Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə81/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Raqamli huquq g‘oyasi Internet tarmog‘i paydo bo‘lishi bilan dunyoga keldi. Raqamli qonunchilik shakllanish jarayonini boshdan o‘tkazib, doimiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Hozir tarmoqda o‘zini to‘g‘ri tutish va xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun uning murakkab qoidalarini o‘rganishning ayni vaqti. Raqamli etika haqida gapirganda kengroq ko‘lamda xulq va o‘zaro ta’sirni nazarda tutamiz, raqamli gigiena esa - axborot xavfsizligining turli darajalarda namoyon bo‘lishiga oid qoidalardir. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari moliyaviy va kiberjinoyatlar oldida ojiz bo‘lib qolyaptilar, tarmoqda himoya borasida esa aniq va tushunarli normalar hali-hanuz mavjud emas. Shu bois, raqamli gigiena qoidalari - endilikda tavsiya emas, har kim uchun real ehtiyojdir!
Raqamli fuqarolik Raqamli fuqaro - bu mamlakat va jamiyat hayotida ishtirok etish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanadigan kishi. Ushbu maqomga
erishish uchun Internetdan muntazam va samarali foydalanish, shu bilan birga, texnologiyalarni qo‘llashda mas’uliyatli bo‘lish kifoya. Oddiy fuqarolik bilan raqamli fuqarolikning farqi nimada? Birinchi navbatda, raqamli fuqarolik beradigan yangi imkoniyatlarda: •davlat elektron xizmatlaridan foydalanish; •qog‘ozbozlikning kamayishi; •jamiyat hayotiga tegishli masalalar yuzasidan muhokamalarda elektron ishtirok etish; •kelishuvlar; •tovar va xizmatlardan foydalanish; •global jamiyat hayotida ishtirok etish. Hatti-harakatlarning eksterritorialligi ham e’tiborga loyiq — axir, muhimi, onlayn bo‘lish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va boshqa servislar barcha qiziqishlarimizdan boxabar, bu ularga foydalanuvchi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish, uning portretini yaratish imkonini beradi. Shuning uchun, Siz bo‘lishayotgan har bir narsa beiz qolmasligini - Sizning izingizni qoldirishini anglash muhim. Keyin nima bo‘ladi? - target reklama - marketing va ijtimoiy tadqiqotlar va h.k. Yuqorida sezilarli zarar keltirmaydigan, kezi kelsa, foydali misollar keltirildi. Biroq Siz haqingizdagi axborot servis va platformalarda narx-navo shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa zaruriy mahsulotlar reklamasidek yoqimli emas. Yodingizda bo‘lsin, hech bir ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar o‘g‘irlanishi xavfidan mutlaq himoyaga ega emas. Demak, Siz izlagan ma’lumotlar tarixi va kontent bilan bog‘liq harakatlaringiz jinoyatchilar qo‘liga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun ham bugun har bir ongli foydalanuvchi uchun raqamli savodxonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish va o‘z ma’lumotlarini qanday himoyalashni bilish muhim. Har kuni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt va boshqa resurslar cheksiz ko‘lamdagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi va qayta ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlar - bu muayyan jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lgan axborot. Masalan, ism va familiya, telefon raqami va elektron manzil - biz kuniga bir necha marotaba xayrixohlik bilan bo‘lishadigan ma’lumotlar. Maxsus shaxsiy ma’lumotlarga misollar: - ma’lum millatga mansublik;
- siyosiy va diniy qarashlar; - salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - sudlanganlik va qarzdorlik haqidagi axborot; - telefon raqami va elektron pochta manzili; - STIR va pasport ma’lumotlari. Qiziq jihati shundaki, ma’lumotlar birgalikda mujassam bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotga aylanadi, masalan, telefon raqami mazkur shaxsga tegishli ekani ko‘rsatilsa. Shu bilan birga, kishining fiziologik va biologik o‘ziga xosliklarini ifodalovchi biometrik shaxsiy ma’lumotlar ham alohida ajratib ko‘rsatiladi: barmoq izlari, genetik axborot, ovoz namunalari va h.k. Shaxsiy ma’lumotlar mavzusi raqamli huquqlar, xususan, tarmoqda privatlik huquqi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘z haqingizdagi axborotni muhofaza qiling!
Shaxsning raqamli huquqlari Raqamli huquqlar - insonning raqamli asarlardan foydalanish, yaratish va e’lon qilish, kompyuter va boshqa elektron vositalardan foydalanish va ularda ishlash imkoniyati, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq huquqlaridir. BMT rezolyusiyasi (A/HRC/20/2)ga binoan, «... inson oflayn muhitda ega bo‘lgan huquqlar, onlayn muhitda ham himoyalanishi kerak, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktining 19-moddasida belgilangan davlat chegaralaridan qat’iy nazar, har qanday vositalar orqali fikr bildirish erkinligi huquqi ham shular jumlasidandir...» Raqamli huquqlar - bu: • Internet; • Shifrlash; • Privatlik; • Anonimlik; • Axborotdan foydalanish; • Fikr erkinligi huquqlari.
Internetdan foydalanish huquqi 2011 yil 3 iyunda Internetdan foydalanishni insonning asosiy huquqi sifatida e’tirof etuvchi BMT rezolyusiyasi qabul qilindi. Shu tariqa u yoki bu hududlarning Internet tarmog‘odan uzilishi inson huquqlarining poymol etilishi sanaladi. Shu bilan birga, tarmoqdan foydalanish imkoniyati qator mamlakatlar qonunchiligiga asosan insonning ajralmas huquqi deb belgilab qo‘yilgan.
Qiziqarli faktlar: - HeadHunter kompaniyasining tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq faol foydalanuvchilari - o‘smirlar va 35 yoshgacha bo‘lgan kishilar. - 2021 yil 25 sentabr holatiga O‘zbekistonda 655 Internet-OAV ro‘yhatga olingan. - 2022 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil Internet foydalanuvchilari soni 27,2 mln kishini tashkil etadi. - O‘zbekistonda Internet foydalanuvchisining 5 Gb hajmdagi HDfilmni yuklab olishi uchun 5 soatdan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. - Ayni damda O‘zbekistonda har 100 kishiga 12,7 keng polosali ulanish abonenti to‘g‘ri keladi - o‘rtacha jahon ko‘rsatkichidan biroz past.
So‘z erkinligi haqida Har birimiz so‘z erkinligi va axborotni izlash, undan foydalanish va tarqatish huquqiga ega ekanimizni eslatib o‘tamiz. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi: “Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir tusqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi.” Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 19moddasi: 1. Har bir inson hech bir to‘siqsiz o‘z fikriga sobit bo‘lish huquqiga ega. 2. Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’i nazar yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqacha usullarda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasi: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Axborotdan foydalanish huquqi Inson ega bo‘lgan fundamental huquqlardan yana biri. Axborotdan foydalanish huquqi davlat chegaralaridan qat’iy nazar axborotni istalgan usulda va har qanday shaklda izlash, olish va tarqatishni nazarda tutadi.
Axborot sohasida munosabatlarni tartibga solish tamoyillari: – har kim qonuniy yo‘l bilan axborotni erkin izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. – har kim qonun doirasida axborotni erkin ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga ega.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə