Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


ELEKTRON RAQAMLI AXBOROT ALMASHINUVI



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə80/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

ELEKTRON RAQAMLI AXBOROT ALMASHINUVI

G2C-hukumat va fuqarolar o`rtasidagi munosabat


G2B-Hukumat va biznes tijorat sohasi o`rtasidagi munosabat
G2G –davlat va vazirliklar o`rtasidagi munosabat
G2E-Hukumat va jamoalar, xizmatchilar o`rtasidagi munosabat
G2F-hukumat va chet el fuqarolari o`rtasidagi munosabat
G2N-boshqa sohalar uchun umumiy soha

Insoniyatning axborotga bo’lgan ehtiyoji, unga munosabati, uni qabul qilish va tarqatishning tarixiy usullari hali matbuot paydo bo’lmagan davrda ham mavjud bo’lgan. Rasmiy ma’lumot - axborotning dastlabki ko’rinishlari jarchilar orqali, maydonlarda, odamlar gavjum bo’ladishgan joylarda, bozorlarda xalqqa yetkazilar edi. Qo’shni davlatlarga esa choparlar yuborilardi. Ko’pincha axborot qabul qilish, tarqatish va uzatishda tuyalar, kabutarlar “aloqachi” vazifasini o’tagani tarixdan ma’lum. Kishilarning axborotga, yangiliklarni bilib turishga bo’lgan ehtiyoji ilk yozma nashrlar varaqalar, taxtachalar shaklida bo’lib, bular matbuotning ilk ko’rinishlari edi. Bunday axborot yetkazish vositasi dastlab Yuliy Sezar tomonidan chiqarilib, unda o’sha davrda senatning yiQilishi haqidagi xabarlar, Rim xalqi hayotiga doir xabarlar berilar edi. Keyinchalik varaqalar Xitoyda, YAponiyada ham paydo bo’ldi. Bosma dastgohlarning yaratilishi matbuotning keng ko’lamda rivojlanishiga yo’l ochdi. Avval, 1564 yilda I.Fyodrov “Apostol” kitobi bosma holatda nashr etildi. Shundan keyin dastlabki bosma davriy nashrlar birin-ketin paydo bo’la boshladi. 1606 yilda Germaniyada “Oder saytung”, 1622 yilda Angliyada “Uikli nyus from”, 1631 yilda Fransiyada “La gazetta”, 1702 yilda Rossiyada Petr I ning buyruQi bilan “Vedmosti” gazetasi chiqarildi. Turkistonda esa dastlabki matbuot nashri ancha kechroq XIX asrning oxirida chop etildi. 1870 yildan chiqa boshlagan “Turkiston viloyatining gazetasi” o’zbek matbuotining qaldirg`ochi edi.


Jamiyat taraqqiy etishi, sivilizatsiya natijasida axborot almashuvining texnikalashgan, ya’ni telefon, telegraf usullari paydo bo’ldi. Bu paytga kelib jamiyatni harakatlantiriuvchi kuch ommaviy axborot vositalari shakllanib bo’lgan edi. Axborotning paydo bo’lishi va unga bo’lgan doimiy ehtiyojning tub sabablari, avvalo, kishilik jamiyati tarixi, taraqqiyoti bilan bog`liqdir. Insonlarning bir-birlari bilan o’zaro muloqotda bo’lishi, bir-birlari bilan fikr almashish ehtiyoji, avval tilni paydo bo’lishiga, so’zning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Keyinchalik esa jamiyat, inson tafakkurining rivojlanishi bilan yozuv paydo bo’ldi, bu esa o’z navbatida bosma so’z-matbuotning kelib chiqishiga, yana ham keyinroq esa ko’rish (tasvir), eshitish(tovush) shaklidagi axborotlarni paydo qildi. Garchand, insoniyatning axborotga bo’lgan ehtiyoji matbuotning paydo bo’lishiga, uning nashrlari ommaviy axborot vositalarining bevosita tashkil topishiga turtki bergan bo’lsa-da, kishilik jamiyatida paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy ehtiyojlar uning bevosita vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Xullas, axborot kishilik jamiyatida insoniyatga taalluqli bo’lgan boylik sifatida ijtimoiy hayotimizda chinakam zaruratga aylandi.
Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo'yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida ob'ektlar to'g'risida ob'ekt uchun tabiiy bo'lgan. Ommaviy axborot vositalari jamiyatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, dedik. Ammo axborotning o’zi qayerdan olinadi, turli sohalarga oid axborotlarni hamma ham jurnalistga osonlikcha beraveradimi? Shu ma’noda jurnalistning axborot oluvchi manbasi nima? degan savollarning bo’lishi tabiiy, albatta.
Axborotni olish imkoniyatiga ko’ra ikki turga bo’lish mumkin. Bular - ochiq axborotlar va olinishi chegaralangan, qonun bilan himoya qilinadigan axborotlardir.
Ochiq axborotlar - axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqiqiyligi bilan belgilanadi. Bu axborot olish erkinligining asosiy tamoyili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida, hamda “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida” gi qonunning 4,7 – moddasida aynan shunday axborotlar nazarda tutiladi. Bunday axborotni berish davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning huquqi emas, balki majburiyatidir. Agar bunday axborotlar berilmasa, yoki asossiz rad etilsa, mansabdor shaxslar O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida” gi Kodeksning 44-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Olishi chegaralangan, qonun bilan himoya qilinadigan axborotlarga - “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi qonunda aytilishicha, ommaviy axborot vositalaridan O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat qilish, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan o’zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanishiga yo’l qo’ymaydi. Bu degani, fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin. (29-modda) Shuningdek, bu masala “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunning 9-moddasida ham “Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa axborotlarni berish mumkin emas. Demak, yuqorida keltirilgan qonunchilik me’yorlari olishi chegaralagan, qonun bilan himoya qilinadigan axborotlarning huquqiy maqomini belgilaydi.
Ommaviy axborot vositalariga doir qonunchiligimizda axborot olishni cheklash me’yorlari, ko’p jihatdan xalqaro me’yorlarga mos keladi. Xalqaro huquq me’yorlariga ko’ra, bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun zarur bo’lishi lozim.
A) begona shaxslarning huquqlari va obro’-e’tiborini hurmat qilish uchun;
b) davlat xavfsizligini, jamoa tartibini, aholi salomatligini yoki ahloqini muhofaza qilish uchun (“Fuqorolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi Xalqaro Paktning 19-moddasi 3 -qismi).
Ijtimliy va personal axborotlar deganda nima tushiniladi? Yoki ular qanday farqlanadi? Davlat konstitutsiyaviy tuzumiga, davlat xavfsizligi, aholi xavfsizligi va salomatligini asrash, jamiyatning boshqa ijtimoiy muassasalariga taalluqli bo’lgan mas’uliyatlar ijtimoiy axborotga kiradi. Shundan kelib chiqib jurnalist ham ijtimoiy vazifani bajaradi. Shu nuqtai nazardan u shaxsiy hayotga yondashishda ijtimoiy manfaatlardan kelib chiqib nazar solib turishga majburdir. Noqonuniy yo’llar bilan axborot yig`ish va saqlash mumkin emas. Buning uchun fuqorolarning huquqlari va ular haqida ma’lumot olishda ularning roziligini olishi kerak.
Personal (shaxsga tegishli bo’lgan) ma’lumotlar - fuqaroning shaxsini aynanlashtirish imkonini beradigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo’lgan hodisalar va holatlar to’g’risidagi ma’lumotlardir. O’zbekiston Konstitutsiyasining 25-moddasiga ko’ra, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsiz huquqqa ega, deyilgan.
Personal (shaxsga tegishli bo’lgan) ma’lumotlarga doir qonunchilik jurnalistdan o’ta ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki u faoliyat olib boradigan ommaviy axborot vositasining ma’lum nashri jamiyatdagi ijtimoiy vazifani bajarar ekan, har qadamda shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Jurnalist insonning daxlsiz huquqlarini va jamiyat oldidagi burchlarini yaxshi bilishi kerak. Jurnalist noqonuniy yo’llar bilan axborot yig’ishi va uni saqlashi mumkin emas. Bu qonunda ta’qiqlanadi (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 141-144-moddalari). Shu bois jurnalist fuqaroning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarga ega bo’lishda va yig’ishda uning roziligini olishi kerak. Xuddi shuningdek undan foydalanishda ham axborot manbasining yoki axborot beruvchining roziligi bilan bu axborotlar qo’llaniladi va tarqatiladi. Axborot egasi atayin noto’g’ri, chala, yoki muddatini buzib axborot berganligi uchun foydalanuvchi oldida javobgar bo’ladi, shu tufayli foydalanuvchiga yetkazilgan zarar qonunga muvofiq to’lanadi. O’z vakolatlariga muvofiq axborotga egalik qilish, uni qayta ishlash hamda ulardan foydalanish amaldagi qonunlarga zid kelmaydigan tartibi va qoidalarini belgilaydi.
Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g’oyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ming afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo’li bilan o’z maqsadlariga erishishni ko’zlaydigan kuchlar sun’iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlarni davom ettirmoqda.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə