan foydalanish esa ekosfera resurslaridan biota va insoniyat jamiyatining haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olib, to‘g‘ri, oqilona foydalanish yo‘llarini bilishga imkon beradi. Geoekologiya Er haqidagi tabiiy fanlarga, tabiatdan foyda-lanish esa iqtisodiy fanlarga ko‘proq asoslanadi, biroq har ikkila yo‘nalish har qanday holatda ham tabiiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy fanlarga mansubdir [200].
Ekosfera kabi «atrof-muhit» tushunchasida ham jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga e’tibor qaratiladi. «Ekosfera» tu-shunchasining asosida global masalalar, «atrof-muhit» tushunchasi ne-gizida esa mahalliy va mintaqaviy masalalar ko‘proq o‘z aksini to-padi. Boshqacha aytganda, «atrof-muhit» tushunchasidagi geoekologik vazifalar ko‘proq mahalliy va mintaqaviy xususiyatlarga ega bo‘lib, shu asosda global geoekologik vazifalarga o‘tiladi. Bundan tashqari, «atrof-muhit» tushunchasida odam manfaati (ehtiyoji) aks etadi, shu sababli ko‘pincha «odam atrofidagi muhit» yoki «odamni o‘rab turgan muhit» shaklida ko‘proq ishlatiladi yoki yoziladi. Demak, «atrof-mu-hit» tushunchasi mohiyatan antropotsentrik, ya’ni uning markazida «odam – tabiatning farzandi» ekanligini unutgan odam turadi. «Eko-sfera» termini esa birmuncha xolis yoki uni biogeotsentrik, deb ta’-riflash mumkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, «ekosfera – odam» yoki «ekosfera – jamiyat» tizimi va ularning o‘zaro aloqadorligi negiziga ekosfera resurslaridan foydalanish masalasi qo‘yilgan. Ekosfera resurslari ikki tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: 1) tabiiy resurslar; 2) geoeko-logik «xizmat»lar. Ishda bu tushunchalarning mazmun-mohiyati har ji-hatdan asoslab berildi.
Ekosferada biotaning tutgan o‘rni beqiyos. Biota – qandaydir hu-dudda yashaydigan organizmlar majmui. Ekosferaning shakllanishi, unda kechadigan hodisa va jarayonlarda tirik organizmlar hal qiluvchi o‘rin tutadi. Faqat biota (fotosintez) tufayli Er yashil (tirik) say-yoraga va ekosfera barqarorligini ta’minlovchi eng muhim omilga ay-langan. YAshil o‘simliklarda fotosintezlanadigan organik modda eko-sferaning eng muhim tiklanadigan resursi bo‘lib, u hayotning asosi va global biogeokimyoviy sikllarni tartibga solib, boshqarib turuvchi eng qudratli kuchdir.
Odam faoliyati sezilarli geoekologik omilga aylangach, landshaft-lar qiyofasi yanada murakkablashgan. Odamning xo‘jalik faoliyati tu-fayli tabiiy landshaftlar o‘z qiyofasini sezilarli darajada o‘zgar-tirgan. Bunda tabiiy landshaftlar zonal tiplarining bir holatdan boshqa holatlarga o‘tishi kuzatilgan. Landshaftlar tabiat qonunlari-ga bo‘ysunadi, biroq ularning tuzilmasi antropogen ta’sir, ya’ni ij-timoiy-iqtisodiy omillar tufayli jiddiy o‘zgarishlarga duchor bo‘l-moqda.
Ekosferaga jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ta’-siri uzluksiz kuchayib, murakkablashib bormoqda. Bu ta’sirni, ya’ni ekosferaning ijtimoiy-iqtisodiy omillarini quyidagi uchta asosiy omillar guruhiga ajratish mumkin: aholi, iste’mol va texnika ta-raqqiyoti. Ishda har bir omilning tutgan o‘rni har jihatdan asoslan-di.
Insoniyat yalpi o‘sish chegaralari mavjudligini inobatga olgan holda sifatli va barqaror rivojlanish maqsadiga xizmat qiluvchi harakatlar strategiyasini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi lozim. Aks holda, Er sayyorasi odam (aholi) yashay olmaydigan yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. SHu tufayli global geoekologik halokat-dan qutulish yo‘llarini izlab topishga intilishlar (urinishlar) na-tijasi sifatida «barqaror taraqqiyot» tushunchasi paydo bo‘lgan.
Er sayyorasida kuzatilayotgan global o‘zgarishlar tabiiy ekosfera asta-sekinlik bilan antropogen ekosferaga o‘tish davrida ekanligi-ni ko‘rsatmoqda. O‘tish davrida insoniyatning sog‘-salomat yashab qoli-shi haqida gap ketadi: yoki u yangicha, ya’ni mavjud imkoniyatlar doira-sida yashashga o‘rganadi yoki degradatsiyaga uchrab, halokatga yuz tutadi. Barqaror taraqqiyot uchun umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, o‘zaro bog‘-langan bir necha o‘tish jarayonlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi (demografik, iqtisodiy, texnologik, pedagogik-axloqiy, ijtimoiy va sh.k.).
Global va hududiy geoekologik halokat yoki inqirozlarning oldi-ni olish strategiyasi sodir bo‘layotgan o‘tish jarayonlariga zudlik bi-lan ta’sir ko‘rsatish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo qiladi. Bunda hududlarning bardosh berish qobiliyati yoki im-koniy sig‘imi, ya’ni har qanday (istalgan bir) hududning ekotizimlar ishini buzmagan holda u yoki bu darajadagi antropogen bosimga bar-dosh berish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’sir, ya’ni bosim-ning muayyan darajasida muhit sifati qancha kam o‘zgarsa, uning sig‘i-mi shuncha katta bo‘ladi. Uning asosida tabiatdan muvozanatli foy-dalanish tamoyili turadi. Biroq bugungi kunda ekosfera tuzilmasi va rejimining buzilishi, ya’ni tabiatda fotosintez (nafas olish) va destruksiya (parchalanish) jarayonlari tizimidagi buzilishlar, bug‘li gazlar ta’sirining kuchayishi, biogeokimyoviy aylanma harakatlar-ning buzilishi kabi masalalar eng asosiy muammoga aylangan.
Hozirgi kunda global geoekologik halokatdan qutulish strategiya-si (yoki inqirozdan chiqish yo‘li) shu qadar zarurki, uni insoniyatning omon qolish strategiyasi deb atash mumkin. Bu strategiyaning asosini barqaror taraqqiyot konsepsiyasi va uning qonunlari tashkil etadi.
Global va hududiy geoekologik vaziyat va barqaror taraqqiyot indi-katorlarini ishlab chiqish asosida mamlakatlar yoki ayrim hududlar geoekologik holatini baholash imkoniyati vujudga keladi. SHu asosda tabiat va jamiyat o‘zaro munosabatlarini o‘ta murakkab ekoiqtisodiy yaxlit tizim sifatida tadqiq qiluvchi fanlararo ilmiy yo‘nalish – ekologik iqtisodiyot shakllanmoqda. CHunki iqtisodiy mexanizmlar geoekologik muammolarni hal etishga o‘z ulushini qo‘shishi shartki, shundagina atrof-muhit holati mahalliy yoki milliy-mintaqaviy da-rajada boshqarilishi mumkin. Bu borada geoekologik o‘lkashunoslik va uning eng muhim shakllaridan biri – ma’rifiy geoekologik o‘lkashu-noslik muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik ta’lim muassasalarining atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini ta’minlash-ga, geoekologik ta’lim-tarbiyani turmush va hayot bilan bog‘lashga, o‘quvchi-talabalar shaxsida ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’-uliyatli munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Buni quyidagi-lar bilan izohlash mumkin: 1) ta’lim muassasalari bevosita atrof-muhitda joylashgan va mahalliy geoekologik muammolarni ishlab chi-qarish bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishda katta imkoniyatlarga ega. O‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlari, ularning atrof-muhit va ishlab chiqarish bilan doimiy munosabatda bo‘lishi mazmun jihati-dan xilma-xil geoekologik o‘lkashunoslik ishlarini uyushtirish im-konini beradi; 2) o‘quvchi-talabalarning geoekologik o‘lkashunoslik faoliyatini ijtimoiy foydali mehnat bilan qo‘shib olib borish im-koniyati ham mavjud. Bu hol ularning o‘lkashunoslik va ishlab chiqa-rish bilan bog‘liq geoekologik muammolarni chuqurroq tushunib oli-shiga, ularni hal qilishda bevosita ishtirok qilishga yordam beradi.
O‘quvchi-talabalarni geoekologik o‘lkashunoslikka jalb etishning pedagogik va metodik jihatlari adabiyotlarda etarli darajada asos-lanmagan: ko‘p hollarda bu faoliyatning faqat tashqi jihatlariga tav-sif berilgan, uning o‘quvchi-talabalar ma’naviy dunyosiga ta’sir ko‘r-satishining psixologik-pedagogik jihatlari to‘liq ochib berilmagan. Zero, o‘quvchi-yoshlar geoekologik o‘lkashunoslik ishlari jarayonida atrof-muhit holatiga faol ta’sir ko‘rsatadi va bunda o‘zi ham o‘zgara-di.
Ta’lim muassasalarida geoekologik o‘lkashunoslik tizimi mavjud
emasligi, bu faoliyatni uyushtirishga oid o‘quv-uslubiy adabiyotlar va jihozlarning etishmasligi, pedagogika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining geoekologik o‘lkashunoslik bo‘yicha tayyorgarlik darajasi pastligi va shu kabi omillar maktab va kasb-hunar kollej-lari o‘quvchilarining geoekologik madaniyati etarli darajada shakl-lanmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lg‘usi geografiya o‘qi-tuvchilarini geoekologiya ta’limi va geoekologik o‘lkashunoslik ish-lariga tayyorlash maqsadida «Maktabda geoekologiya va geoekologik o‘lkashunoslik» maxsus (elektiv) kursini joriy qilish, o‘quv-dala amaliyoti, shuningdek pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning geoekologik o‘lkashunoslik ishlarini rejalashtirish va amalga oshi-rish ularda geografik va ekologik (geoekologik) madaniyatni samarali shakllantirishga xizmat qiladi.


Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə