Ijtimoiy fanlar fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


Xotirani rivojlantirishning mnemotexnik usullari tavsifi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə7/11
tarix27.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#113430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Safarmaxmudov Fazliddin 27

2.2. Xotirani rivojlantirishning mnemotexnik usullari tavsifi.
Mnemonika (yunoncha mnemonika — eslab qolish sanʼati) — sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil sunʼiy usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar. Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi. Umuman, mexanik ravishda yod olishga qaraganda maʼnosiga tushunib yod olish maʼqul va samarali usuldir.
Chap va o'ng. Chap qism asosan mantiqqa, o'ng qism emotsiyalarga javob beradi. Chap qism matnli xotira hisoblanadi: turli xil so'zlar, matnlar, raqamlar, faktlar, analizlar va h.k.
O'ng qism emotsional xotira hisoblanadi: beshta his tuyg'u - ko'rish, eshitish, hid bilish, sezish, ta'm bilish va taktil xotira. Chap qism 10% eslab qolish potensialiga ega. O'ng qism 90% ma'lumotni saqlab qolish potensialiga ega. Chunki, bir o'ylab ko'ring, siz tasavvurlar orqali o'ylaysizmi yoki miyangizda matnlar paydo bo'ladimi? Albatta tasavvurlar. Tasvvur - 80% eslab qolish kuchiga ega. Qolgan his-tuyg'ular qolgan l0% bo'lishib oladi. Nega yoshlikda bog'cha bolalarini xotirasi kuchli bo'ladi, deymiz? Chunki ular matnli xotiraga o'tishmagan, ular barcha axborot tasavvurda eslab qolishadi. Miyani o'rtasi, ya'ni bog'lab turuvchi torgina yo'lakcha Corpus callosum deb nomlanadi. Miyani ikki qismini bog'lash eng qiyin
ish. Agar ikki qismdan foydalanib eslab qolish ko'nikmasiga ega bo'lsak, biz istagan ma'lumotimizni 100% eslab qolishimiz mumkin. Biz hozir aynan o'sha uxlab chang bosib yotgan xotirani tiriltirishimiz kerak. Boshida qiyin bo'ladi albatta. Lekin har qanday inson uddalay oladi. Insonning o'ng qismini tiriltirish va xotirasini kuchaytirish uchun maxsus fan mavjud - Mnemonika fani. Bu sohani ko'pchilik biladi chamamda. Televizorlarda ikkita yigitlar chiqib o'z xotirasining kuchlarini ko'rsatadi, bu narsa hech kimga sir emas.Biz xotiramizni tiriltirish uchun bittagina mashqning o'zi yetarli.
Mnemonika tarixdan barchamizga ma'lum. O'z davrida Siseron
mnemonika haqida ko'piab ishlarni yozib qoldirib ketgan. Qadimgi
Yunonistonda Mnemonika Xudosi bo'lgan. U xotira mabudi bo'lgan va
shu sabab bu fanni uning nomiga atashgan.
Endilikda sizga vazifa. Xotirangizri sinab ko'ramiz. Quyidagi 20ta so' zni
yodlab, ketma-ket, bexato aytib ko'rishga harakat qiling.
l. Banan;
2. Ruchka;
3. O'rmon;
4. Mudatgich;
5. Gilam;
6. Oshpaz;
7. Osmon;
8. Yog';
9. Mashina;
10. Stadion;
11. Bodring;
12. Ayrq;
13. Bulut;
14. Qulupnay;
15. Kompyuter;
16. Non;
17. Maktab;
18. Televizor;
19. Piyoz;
20. O’rdak.
Ko'rib turibsiz, yodlab olish bilan bu ish juda qiyin. Ammo assotsiatsiyalar yordamida bularni yodlab olish juda oson. Shunchaki bitta so'zni keyingisiga ulab, hikoya tuzish kerak.
Miyamiz kichik-kichik neyronchalardan tashkil topgan. Ma'lumot
miyaga kelishi bilan neyronlar biri-biriga sinaps ya'ni bog'lovchilar orqali biri-biriga ma'lumotni uzatadi. Mnemonika aynan shunga asoslangan. Ya'ni birinchi axborotni ikkinchisi bilan bog'lash. Hozir sizga qanday bog'laganimni ko'rsatib beraman.
Banan ruchkada xat yozyapti, so'ng ruchka katta qilib ruchkani rasmini chizdi.
O'rmon ichi muzlatgichlarga to'la. Muzlatgichni ochyapmiz ichi muzlab qolgan gilamlarga to'la. Gilamlami qoqib tashlanganda, u yerdan juda ko'p oshpazlar yog'ilishni boshladi. Va birdan oshpazlar osmonga uchib chiqib ketib qoldi. So'ng osmonda ovqat pishirishgandi, yog'lar yerga tushib, mashinalarni bosib qola boshladi. So'ng mashinalar qayerga qochishini bilmay, stadionga yopirilib kirib keta boshlashdi. O'sha paytda stadionda bodringlar ayiqlarga qarshi futbol o'ynashayotgandi. Birdan ayiqlaming ostidan bulutlar paydo bo'lib osmonga uchirib keta boshlashdi. Ayiqlar u yerda qulupnay topib olib, qulupnay yeya boshlashdi. Qulupnaylar kompyuter o'ynab o'tirishgandi. Kompyuter ichida bo'lsa katta nonni rasmi bor edi. Birdan o'sha nonlami maktablarga tarqata boshlashdi. Maktablar televizorda ko'rsatiia boshlandi. Televizorni ko'rganlar, televizorga piyozlar ota boshlashdi. Piyoz televizorga tegishi bilan ichidan o'rdaklar otilib chiqa boshlashdi.
Ma'lumotlarni ulashni o'rgandik.
Muhim qoidalar:
1. Obrazlaringizni iloji boricha jonlantiring va kalla hajmlarda tasavvur qiling;
2. Obrazlar harakatga kelsin;
3. Assosiatsiyalar fantastik va kulguli bo'lsin.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə