Ijtimoiy tarmoq nima? Ijtimoiy tarmoq: Undan siz qanday foydalanasiz? Eng mashhur ijtimoiy platformalar


mlrd.dan ko'p foydalanuvchiga ega Weixin/Wechat (Xitoy) – 1,3 mlrd



Yüklə 215,25 Kb.
səhifə3/3
tarix27.04.2023
ölçüsü215,25 Kb.
#107225
1   2   3
INFORMATIKA MUSTAQIL ISH

WhatsApp – 2 mlrd.dan ko'p foydalanuvchiga ega

  • Weixin/Wechat (Xitoy) – 1,3 mlrd.ga yaqin foydalanuvchi

  • Facebook Messenger – 988 mln. foydalanuvchi

  • QQ – 574 mln. foydalanuvchi

  • Snapchat – 557 mln. foydalanuvchi

  • Telegram – 550 mln. foydalanuvchi

    eng ommabop messenjer WhatsApp keysida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin:

    • Messenjerdan bir kunda 100 milliarddan ortiq xabar yuboriladi;

    • Mobil` qurilmalar orqali bir kunda ilovadan o'rtacha 38 daqiqa davomida foydalaniladi;

    • 26-35 yosh atrofidagi foydalanuvchilarning ulushi 27 % ni tashkil etadi;

    • Foydalanuvchilarning 46,1 % qismi ayollarni tashkil etadi;

    O'zbekistonda eng ommabop messenjerlar ro'yxati quyidagicha:

    • Telegram – foydalanuvchilarning 80 % qismi

    • WhatsApp – foydalanuvchilarning 22 % qismi

    • Facebook Messenger – foydalanuvchilarning 6 % qismi

    Datareportal.com ma'lumotlariga ko'ra O'zbekiston aholisining qariyb 70 % qismi internet foydalanuvchisi hisoblanadi. Aholining 18,3 % qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi.
    Mamlakatimizda foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p Instagram ijtimoiy tarmog'idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 mln.dan ortiq hisoblanadi. Foydalanuvchilarning 34,4 % qismi ayollar. Foydalanuvchilarning asosiy qismi yoshlarni (18-35 yosh) tashkil etadi.
    O'zbekistonda ham milliy messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar yaratish borasida turli ishlar olib borilgan. Kun.uz'ga ko'ra 2016 yilda davra.uz milliy ijtimoiy tarmog'i yaratilgan hamda bugungi kundagi obunachilari soni 22,5 ming kishini tashkil etadi. 6 yillik bu ko'rsatkich tarmoqning ommalasha olmaganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari 2016 yilda «Uchar» deb nomlangan tarmoq ham paydo bo'lgan va ommalashmagan. Bundan tashqari 2018 yilda «UMS» MChJga tegishli UzChat messenjeri ishga tushirilgan, ammo ommalashmagan. 2011 yilda muloqot.uz messenjeri ham yaratilib, 2018 yilda to'xtatilgan. Yaratilgan milliy messenjerlarning ommalashmaslik sabablari sifatida asosan kiberxavfsizlik, ma'lumotlarning ishonchli saqlanishi hamda barqaror ishlash qobiliyati mavjud emasligini ko'rish mumkin. Ko'plab yaratilgan platformalar uy sharoitidagi yoki ofis serverlariga o'rnatilgan va foydalanuvchilar soni bir necha mingtaga etganida esa faoliyatida uzilishlar kuzatilgan. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar yaratishda mana shu omillarga alohida e'tibor berilmoqda.
    Mamlakatimizda jami 24,1 mln. nafar internet foydalanuvchilari mavjud. Ushbu raqamlar yiliga o'rtacha 1,4 % ga o'smoqda. Bundan tashqari aholining 28,5 % qismi 18-35 yosh oralig'ida bo'lib, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan messenjerlardan faol foydalanishadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimizda milliy messenjerlar tashkil qilish uchun mahalliy bozor imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, globallashuv jarayonlarida yoshlarimizning ma'naviy va ma'rifiy salohiyatini ijobiy shakllantirishda milliy brendimiz bilan yaratilgan messenjerlarning o'rni beqiyos. Xalqaro tendentsiyalar internet foydalanuvchilari orasida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan faol foydalanuvchilar soni kun sayin ko'payib borayotganini ko'rsatmoqda. Bunday sharoitda mamlakatimizda ham milliy qadriyatlarimizga mos, jahonning ilg'or texnologiyalari va tajribalaridan samarali foydalangan holda milliy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    O'zbekistonda milliy messenjer yaratilishi nafaqat qadriyatlar va milliy an'analarimiz nuqta'i-nazaridan, balki xalqaro maydonda kiber olamning salbiy ta'sirlaridan xalqimizni himoya qilish, inson uchun eng qimmatli bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarning saqlanishini kafolatlash, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya hamda Kanada kabi mamlakatlarning milliy messenjerlardan foydalanish tajribasini inobatga olib amalga oshirilishi zarur. Kompleks funktsiyalarga ega milliy messenjerlar yaratilishi orqali yildan-yilga oshib borayotgan o'zbek internet foydalanuvchilari kontingenti uchun qulay, foydali va xavfsiz platforma paydo bo'ladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    https://iiv.uz/news/ijtimoiy-tarmoq-undan-siz-qanday-foydalanasiz
    https://iiv.uz/news/ijtimoiy-tarmoq-undan-siz-qanday-foydalanasiz


    https://mininnovation.uz/ru/news/post-745
    Yüklə 215,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə