Ikromova feruzaning biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153735
1   2   3   4   5   6   7
IKROMOVA FERUZA FIZIOLOGIYA

ikkinchi signal tizimi
katta ahamiyatga ega, chunki 
kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar 
orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, 
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy 
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi. 
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 1) 
sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va 
xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan 
hissiyotli 
reaksiyalar: 
salbiy 
hissiyotda 
atrofdagi 
voqealarga 
nisbatan 
munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan 
harakatlarga moyillik. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan 
yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar 
hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy 
material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, 
hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson 
qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo 
bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari 
ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari
yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil 
etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan 
hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati 
turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar 
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. 


Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning nimani 
yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi va 
qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, 
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va 
bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.l. rubinshteynning yozishicha, 
shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga 
munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning 
kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi. 
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, 
bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson 
emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy 
boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak 
ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin 
kiritilishi bilan bog‘liq. 
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. Lekin 
bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga 
nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda 
yo‘naltirishdir. 
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish 
bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish 
malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p 
hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, 
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish 
lozim. 
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob 
reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik 
tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson 
hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni 


aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub’ektiv tusga 
ega bo‘lgan iski va tashqi seskantiruvchilarning ta’siriga nisbatan inson va 
hayvonlar javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli 
belgisi ularning sub’ektivligidir. Hissiyotlar evolyusiyaning moslashuvchi 
«mahsuloti» sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik 
jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi 
bilan bog‘liq. Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‘ladi. 
Hissiyotlar – organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini 
bevosita baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‘rnidagi hissiyotlar harakatga 
yo‘naltiriladi. Ko‘plab hissiyotli ifodalarda boshlang‘ich hissiyotlarning to‘rt xili: 
shodlik (zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki 
qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham 
mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional 
kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – 
paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya 
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan 
bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. 
Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq 
bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa 
ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi
ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar 
ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va 
yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga 
nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy 
rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar. 
2


Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati 
tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda 
murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning 
o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni 
inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo 
bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni 
qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. 
Ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga 
oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga 
sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), 
jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), 
anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, 
organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi. 
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar 
ta’sirida sodir bo’ladi. Tashqi omillarga insonni o’rab turgan tabiiy va ijtimoiy 
muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo’yicha maqsadga 
yo’naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar kiradi. 
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda 
insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat 
dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning 
ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. 
Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis 
tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni 
boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat 
bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. 
Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan 
qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra 


qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining 
namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq.Hozirgi paytda 
bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib 
tug‘ilayogan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi 
va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning 
yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga 
erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar 
shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida 
jiddiy 
muammolarga 
duch 
kelishadi. 
Bu 
esa 
ularning 
jamiyatga 
integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan 
ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan 
aloqa qilish kanallarini ochishdir. 
Inson bo’lib yеtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o’zi kifoya emas. Inson 
faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o’zaro 
ta’sirda shaxs bo’lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, 
psixik rivojlanishi sodir bo’la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni 
inson bolasi hayvonlar orasida o’sgani yanada mustahkamlaydi. Ijtimoiylashuv 
insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa 
bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan 
bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. 
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola 
asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada 
rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim 
muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar 
maskanlarda kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib 
boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira 
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni 
yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga 
urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit 


bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni 
uchun muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə