Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Konstitutsiyaviy me’yorlar



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə79/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

2.Konstitutsiyaviy me’yorlar.
3. Qonunlar va qonunosti me’yorlar.
Ana shu me’yorlarni axborot huquqi, ommaviy axborot erkinligiga nisbatan ko’rib chiqadigan bo’lsak, Xalqaro huquqiy me’yorlari u Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (IHUD)ning 19-moddasida ko’rsatilgan, ya’ni “har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va Qoyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi”.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi aksariyat me’yorlari aynan xalqaro me’yorlarga uyg’unlashganining, bu me’yorlarning deyarli bir xilligini ko’rish mumkin.
Demak, axborotni izlash, olish va tarqatish bilan bog’liq jurnalist ijtimoiy faoliyatini huquqiy tartibga solish bevosita axborotni fuqarolik huquqlari ob’ektiga kiritadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 81-moddasida qayd etilgan. Bu narsa shuni anglatadiki, axborotni fuqarolik muomalasida izlash, olish va tarqatish imkoniyati mavjud - bunday axborotga nisbatan uning huquqi ob’ekti sifatidagi tabiatiga muvofiq keladigan har qanday qonuniy xatti-harakatlar sodir etish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunida axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqining mohiyatini ochib beriladi. Unga muvofiq, axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual mulk ob’ekti bo’lishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlariga nisbatan qonunlar bilan kafolatlangan mulkiy huquqqa egadirlar.
Davlat tomonidan qo’riqlanadigan va maxsus ro’yxatlar bilan chegaralab qo’yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o’zga xil ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining davlat siri hisoblanadi. Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Davlat sirlari O’zbekiston Respublikasining mulkidir (O’zbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasi). Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Axborotni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining lozim bo’lgan ma’lumotlar Ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi (5-modda).
Davlat sirlari uch toifaga, ya’ni; davlat, harbiy va rasmiy sirlarga bo’linadi.
Davlatning mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, iqtisodiy va siysiy manfaatlari uchun boshqa og’ir oqibatlar keltirib chiqarish mumkin bo’lgan ma’lumotlar-davlat siridir.
Davlat mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun oQir oqibatlar keltirib chiqaradigan xarbiy xususiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar-harbiy sirni tashkil etadi.
Davlatning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar - xizmat siridir.
Rivojlangan mamlakatlarning qonunchilik me’yorlariga e’tibor beradigan bo’lsak, davlat siri sanalishi mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan ma’lumotlar qonunchilikda alohida sanab o’tilganini ko’ramiz. O’zbekiston qonunchiligida esa davlat sirlari sanalishi mumkin bo’lmagan ma’lumotlarning aniqlashtirilmaganligi hukumat amaldorlari, qonunni ijro etuvchi va qo’llovchilar tomonidan suiiste’mol qilinadi. Ko’pincha amaldorlar jurnalistga u yoki bu axborotni berishni istamay, milliy xavfsizlik masalalarini ro’kach qiladi, o’zlari qo’yib olgan “maxfiy”, “Xizmatda foydalanish uchun” degan griflarni ko’rsatishadi. SHuning uchun axborot olish uchun , avvalo, jurnalist bilishi kerak: haqiqatdan berk eshikka bosh urib borish shartmi yoki hech qachon va hech kim tomonidan qonuniy berkitilmagan axborot saqlanadigan bino eshigidan dadil kirib boraverish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi axborot qonunchiligidagi ixtisoslashgan hujjatlarga nimalar kiradi? Intelektual mulk to’g’risida - Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual mulk ob’ekti bo’lishi mumkin (23-modda). Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan mulkiy huquqga egadirlar.
OAVlari davlatning mansabdor shaxsi faoliyati bilan qiziqar ekan, demokratik jamiyatda xalq hokimiyatini amalga oshiradi - hamma hokimiyatiga kirib hisobot olavermaydi, ayna matbuot bu hisobotni, axborotni olib, xalqqa yetkazadi. Biroq davlat idoralarining yoki mansabdor shaxslarning ta’qibi natijasida OAVga va jurnalistlarga nisbatan huquqlarning buzulishi hollari ko’p uchraydi. Shunday hollarda afsuski, OAV ham, jurnalist ham buzilgan huquqlarini har doim ham himoya qilishiga urinmaydilar. Buning sababini K.Bahriyev shunday ko’rsatadi: “Birinchidan, jurnalistlarda huquqiy ong shakllanishi qiyin kechmoqda. Ikkinchidan, qonunga rioya qilishda fuqarolarga o’rnak bo’lishi kerak bo’lgan davlat hokimiyati idoralarining mansabdosh shaxslari qonunga rioya qilmaganlari ham jurnalist birodarlarimizni “tarvuzini qo’ltig’idan tushiradi”. Uchinchidan, jurnalistlar o’z huquqlarini talab qilib da’vo ariza bilan murojaat qilganlarida ham, sudlar adolatli hukm chiqarishlariga, mansabdor shaxslar tazyiqidan xoli tura olishlarisha ishonmaydi. Afsuki, sudlarimiz ham shunday ishonchni paydo qilish uchun jo’yali biror ish qilayotganlari yo’q”.
K.Bahirevning bu mulohazalari biroz keskin bo’lsa-da, lekin unda jon bor. Har qanday tazyiqqa qaramasdan baribir, jurnalistlar o’z huquqlarini qonuniy himoya qilishni boshlashi kerak. Buning uchun esa qonunni yaxshi bilish talab etiladi. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2021-yil 15-iyun, 373-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste'molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o'tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to'plash, ro'yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo'yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o'tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo'yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga o'zgartirishdan iborat.
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi).



Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə