Ijtimoiy fanlar fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/11
tarix27.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#113430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Safarmaxmudov Fazliddin 27

Kurs ishining maqsadi. Quyidagi kurs ishimizdan kozlangan asosiy maqsad oquvchiga xotira borasida to’la mulumot berishga harakat qilish, o’quvchilarda xotira borasida malum bilim va konikmalarga ega bo’lishini taminlash va xotira hususiyatlari borasida bilim malakalarini yanada oshirish, bevosita va bilvosita xotirani o’rganish borasidagi turli ilmiy ahamiyatli metodikalar to’grisida ma’lumot berish va bilim malakalarini oshirish.
Kurs ishining predmeti. Xotira haqida umumiy tushuncha, operativ xotira, bevosita va bilvosita xotira turlari.
Kurs ishining metodlari. Xotira darajasini o’rganish uchun. Xotira unumdorligini aniqlash va operativ xotirani aniqlash metodikalaridan foydalanildi

KIRISH.
Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti jadal rivojlanib borayotgan bir davrda shaxs faoliyati, xususiyatlari, tajriba va boshqa bir qator ko’rsatkichlari ham o’z rivojlanish doirasiga ega. Xususan shaxsning o’tayotgan har bir kunida va egallagan yoki o’zlashtirgan har bir yangi bilim va ko’nikmalarini esda olib qolish bu albatta xotira jarayonlari bilan bog’liqdir. Xotira – muvaffaqiyatingiz va hayotdan lazzat olishingizda kalit bo’lishi yoki aksincha, xatolaringiz uchun sabab bo’lishi mumkin. Deyarli, har biro dam xotiraga taalluqli mana shu ikki holatni boshdan kechiradi. Deyl Karnegining ta’kidlashiga ko’ra, o’rtacha inson o’z miyasining ishlash jarayonini bilmagani uchun xotirasidan noliydi.
Hayotda hamma ham kimdandir yordam so’ragisi, yo’l-yo’riq olgisi keladi, lekin, ko’pincha shunday odamning o’zi yo’qligidan kishining hafsalasi ham pir bo’lishi rost. Shunday ekan, har bir shaxs o’z xotirasidagi bilim, ko’nikma va malakaga tayangan holda o’z faoliyat doirasini yuritishi zarur. Shu bilan birga xotirani shakllantiruvchi omillarni ham o’rganishi zarur. Chunki, bugungi kunda axborotlashgan bir davrda qaysi ma’lumotni yetarlicha eslab qolish va qaysi birini unutish zarurligini ajratib olish muhim. Xotira faoliyati albatta miyamiz bilan bog’liq. Miya tanamizning 2 % hajmini egallaydi, 20 % energiyamizni sarflaymiz. 20 % kislorodni miyamizning o’zi qabul qiladi. Miyamiz deyarli 80 % suvdan iborat. Har doim suv iste’mol qilish zarur. O’rtacha og’irligi esa 1 kilogramm. Asab tizimining miyaga beradigan signallarining tezligi soatiga 288 kilometrgacha boradi. Qarigan chog’ida esa bu tezlik atigi 15 % ga sekinlashadi, xolos.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə