Ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatlarda psixologik jarayaon



Yüklə 222,3 Kb.
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü222,3 Kb.
#148314
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat belgilari aniqlash va yordam ko‘rsatish usullari

Bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatlarda psixologik jarayaon

Bolaning qarovsizligi — ota-onaning yoki bola uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaxsning bolaning sogʻligʻi, xavfsizligi yoki farovonligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan darajada oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, tibbiy yordam bilan taʼminlamasligi, nazorat qilmasligi. Eʼtiborsizlik, shuningdek, bola bilan bir muhitda turgan odamlarning eʼtiborsizligi va bolaning omon qolishi uchun tegishli va yetarli chora-tadbirlarni qoʻllamasligidir.
Bolaga nisbatan eʼtiborsizlikning baʼzi kuzatiladigan belgilariga quyidagilar kiradi: bola tez-tez maktabga bormaydi, tilanchilik qiladi, oziq-ovqat yoki pul oʻgʻirlaydi, zarur tibbiy va stomatologik yordamga ega emas, doimo iflos yuradi yoki ob-havoga mos kiyim yoʻq. 2010-yilgi Bolalarga nisbatan yomon munosabatda boʻlish hisoboti (NCANDS), Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumatining yillik bolalarni himoya qilish boʻyicha davlat agentliklari (CPS) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslangan hisobotida beparvolik va/yoki eʼtiborsizlik xatti-harakatlari „bolalarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlishning eng keng tarqalgan shakli“ ekanligini aytiladi
Eʼtiborsizlik xatti-harakatlarini oltita kichik toifaga boʻlish mumkin:

  • Nazoratning sustligi: ota-ona yoki vasiyning yoʻqligi jismoniy shikastlanish, jinsiy zoʻravonlik yoki jinoiy xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin;

  • Jismoniy eʼtiborsizlik: xavfsiz va toza uy kabi asosiy jismoniy ehtiyojlarni taʼminlamaslik bilan tavsiflanadi;

  • Tibbiy eʼtiborsizlik: tibbiy yordam koʻrsatilmasligi bilan tavsiflanadi;

  • Hissiy eʼtiborsizlik: gʻamxoʻrlik, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi bilan tavsiflanadi;

  • Taʼlimga eʼtibor bermaslik: tarbiyachilarning maktab tizimida faol ishtirok etish uchun taʼlim va qoʻshimcha resurslarni taʼminlamasliklari bilan tavsiflanadi; va

  • Tashlab ketish: ota-ona yoki vasiy bolani uzoq vaqt davomida enaga yoki vasiysiz yolgʻiz qoldirishi bilan tavsiflanadi.

Beparvo qoldirilgan bolalar jismoniy va psixosotsial rivojlanishda kechikishlarni boshdan kechirishi mumkin, buning natijasida psixopatologik va neyropsixologik funksiyalar, jumladan, ijro etuvchi funktsiya, diqqat, qayta ishlash tezligi, til, xotira va ijtimoiy koʻnikmalar buzilishi mumkin. Zoʻravonlikka uchragan bolalar bilan ishlayotgan tadqiqotchilar bir necha bor guvoh boʻlishdiki, mehribon farzand asrab oluvchilar qarovsiz qolgan bolalar bilan yoʻqolgan yoki xavfsiz munosabatlarni tiklash mobaynida turli xil hissiy va xulq-atvor reaktsiyalariga duch keladilar. Bunday bolalar gʻamxoʻrlik qiluvchilarni xavfsizlik manbai sifatida koʻrmaydilar va buning oʻrniga odatda ularni asrab olgan ota-onalari bilan sogʻlom yoki xavfsiz munosabatni buzishi mumkin boʻlgan tajovuzkor va giperaktiv xatti-harakatlarni namoyon qiladilar. Eʼtiborsizlik qurboni boʻlgan bolalar hayotining dastlabki bosqichlarida zarur boʻlgan bogʻliqlik hissiga toʻyinmaganligi sababli hayotlar davomida ham ishqiy yoki doʻstlik kabi munosabatlarni shakllantirish va davom ettirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik xatti-harakatlari shu zahotiyoq salbiy jismoniy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo shuni ham unutmaslik kerakki, u rivojlanish muammolari va koʻplab surunkali jismoniy va psixologik taʼsirlar, shu jumladan, keyingi sogʻliq muammolari va hayot davomiyligining qisqarishi kabilarga ham sabab boʻlishi ehtimoli mavjud.10
Zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar kattalarga yomon munosabatda boʻlishlari mumkin. 1991-yildagi maʼlumotlarga koʻra, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, katta yoshlilarning 90 foizi bolaligida shafqatsiz munosabat qurboni boʻlishgan. Bugungi kunda ham deyarli 7 million amerikalik chaqaloq uchun bolalarni parvarish qilish xizmatlari, xususan, kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadi va bu parvarish sharoiti odatda talab darajasida boʻlmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik turli xil hissiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Doim eʼtibordan chetda qoldirilgan, sharmanda qilingan, qoʻrquvga uchragan yoki kamsitilgan bolalar jismoniy tajovuzga uchraganlaridan ham koʻra koʻproq azob chekishadi. Joyful Heart Foundation maʼlumotlariga koʻra, oila, gʻamxoʻrlik qiluvchilar va jamiyat bilan boʻlgan tajribalar bolaning miya rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Zoʻravonlikka uchragan bolalar oʻzlariga ishonchsizlik, oʻzini past baholash va rivojlanishning yetishmasligi holatlari bilan ulgʻayishi mumkin. Shuningdek, ular oʻzaro ishonch, ijtimoiy chekinish, maktabdagi muammolar va munosabatlarni shakllantirishda davom etayotgan qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar.11
Zoʻravonlik holatlari chaqaloqlar va boshqa yosh bolalarga katta yoshdagilarga qaraganda boshqacha taʼsir koʻrsatishi mumkin. Hissiy zoʻravonlikka uchragan yoki eʼtibordan chetda qoldirilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar oʻzlari unchalik ham uzoq vaqtdan buyon tanimaydiganlarga yoki begona odamlarga haddan tashqari mehribon boʻlishlari mumkin. Ular oʻzlariga ishonmasliklari yoki tez-tez va baʼzan sababsiz xavotirga tushishlari, ota-onalari bilan yaqin munosabatda boʻlmagandek koʻrinishlari, tajovuzkor xatti-harakatlar yoki boshqa bolalar va hayvonlarga nisbatan yomon harakatlar sodir etishlari mumkin. Kattaroq bolalar yomon soʻzlarni ishlatishi yoki xuddi shu yoshdagi boshqa bolalarga nisbatan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, shuningdek, ular kuchli his-tuygʻularni nazorat qilishda qiynalishi, ota-onasidan ajratilgandek koʻrinishi, ijtimoiy koʻnikmalarga ega emas yoki doʻstlari kam boʻlishi mumkin.
Bolalar, shuningdek, reaktiv biriktirilish buzilishi (RAD)ni boshdan kechirishlari mumkin. RAD odatda 5 yoshdan oldin boshlanadigan sezilarli darajada buzilgan va rivojlanishga mos kelmaydigan ijtimoiy aloqadorlik sifatida aniqlanadi. RAD koʻpgina ijtimoiy vaziyatlarga rivojlanishga mos keladigan tarzda reaksiya bildirmaslik yoki javob berishning doimiy qobiliyatsizligi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Hissiy zoʻravonlikning uzoq muddatli taʼsiri keng oʻrganilmagan, ammo soʻnggi tadqiqotlar uning uzoq muddatli oqibatlarini hujjatlashtira boshladi. Hissiy zoʻravonlik depressiya, tashvish va shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklarning kuchayishiga ham olib kelishi mumkin (Spertus, Wong, Halligan, & Seremetis, 2003-yil). Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari va qarovsizlik qurbonlari balogʻatga yetmaganlar va kattalar orasida nisbatan koʻproq jinoyat sodir etishadi.
Oiladagi zoʻravonlik bolalarga ham taʼsir qiladi; bolaning shaxsan oʻzi zoʻravonlikka uchramagan boʻlsa ham, oiladagi zoʻravonlikka guvoh boʻlishning salbiy taʼsirlari katta va jiddiy. “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va bolalarning oiladagi zoʻravonlikka taʼsiri boʻyicha boʻylama tadqiqot” kabi olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bolalarning 36,8 foizi tajovuzkorlik bilan shugʻullanadi, zoʻravonlik/hujumga uchragan bolalarning esa 47,5 foizi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, oiladagi zoʻravonlikka guvoh boʻlish bolalarda xatti-harakatlarlardagi muammolar va hissiy nuqsonlar (depressiya, asabiylashish, tashvish, akademik muammolar va til rivojlanishidagi muammolar) paydo boʻlishi ehtimolini oshiradi.
Umuman olganda, xulosa qilib aytganda, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va hatto zoʻravonlikka guvoh boʻlish natijasida yuzaga keladigan hissiy omillar uzoq va qisqa muddatli taʼsirlarga olib kelishi mumkin, bu oxir-oqibatda bolaning tarbiyasi va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.12
Eʼtiborsizlikka uchraganlik yoki jismoniy zoʻravonlik tarixi boʻlgan bolalar psixiatrik muammolar yoki tartibsiz bogʻlanish uslubini rivojlanish xavfi ostida turadilar. Bundan tashqari, bolalarga nisbatan zoʻravonlik yoki qarovsizlikka duchor boʻlgan bolalarning 59 foizi voyaga yetmay turiboq hech boʻlmaganda bir marotaba u yoki bu sababdan hibsga olinadi, 28 foizi keyinchalik qoʻlga olinadi. Shuningdek, bunday bolalarning 30 foizi kelajakda oʻzi ham zoʻravonlik jinoyatini sodir etishi ehtimoli koʻproq. Tartibsiz bogʻlanish bir qator rivojlanish muammolari, jumladan, dissotsiativ alomatlar, shuningdek, tashvish, depressiya va harakat nazoratsizligi kabilar bilan bogʻliq. Dante Cicchetti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, zoʻravonlikka uchragan va yomon munosabatda boʻlingan chaqaloqlarning 80 foizi tartibsiz bogʻlanish alomatlarini koʻrsatadi. Ushbu bolalarning baʼzilari oʻzlari ota-onaga aylanganda, ayniqsa ularda travmadan keyingi stress buzilishi (PTSD), dissotsiativ alomatlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning boshqa oqibatlari boʻlsa, chaqaloq va yosh bolalarning ehtiyojlari va meʼyoriy iztiroblari bilan yuzma-yuz kelganda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, bu esa oʻz navbatida bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bunday bolalar oʻzlariga yoki boshqalarga nisbatan hamdardlikni his qilishlari qiyin boʻlishi, bu esa ularning oʻzlarini yolgʻiz his qilishlariga va doʻst orttirishga qodir boʻlmay qolishlariga olib kelishi mumkin. Ushbu potensial qiyinchiliklarga qaramay, psixo-ijtimoiy aralashuv hech boʻlmaganda baʼzi hollarda bir paytda ularga nisbatan yomon munosabatda boʻlingan ota-onalarning yosh bolalari haqida oʻylash usullarini oʻzgartirishda samarali boʻlishi mumkin.
Bolalik davridagi zoʻravonlik qurbonlari, shuningdek, keyinchalik hayotlari davomida turli xil jismoniy sogʻliq muammolariga duchor boʻladilar. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, ularning baʼzilarida aniq sabablarsiz surunkali bosh, qorin, tos yoki mushaklar ogʻrigʻidan aziyat chekadilar. Uzoq muddatli tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bolalik davrida zoʻravonlikka uchragan odamlarning 80 foizi 21 yoshida kamida bitta psixiatrik kasallikka duchor boʻlgan, ular orasida ruhiy tushkunlik, tashvish, ovqatlanish buzilishi va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar mavjud. Kanadadagi kasalxonalardan biri ruhiy salomatlik boʻyicha ambulatoriyadagi ayollarning 36 foizdan 76 foizgacha qismi, shizofreniyaga yoʻliqqan ayollarning 58 foizi va erkaklarning 23 foizi bir paytlar jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlganligini aniqladi.
Fransiyaning INSEE soʻrovnomasida sanab oʻtilgan 27 kasallikning 23 tasi holatida 18 yoshga toʻlgunga qadar bolaning takroriy kasalliklari va oilaviy travmalar oʻrtasida statistik jihatdan muhim korrelyatsiyalar aniqlandi. Sogʻlikdagi tengsizliklarni oʻrganish orqali ushbu korrelyatsiyalarni aniqlagan fransuz sotsiologi Georges Menahemning soʻzlariga koʻra, bu munosabatlar kasallik va azob-uqubatlardagi tengsizlik nafaqat ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Salomatlik tengsizligi, shuningdek, oiladan kelib chiqadi va doimiy affektiv muammolar (mehr-muhabbatning yetishmasligi, ota-ona oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, ota-onaning uzoq vaqt bola bilan boʻlmasligi yoki ona yoki otaga taʼsir qiladigan jiddiy kasallik) darajasi bilan bevosita aloqador boʻladi.
Har qanday shaklda zoʻravonlikka uchragan koʻplab bolalarda qandaydir psixologik muammolar paydo boʻladi. Zoʻravonlikka uchragan bolalarning oʻzlari ham oʻz farzandlariga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻyishlari tendensiyasi ham mavjud. 2013-yilda AQShda bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq qayd etilgan 294 000 ta holatdan faqat 81 124 tasida jabrlanuvchi qandaydir maslahat yoki terapistik yordam olgan. Zoʻravonlikka uchragan bolalar uchun terapiya juda muhimdir.
Boshqa tomondan, bolaligidan zoʻravonlik ostida oʻsgan, ammo oldingi shartlar boʻyicha hayotda kutilmagan tarzda yaxshi natijalarga erisha oladigan bolalar ham bor. Bunday bolalar „momoqaymoq bolalar“ den nomlanadi, bu nomni tanlashda momaqamoqlarning tuproq, quyosh, qurgʻoqchilik yoki yomgʻirdan qatʼi nazar gullab-yashnashidan ilhomlanilgan. Bunday bolalar (yoki hozirda kattalar) bolalarga nisbatan zoʻravonlik oqibatlarini yumshatish omillarini topishga katta qiziqish uygʻotadi.



Yüklə 222,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə