Individ shaxs individuallik tushunchalari shaxsning malaka va odatlari. Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari. Reja



Yüklə 78,45 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü78,45 Kb.
#163443
1   2   3
Individ shaxs individuallik tushunchalari.shaxsning malaka va odatlari . Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari.

Shaxsning malaka va odatlari.
Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq , ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”,
L. L. Bojovich esa “Odam o`zining anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “Men” degan tushuncha paydo bo`ladi”, deb ta`kidlaydilar. A.N. Leont’evning “Faoliyat. Ong. Shaxs” degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar bor: “Bu oliy olam birligi, hayotda doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko`z o`ngida va o`zining ko`z o`ngida qoladi.”
SHaxs muammosi dolzarb muammo bo‘lganligi uchun uning mazmun va mohiyatini yanada chuqurroq tadqiq etishga qiziqish olimlar o‘rtasida, ayniqsa XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida bir muncha jonlandi. Natijada inson shaxsi bilan bog‘liq falsafiy oqimlar vujudga kela boshladi. Ana shunday yo‘nalishlardan biri personalizmdir. Personalizm – lotincha personium – shaxs so‘zidan olingan bo‘lib, shaxsni birlamchi ijodiy reallik va oliy ma’naviy qadriyat deb talqin qilina boshlandi. Personalizm tarafdorlari olamning mavjudligini oliy yaratuvchi kuch-xudo ijodiy faoliyatining namoyon bo‘lishi deb tushuntiradilar. Personalizm XIX asrning oxirlarida Rossiya va AQSHda shakllandi, keyinchalik XX asrning 30-yillarida Fransiya va boshqa mamlakatlarda yoyila boshladi. Rossiyada personalizm g‘oyalarini N.A.Berdyaev, Amerika personalizmi asoschilari B.Baun, J.Gaye va ularning izdoshlari U.Xaying, E.Braytmen, J.Junson edilar254.Yevropa personalistik olimlarining g‘oyalari diniy ta’limot (asosan xristianlikning katolik yo‘nalishi) bilan qorishilganligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular fikricha, shaxs mavjudotning eng oliy cho‘qqisi, olam esa o‘sha oliy qadriyat-shaxsning ijodiy faoliyati tufayli o‘zgarib turadi, degan nazariyaga asoslanadi. SHu boisdan, bu olimlarning personalizm ta’limotining asosini shaxsning iroda erkinligi tashkil qiladi. Personalizm nuqtai-nazaridan ijtimoiy taraqqiyot muammolarining hal etilishi hamma vaqt shaxsga bog‘liq bo‘ladi. N.Berdyaevning fikricha, bu erda muammo inson shaxsiga jamiyat va davlat tomonidan belgilangan erkinlik haqida emas, balki cheksiz huquqqa ega bo‘lgan davlat va jamiyatning ta’siridan holi bo‘lgan shaxs erkinligini qaror toptirish haqida fikr yuritilmoqda255.SHaxsda ana shunday erkinlik bo‘lganida o‘z irodasini xohlagan tomonga yo‘naltirish, axloqiy qadriyatlarni tanlash erkinligiga ega bo‘ladi.Fransuz katolik personalizmining yirik vakillaridan E.Mune xristianlikning shaxs haqidagi ta’limotini yuqori baholab, bu insoniyat hayotidagi eng katta o‘zgarishga sabab bo‘ldi, deydi. CHunki xristianlik ta’sirida bo‘lgan jamiyat xristianlik jamoasi kabi shakllangan bo‘lishi mumkin. Personalistlar insonni real dunyo, konkret hayotiy sharoit (oila, sinf, millat, vatan, davr) bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor beradilar. Mana shu konkret sharoitlarda shaxsning shakllanishi jarayoni yuz beradi. SHaxs personalizatsiyalanishi darajasi-uning erkinligi bilan belgilanadi. Erkinlik-shaxsiy borliq chegarasini yorib chiqish ma’nosida tushuniladi. Erkinlikdagi asosiy narsa esa tanlov, deb ko‘rsatiladi.Munening fikricha, shaxs-o‘z qobig‘ida o‘ralashib qolmagan-bir narsadir. Insonning mohiyati-uning olam bilan, boshqa kishilar bilan doimiy aloqasidadir. Bunday aloqani personalistlar singib ketish deb ta’riflaydilar. Singib ketish-shaxsning o‘zini namoyon qilishi va rivojlanganligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan faol harakatdir. Inson mana shu singib ketish tufayligina mavjud bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.

Yüklə 78,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə