Ijtimoiy fanlar fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


Xotira metodikalari tavsifi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə6/11
tarix27.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#113430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Safarmaxmudov Fazliddin 27

2.1. Xotira metodikalari tavsifi.
XOTIRANING UNUMDORLIGINI ANIQLASH
Ushbu testdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraga xos jihatlarni ularning unumdorligi nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat. Tadqiqot to‘rtta kichik testni o‘z ichiga oladi. Sizga cheklangan vaqt mobaynida (1-test – 40 soniya, 2-test – 40 soniya, 3-test – 10 soniya, 4-test – 60 soniya) muayyan ma’lumotni esda olib qolish hamda mos ravishda birinchi test uchun – so‘zlar va ularning raqamli belgilari, Ikkinchi test uchun – raqamlar va ularning raqamli belgilari, uchinchisi uchun – figuralar, to‘rtinchisi uchun – qalin yozuv bilan ajratilgan va raqamlar bilan belgilangan fikrlarni esda olib qolish va matnda ko‘rsatilgan ketma-ketlikka rioya qilgan holda aytib berish taklif etiladi.
4-test
1912-yilda Atlantika okeanida halokat yuz berdi. Dastlabki reys bilan Yevropadan Amerikaga borayotgan «Titanik» nomli yo‘lovchilar tashiladigan paroxod tuman paytida dengizda suzib yurgan muztog‘ bilan to‘qnashib ketdi (1), kemada katta teshik hosil bo‘ldi va u cho‘ka boshladi (2). «Qayiqlar tushirilsin!» – deb buyruq berdi kapitan. Biroq qayiqlar yetarli emas edi (3). Ular yo‘lovchilarning faqat yarmiga yetdi.«Ayollar va bolalar – ko‘prikchalarga, erkaklar qutqaruv belbog‘larini taqsinlar!» (4) – degan ikkinchi buyruq berildi. Erkaklar jimgina bortdan nari ketdilar. Kema sekin-asta qop-qora va muzdek sovuq suvga cho‘ka boshladi (5). Ayollar va bolalarga to‘lgan qayiqlar g‘arq bo‘layotgan kemadan birinketin uzoqlashardi. Mana odamlar oxirgi qayiqqa joylasha boshladilar (6). Birdan qo‘rquvdan afti qiyshayib ketgan baqaloq kishi baqiribdodlab ko‘prikchaga tashlandi (7). U ayollar va bolalarni itarib, matroslarga dasta-dasta pul tiqishtirar va odamlar bilan to‘lib-toshgan qayiqqa sakrab chiqishga harakat qilardi (8). Paqillagan ovoz eshitildi, bu kapitan to‘pponchadan uzgan o‘q ovozi edi (9). Qo‘rqoq palubaga jonsiz holda yiqildi (10), ammo hech kim unga qayrilib ham qaramadi.
Natijalar tahlili:
Ayrim so‘zlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan so‘zlar soni x
100 20-soniya
Ayrim raqamlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan raqamlar soni x
100 20-soniya
Figuralarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan figuralar soni x
100 20-soniya
Fikrlarni esda olib qolish unumdorligi:
to‘g‘ri takrorlangan fikrlar soni x
100 20-soniya
Xotira unumdorligining integral ko‘rsatkichi:
to‘rtta test bo‘yicha natijalar yig‘indisi 4

Ismlarni eslab qolish metodikasi. Ushbu metodikani qo’llashda quyidagi tavsiyalarga e’tibor qaratish lozim. Yuzidagi ajralib turadigan belgini topish va unga qo’shimcha tarzda ism va familiyasiga assotsatsiya axtarish hamda ularni birlashtirib, tasavvuriy antiqa hikoya tuzib chiqish kerak. Keyin o'sha hikoyani o zgina takrorlash kifoya




Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə