Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə78/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Jo’n xatolar. Xalqimiz ba’zan juda sodda va ishonuvchan. Bu soddalikni internet axborot xavfsizligi kechira olmaydi. Afsuski internetdagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligidan yaxshi xabardor bo’lmaslik, zamonaviy bilimlarni o’zlashtirishga jiddiy qaramaslik oqibatida ayanchli hodisalar uchrab turibdi. Texnologiyalar rivojlangan sari axborotni o’g’irlash usullari ham zamonaviylashib, juda katta kuchga ega bo’lib bormoqda. Axborotni o’g’irlash yoki unga zarar yetkazish bugungi kunda shu darajaga chiqqanki, hatto ba’zi holatlarda sizning parolingiz, SMS tasdiqlash kodingiz ham talab qilinmagan holatda ma’lumotlaringizni yo’qotishingiz mumkin. Masalan, siz ishonib o’rnatgan dastur o’yin qaysidir rasmingizni sizning soddalingizngizdan foydalanib ko’chirib olishi mumkin. Qaysidir suhbatdoshingiz sizni aldab u yoki bu turdagi ma’lumotingizni so’rab olishi mumkin. Siz kutmagan, bilmagan usullar bilan shaxsiy axborot muhitingizga zarar yetkazishlari hech gap emas. Bunga ko’pincha juda oddiy xatolar, juda keng tarqalgan qoidalarga bilimsizlik tufayli amal qilmaslik sabab bo’lishi mumkin.
Oddiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun telefoningizni doim bloklanishda saqlang, begona kimsalarga telefoningizni ochiq holatda topshirmang, ish kompyuteringizda bolalaringizning o’ynashiga yo’l qo’ymang, ish va shaxsiy masalalar uchun ishlatiladigan Google akkauntlaringizni bitta qurilmada saqlamang (yoki ehtiyotkorlik bilan saqlang). Yuqoridagilar axborot xavfsizligi bo’yicha juda qisqa va eng ko’p tarqalgan tavsiyalardan ba’zilari edi. Internetda shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlanishi va uzatilishiga e’tiborli bo’ling.
Harakatlantiruvchi vositasi bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko’rsatishlari uchun muhim huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi bo’lgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining yangi tarixiy sharoitdagi huquqiy holati aniq belgilab berildi. Uning 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. senzuraga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi. Bu bilan hukumat, davlat boshqaruv organlariga demokratiyaning muhim tayanchi bo’lgan OAVlari bilan hamisha hisoblashish majburiyatini qonuniy belgilab qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’kidlanishicha, ”davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqorolar oldida mas’uldirlar” (2-modda), “davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonunchilik hrinsihlari asosida amalga oshiradi” (14-modda), “har kim fikrlash va o’z e’tiqod erkinligi huquqiga ega. har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” (29-modda), “O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim” (30-modda). Keltirilgan moddalar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, mamlakatda so’z va axborot erkinligi ta’minlangan. Shu bilan birga OAVlari va unda faoliyat ko’rsatadigan jurnalist zimmasiga muhim mas’uliyatni yuklaydi, ya’ni ular axborot izlash, olish va tarqatish vazifasini bajarish orqali mamlakatdagi demokratik davlatning mohiyatini, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini yoritadi.
OAVlari faoliyatining, shu jumladan, muayyan jurnalist faoliyatining asosida turadigan huquqiy zamin keng ko’lamdadir. Shu bois bu qonunchilikni chegaralash va tartibga solish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ommaviy axborot vositalari faoliyati qonunchiligini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar asosan uchga bo’linadi:
1.Xalqaro me’yorlar.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə