Ijtimoiy fanlar fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


I BOB. Xotira turlarining tadqiq etishning psixologik masalalari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/11
tarix27.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#113430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Safarmaxmudov Fazliddin 27

I BOB. Xotira turlarining tadqiq etishning psixologik masalalari

    1. Xotira fenomeni va uning mazmun-mohiyati. Xotira – bu, bilim, ko’nikma va ko’nikmalarni to’plash, saqlash va takrorlash bilan bog’liq bo’lgan bilim qobiliyatlari va yuqori aqliy funksiyalar majmuasining belgisi hisoblanadi. Xotira-biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni. Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o’tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo’lmaydi. Eng oddiy psixik aktning sodir bo’lishida har bir elementni keyingisiga bog’lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog’lanishga layoqatsiz bo’lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib ketmaydi, balki ma’lum darajada esda olib qolinadi, ya’ni esimizda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo‘lganda esimizga tushadi. Shuningdek, kechirilgan tuyg‘u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o‘z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o‘quvchilar maktabda o‘qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga tushiradilar. Kundalik tajribamiz ko‘rsatadiki, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Taassurotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlaridir, bu muvaqqat bog‘lanishlarning hosil bo‘lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tiklanish) jarayonidir. Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Eng avval bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko‘chalar, daraxtlar, hayvonlar va hokazolar) ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko‘rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa kuylari, ashulalar va hokazolar esda qoladi. Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo‘lib, mazmunan obrazli xotiraga taalluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so‘z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o‘qilgan matnlar, so‘zlar, gaplar boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish sistemalari emas, balki nutqda ifodalangan ma’no, o‘zi va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So‘zlarning ma’no jihatdan mantiqiy sur’atda bir-biriga bog‘lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so‘z-logik xotirasi bo‘lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo’qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadqiq etilishiga va tuyg’ularimizning kechishiga ko’mak beradi. Bosh miya po’stlog’ida paydo bo’ladigan tashqi olam obrazlarisiz yo’qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt Biz ko‘ngildan kechirgan tuyg‘ular, har xil muskul va ish - harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar. Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so‘z logik, emotsional (tuyg‘u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi. Albatta, xotiraning ana shu xillarga bo‘linishi nisbiydir. Haqiqatda xotiraning shu hamma xillari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, bironta narsaning esimizda qolgan va keyin esimizga tushirilgan obrazi gap bilan ifodalanadi, har bir tuyg‘u-hissiyot biror bir tasavvurga, yoki fikrga, yoki ish-harakatga va hokazolarga bog‘liq holda tug‘iladi. Shunday qilib, xotira inson tomonidan o’tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o’rni beqiyosdir. Xotirasiz inson “abadiy go’daklik holatida” qolgan bo’lar edi (I.M.Sechenov). S.L.Rubinshteyn ta’kidlaganidek: “ Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo’lar edik. O’tmishimiz kelajak uchun o’lik bo’lar edi. Hozirgi zamon kechmishiga ko’ra o’tmishda badar yo’qolardi”. Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog’imiz lozim. U bizni noto’g’ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to’g’ri taqsimlashga, hayotimizni to’g’ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o’zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv toppish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo’lishga, tajribalarni hayotga tadbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi. Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko’rsatadigan ham bizning xotiralar hisoblanadi. Sizning esda olib qolganingiz juda katta rol o’ynaydi. Sizning to’plangan bilim omboringiz, o’tgan quvonch, g’azab tufayli alamli xotiralar yoki aybdorlik hissi xotira jarayonisiz mavjud bo’lmagan bo’lar edi. Faoliyatning har xil turlarida psixik faollikning turli xil ko’rinishlari: harakat, emotsional, sensor, aqliy ko’rinishlari ustunlik xotira turlari qilishi mumkin. Bir necha xotira turlari bir-biridan farqlanadi. Odatda xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteritikasini esda olib qolish , esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatning xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga asosan turlarga ajratiladi.

  1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. harakat yoki motor harakat xotirasi;

  2. obrazli xotira;

  3. his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;

  4. so’z-mantiq xotira;

  1. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;

  1. ixtiyorsiz;

  2. ixtiyoriy;

  3. mexanik;

  1. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:

  1. qisqa muddatli xotira;

  2. uzoq muddatli xotira;

  3. operativ (tezkor) xotira.

  1. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga ko’ra:

  1. musiqiy;

  2. eshitish xotirasi.

  1. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:

  1. fenomenal;

  2. kasbiy.

Harakat xotirasi – turli xildagi ish harakatlari va ularning tizimini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emotsional xotira – his-tuyg’uga xos xotiradir. His-tuyg’ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligi, bizning tevarak-atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo’lga qo’yilganligi haqida xabar berib turadi.
Hissiy xotira -ma’lum bir ma’noda xotiraning boshqa turlariga qaraganda kuchliroq bo’lishi mumkin. Qachonlardir bo’lib o’tgan va batamom esdan chiqib ketgan voqealardan, o’qilgan kitoblardan, ko’rilgan kinofilmlardan ba’zan taassurot, his-tuyg’ugina qolishini har kim o’z tajribasidan biladi.
Obraz xotirasi- tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi.
Eydetik, ya’ni ko’rgazmali obrazlar - tashqi qo’zg’atuvchi bilan his-tuyg’u a’zolarining qo’zg’atilishi natijasidir.
So’z mantiq xotirada – ikkinchi signallar tizimi asosiy rol o’ynaydi. So’z-mantiq xotirasi boshqa turdagi xotiralarning rivojiga tayangan holda ularga nisbatan yetakchi bo’lib yuzaga chiqadi va xotiraning boshqa barcha turlari rivoji uning rivojiga bog’liq bo’lib qoladi.
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi.
Oldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira o’z faoliyatini olib boradi.
Operativ xotira tushunchasi kishi tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan dolzarb harakatlar, ishlarga xizmat qiladigan mnemik jarayonlarni anglatadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə