Ikromova feruzaning biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta


intellektuallashtirish nuqtai nazari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153735
1   2   3   4   5   6   7
IKROMOVA FERUZA FIZIOLOGIYA

intellektuallashtirish nuqtai nazari
dir. 
Tasavvur
fundamental psixologik 
dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida 
o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan 
ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning 
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,
hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi 
sub’ektiv
, ya’ni, hissiyotlarning psixik 
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum 
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
1872 yilda ch. Darvin «inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini 
chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar 
mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi 
ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu 
kuzatishlardan olingan ma’lumotlar 
evolyusion ta’limot
nomini olgan hissiyotlar 
nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar 
evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari 
va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida 
yuzaga keldi. 
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning «hissiyot nima?» 
maqolasining chop etilishidan boshlanadi. 
U. Djeyms 
va undan mustaqil ravishda
g. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning 
paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar 
sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, 


«yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz 
uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-
atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa 
hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi. 
Lekin djems-lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va 
emotsional jarayonlarning nisbatiga u.kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning 
aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har 
doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, p.bardning 
ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli 
kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha 
qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va 
limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi. 
Lindsey-xebbning 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə