Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: jumaboyeva ch


 Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix01.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#107886
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-G Fizika Jumaboyeva Ch

2.4. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar va ularni kamaytirish 
yo‘llari 
Biz yuqorida, optik o‘qqa parallel nurlar hosil qilgan tasvirda kuzatiladigan 
aberratsiyalar bilan tanishib chiqdik. Bu tasvir optik o‘qda yotadi. Ob’ektivga uning 
optik o‘qiga qiyshiq tushayotgan parallel nurlar hosil qiladigan tasvir optik o‘qdan 
chetda hosil bo‘ladi va bunday tasvirda o‘qdan tashqi aberratsiyalar kuzatiladi. Bular 
koma, astigmatizm, ko‘rish maydonining egrilanishi va distorsiyadir.


a) Koma. 
Yulduzdan kelayotgan va teleskopning optik o‘qiga 

burchak ostida 
tushayotgan parallel nurlari dastasi hosil qilgan yulduz tasviri bu aberratsiya tufayli 
o‘qqa nisbatan radial yo‘nalishda cho‘ziladi yoki tasvirda radial yo‘nalishda 
«o‘simta» paydo bo‘ladi (7-rasmga qarang). Tasvirning cho‘zilish miqdori tushish 
burchagiga 

hamda ob’ektiv zonalari radiusi kvadratiga proporsional bo‘ladi. 
Ob’ektivning chetki zonalaridan o‘tgan nurlar uning markazidan o‘tgan (paraksial) 
nurlarga nisbatan radial yo‘nalishda cho‘zilgan tasvirlar hosil qiladi. Koma 
ob’ektivning yorug‘lik kuchi (A) kvadratiga proporsional va yorug‘lik kuchi kam 
ob’ektivlarda u tasvirni ko‘p buzmaydi. 
Refraktorlarda bir-biridan ma’lum masofaga uzoqlashtirilgan ikki linzali 
tizmlar yordamida xromatik, sferik aberratsiyalar va koma bartaraf etiladi va bunday 
ob’ektiv 
aplanat
deb ataladi [10].
Parabolik ko‘zgularda koma kuchli bo‘ladi va u teleskopning fokal tekisligi 
yaqiniga o‘rnatilgan linza (afokal sistema) lar yordamida bartaraf etiladi. Ikki 
ko‘zguli teleskopik tizimlarda (Kassegren, Richi-Kreten) bosh ko‘zguning komasi 
maxsus hisoblashlar yo‘li bilan tanlangan ikkinchi ko‘zgu (u odatda, do‘ng 
giperbolik sirtga ega) bilan bartaraf etiladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə