Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


-MAVZU: VERTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə84/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

14-MAVZU: VERTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja:

    1. Vertual olam, media va manipuliyatsiya. Manipulyatsiyasi usullari, Manipulyatsiyasidan himoyalanish yo‘llari

    2. Mediasavodxonlik.

3. Kompyutr o`yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari.
4. Zo`ravonlik, faxsh va shafqatsizlikka undovchi o`yinlar.

Ommaviy axborot vositalari uzoq davrlar davomida jamoatchilik uchun ishonchli axborot manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda uni ishonchli qilgan barcha to‘siqlar buzildi. Shunga qaramay, eski tushunchalar saqlanib qolmoqda. Agar tasodifiy har qanday blogdagi media kontent bir nechta muharrirlar tomonidan tekshirilgan, tahrirlangan va ko‘rib chiqilgan “New York Times” maqolasi kabi ishonchli bo‘lsa, uni yoritish ikki baravar oson ishga aylanadi. Bu esa manipulyatorlar orasida kim o‘zarga o‘ynash yoki kimning ovozi balandroq chiqishiga bahslashish va onlayn olamda kim ko‘proq shov-shub qila olishni ko‘rsatish imkonini beradi. Bilamizki, agar biz yetarlicha onlayn shovqin-suronni yarata olsak, odamlar tutun bor joyda olov bor deb o‘ylashadi va haqiqiy bo‘lmagan narsa haqiqatga aylanadi. O‘tgan asrda yoki yangi asrimizning boshida ham, ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish haqida gap ketganda, bizda faqat bir nechta tahdidlar bor edi: hukumat targ‘ibotchisi va shov-shuvli publitsist. Ular jiddiy tahdidlar edi, ammo bu kabi tahdidlardan himoyalanishda hushyorlik qolibiliyati aniq va oddiy himoya sifatida ishlardi. Ammo bugungi globallashuv va raqamlashuv davrida, bloglarga tobeligimiz va internetga asoslangan media siklimiz bilan hech narsa bo‘rttirish, buzish, uydirma va soddalashtirishlardan qochib qutula olmaydigan bolib qoldik. Media manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o‘z faydasiga hal etish murakkab emas.Chunki uning ishi ommaviy axborot vositalaridan manipulyatsiya istrumenti sifatida foydalanish ya’ni odamlarni o‘zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o‘ylashlari uchun media orqali undash hamda ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida qo‘g‘irchoqning iplarini tortib o‘ynatadigan aktyorlarga o‘xshaydilar. Bu holatda aktyor –manipulyator, iplar – ommaviy axborot vositalari, qo‘g‘irchoq esa- auditoriyadir.


Amerikalik tadqiqotchi Deniel Boorstin o‘zining “Tasvir: Amerikadagi psevdo-hodisalar bo‘yicha qo‘llanma”kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Biz va hayot haqiqatlari o‘rtasida qandaydir qalinlik paydo bo‘lmoqda va u borgan sari murakkablashmoqda.” Chindan ham olimning davosida jon bor, chunki bugan auditoriya yangilikni nima muhimligiga qarab emas, balki nimani xohlayotganiga qarab yaratilmoqda; informatsiya qabul qilish sikli shunchalik tezlashmoqdaki, axborotlar doimiy va muntazam ravishda to‘liq bo‘lmagan, tekshirilmagan boshqa narsa bo‘lish ehtimoli juda yuqorilab bormoqda. An’anaviy ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio) yildan-yilga o‘z ta’sirini yo‘qotib, yangi OAV, aksincha, zamonaviy media makonda o‘z o‘rni va ko‘lamini yanada kengaytirib bormoqda. Masalan, “Mediascope” ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Rossiyada Internet birinchi marta kundalik yoritish bo‘yicha televizordan o‘zib ketdi: yirik shaharlar aholisining taxminan 75 foizi har kuni onlayn va 70,4% televizor tomosha qilgan.
Bugungi kunda nafaqat oddiy kompyuterlar va smartfonlar, balki ulangan zamonaviy televizorlar ham mavjud. Internet foydalanuvchilarga (ularning shaxsiy xohishlariga ko‘ra) ommaviy axborot vositalari matnlarini individual tanlash imkoniyatini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, media-manipulyatorlar ushbu interaktiv xususiyatlardan ongli ravishda foydalanadilar. Ammo “eski ommaviy axborot vositalari” davrida bu manipulyatsiyalar davlat va biznesdan kelib chiqqan tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda ilgari manipulyatsiya qilingan auditoriyaning o‘z ya’ni oddiy o‘quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar astasekin media kontentlarning to‘liq huquqli yaratuvchisi va tarqatuvchilariga, shu jumladan manipulyatorga aylani bormoqda. 1980-yillarda gazetalar (ayrimlari yuzlab xodimlardan iborat) tirajlari 2-3 millionga yetganidan faxrlanardi, ammo bugungi kunda mashhur bloggerning o‘n million auditoriyasi borligi endi ajablanarli emas. Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy yoki manipulyatsiya vositasi sifatida o‘ylab topilmagan: ular do‘stlar va o‘rtasidagi muloqot uchun erkin va demokratik makonga aylanishi kerak edi. Qarindoshlari, boshqa obunachilar bilan kitoblar, filmlar, musiqa, sayohatlar, taomlar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdigan, retseptlar, fotosuratlar, video va postlar e’lon qiladigan platformaga aylanishi ko‘zlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bilan (ularning keng foydalanuvchilarni qiziqishlari bo‘yicha segmentatsiya qilish imkoniyatlari) darhol ko‘p millionli auditoriyaga ega bo‘ldi va biznes manfaatlari sohasiga kirdi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar tobora ko‘payib bormoqda, axborotni, shu jumladan yolg‘onni targ‘ib qilishning tez va nisbatan arzon usuli sifatida ishlatiladigan bo‘ldi. Natijada, ijtimoiy tarmoqlar turli xil siyosiy va reklama xususiyatiga ega bo‘lgan soxta ma’lumotlar manbalariga aylanib bormoqda.



Quyidagi vizualizatsiyada manipulyatsiya tushunchasi ostida yashiringan maqsadlarni anglab olish mumkin.
Chindan ham manipulyatsiya orqali auditoriyani o’z manfaatlari doirasida axborotlarga ishontirish orqali ularning ong ostiga ta’sir qilish, soxta reallik yaratish bilan media iste’molchilarning diqqatini chalg’itish, kishilarning hissiyotlariga ta’sir qilish mumkin.
Manipulyatsiya usullari bugungi media olamda shunchalar ko’payib bormoqdaki, ularning ta’sir darajasi ham bir-biridan qolishmaydi. Quyida hozirgi kunda eng ko’p qo’llaniladigan manipulyatsiya usullari va ularga qisqacha ta’riflar keltirilgan. Manipulyatsiyaning bu kabi juda o’tkir va ta’sirli usullaridan himoyalanishda media va axborot savodxonligi juda zarur hisoblanadi. Shuningdek, quyidagi vizual axborotda keltirilgan tavsiyalar orqali ham media iste’molchilar o’zlarini manipulyatsiyadan himoya qilishlari va uning ta’siriga tushib qolishdan saqlanishlari mumkin.

Media iste’molchi sifatida sizga taqdim etilayotgan kontentni saralash, baholash va qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lish orqali siz o’zingiz uchun himoya qobig’i yaratishingiz mumkin. Agar bundan kompitensiyalar sizda hali mukammal darajada shakllanmagan bo’lsa, media mahsulotlar iste’molida ehtiyotkor bo’lganingiz ma’qul, chunki axborot changalzorida manipulyatorlar nishoniga aylanib qolishingiz mumkin.
O’tgan asrda yoki yangi asrimizning boshida ham, ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish haqida gap ketganda, bizda faqat bir nechta tahdidlar bor edi: hukumat targ’ibotchisi va shov-shuvli publitsist. Ular jiddiy tahdidlar edi, ammo bu kabi tahdidlardan himoyalanishda hushyorlik qolibiliyati aniq va oddiy himoya sifatida ishlardi. Ammo bugungi globallashuv va raqamlashuv davrida, bloglarga tobeligimiz va internetga asoslangan media siklimiz bilan hech narsa bo’rttirish, buzish, uydirma va soddalashtirishlardan qochib qutula olmaydigan bolib qoldik.
Media manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o’z faydasiga hal etish murakkab emas. Chunki uning ishi ommaviy axborot vositalaridan manipulyatsiya istrumenti sifatida foydalanish ya’ni odamlarni o’zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o’ylashlari uchun media orqali undash hamda ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida qo’g’irchoqning iplarini tortib o’ynatadigan aktyorlarga o’xshaydilar. Bu holatda aktyor –manipulyator, iplar – ommaviy axborot vositalari, qo’g’irchoq esa- auditoriyadir.
Medialar ma’lum bir hissiy tajribani shakllantirish va rivojlantirish uchun qulay maydoncha vazifasini o‘taydi. Ularni ongli ravishda, masalan, ma’lum bir hissiy (ya’ni uning asl mohiyatiga mos) holatga kirish uchun ham qo‘llash mumkin. Buning uchun yosh jurnalist media yuzaga keltiradigan hissiy samaralarni anglashni va tasniflashni o‘rganishi zarur. Agar boshlovchi jurnalist mediakontentni adekvat tarzda qabul qilishga tayyor bo‘lsa, medianing unga hissiy ta’siri ijobiy bo‘lishi shubhasiz. Agar u media yuzaga keltiradigan hissiyotlar tabiatini tushunishga ruhiy, aqliy va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lmasa, u shaxsiy mediakontenti vositasida o‘z resipientlarini ma’lum bir xavfga qo‘yishi yoki ularning ongini manipulyatsiya qilishi (boshqarishi) mumkin. Jurnalist surishtiruvlari, dolzarb mavzulardagi reportajlar, kun qahramonlari (xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin) bilan intervyular muallifga auditoriyada dahldorlik, qiziquvchanlik va hamdardlik hislarini yuzaga keltirish imkonini beradi. Muallif auditoriyaning umumlashgan nuqtai nazarini bayon etganda ana shu hamdardlik va dahldorlik hislari yanada kuchayadi.
Chindan ham manipulyatsiya orqali auditoriyani o‘z manfaatlari doirasida axborotlarga ishontirish orqali ularning ong ostiga ta’sir qilish, soxta reallik yaratish bilan media iste’molchilarning diqqatini chalg‘itish, kishilarning hissiyotlariga ta’sir qilish mumkin. Manipulyatsiya usullari bugungi media olamda shunchalar ko‘payib bormoqdaki, ularning ta’sir ddarajasi ham bir-biridan qolishmaydi. Quyida hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan manipulyatsi usullari va ularga qisqacha ta’riflar keltirilgan.
Mohiyatan farq qiluvchi ikki turli yo’nalishlarni ajratish zarur: mediata’lim (media education) va mediani o’rganish (media studies). Media masalalarini boshqa fanlarning o’quv rejalari vadasturlariga integratsiya qilish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, OKVning (ommaviy kommunikatsiya vositalarining) madaniy rolini yoritish hamda turmush sifatini yaxshilash uchun media bilan samarali hamkorlik qilish ko’nikmalarini singdirish — bu mediata’lim sohasidir. Nazariy va konseptual jihatlar — bu medianing o’rganish sohasidir. Umuman, mediata’limida quyidagi bilimlarni egallash zarur: axborotni izlash, uni tahlil qilish, to’g’ri baho bera olish va ishlab chiqarish. Ushbu layoqatlarning barchasi faqat insonning OKV bilan o’zaro hamkorligini yaxshilab qolmasdan, muammolarni anglashga, tanqidiy fikrlashga va ularni samarali hal qilishga, hayotiy vaziyatlarni hal etishga ko’maklashadi.
Media bilan hamkorlik qilish davomida hozirgi zamonaviy o’quvchi doimiy ravishda axborotga jalb qilinadi va u bilan bo’lishadi, yangi onlayn-madaniyatga kirishadi. Bu o’rinda so’z hatto o’ziga xos raqamli etiket haqida bormoqda. Raqamli muhit foydalanuvchidan turli simulyatsiyalarga jalb qilish layoqatini talab qiladi, bu esa uni tarmoqdagi turli hamjamiyatlar ishtirokchisiga aylantiradi. Axborot makonida harakatlana olish layoqati zarur ko’nikmaga aylanmoqda.
OAV va jurnalistika MAS sohasidagi ikkita yo’nalish bo’yicha yonma-yon harakatlanmoqda:
• birinchisi — bu jurnalistlarning MAS bo’yicha kompetensiyasini oshirish uchun resurslarni rivojlantirishga yo’naltirilgan faol choralar, loyihalarni amalga oshirish;
• ikkinchisi — bu OAV vositasida MASni ommalashtirish, auditoriyani axborotni iste’mol qilishda tahlil va tanqidiy fikrlashdan xabardor etish.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə