Ikromova feruzaning biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153735
1   2   3   4   5   6   7
IKROMOVA FERUZA FIZIOLOGIYA

faollashtirish nazariyasi
djems-lange va kennon-bardlarning 
psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional 
holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan 
belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. 
Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban 
faollik darajasining o‘zgarishidir. 
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, 
tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning 
orasida, birinchi navbatda, l. Festingerning 
kognitiv dissonans nazariyasi
ni 
ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi
dissonans
dir. Bu sub’ektning 
ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga 
keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional 
kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday 
ijobiy emotsional holat
konsonans
sifatida xarakterlanadi, salbiy hissiyotlar 
faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans 
bo‘lganida yuzaga keladi. 
S.shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan 
emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy 


o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv 
baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari 
va ehtiyojlari asosida shakllanadi. 
Kognitivistik nazariyalar qatoriga p.v. simonovning hissiyotlar 
axborot beruvchi 
konsepsiyasi
ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat 
individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini 
baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval 
orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun 
taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan 
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi 
quyidagi formulada aks etgan: h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va 
sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni 
qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli 
axborot. 
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar 
mavjud bo‘lmasa (e = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (h = 0); ehtiyoj 
sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda 
ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining 
sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar 
esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.p. 
pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, 
boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab 
turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni 
boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida 
sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar 
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari 
po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan 
tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi 


mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, 
ba’zan xursandchilik sezadilar. 
Inson hissiyotli kechinmalarida 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə