Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


-MAVZU: VIRTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə82/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

13-MAVZU: VIRTUAL O`YINLARNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI.
Reja:
1. Kompyuterga tobelikning 4 bosqichi: moslashish, odatlanish, shaxsiy omillarga ta`siri, inson hayotining ajralmas bo`lagi sifatida.
2. Internet va kompyutr o`yinlarining paydo bo`lishi.
3. Virtual tanishuvlar.


Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorlik, vahshiylik kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi. Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalizm, noqonuniy qurol savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - "Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, qizlarimizda o'zbek ayoliga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini-mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini doimiy nazorat qilib borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz. OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi.
Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. BBC 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə