Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə73/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

5. Bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari
Bitiruv malakaviy ishni asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

  • mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;

  • kо‘rilayotgan masala bо‘yicha mahalliy va xorijiy manba va maxsus adabiyotlardan tо‘la foylanilganligi;

  • tadqiqot obyekti bо‘yicha daliliy ma’lumotlarni tо‘liq va sifatli tо‘planganligi;

  • qо‘yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning tasdiqlanganligi;

  • olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;

  • xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;

  • materialni aniq va tо‘g‘ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli rasmiylashtirilganligi, mazkur «Metodik qо‘llanma» talablari hisobga olinganligi;

  • bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy masalalar bо‘yicha munozara yurita olinganligi, DAK a’zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning tо‘g‘ri va chuqur ifodalanganligi.

Agar ish mavzui ilmiy asoslanib, о‘zida nazariy, uslubiy yoki amaliy qiziqishni uyg‘ota olsa, qо‘yilgan masalani hal qilishda muallif tomonidan maqbul tahlil qilish usullari, zamonaviy metod va vositalarni qо‘llash mumkinligi tasdiqlansa, shuningdek, u kasb-hunar ta’limining ilmiy-nazariy, uslubiy yoki amaliy masalalariga yordam bersagina, bitiruv malakaviy ish «a’lo» bahoga loyiq deb topiladi. «A’lo» baxolangan ishning tarkibiy tuzilishi aniq, mantikan tо‘g‘ri va qо‘yilgan maqsadga muvofiq bо‘lishi lozim. Xulosa qismda aniq, qо‘yilgan masalani xal qilishda xissa qо‘shadigan har tomonlama asoslangan xulosalar keltirilishi lozim. Chunki bu uning kelajakdagi istiqbolini belgilaydi.
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining о‘xshash
hamda farqli jihatlari
Bitiruv malakaviy ishining kurs ishidan katta farqi (tajriba-sinov ishlarini о‘tkazish imkoniyati va zarurati mavjud bо‘lsa) pedagogik tajribaning tashkil etilishidadir. Kurs ishini bajarish uchun talaba ta’kidlovchi tajriba bilan kifoyalanishi mumkin. Buning uchun u о‘quvchilar bilan savol-javob (sо‘rovnoma, intervyu, suhbat va boshqalarni) о‘tkazadi.
Bitiruv malakaviy ishida ta’kidlovchi tajriba ishi doim ham yetarli bо‘lmaydi. Kо‘pincha shakllantiruvchi tajriba о‘tkaziladi. Uning mohiyati shundaki, hodisa va jarayonlar qat’iy nazorat qilish va boshqarish sharoitida о‘rganiladi. Istalgan tajribaning asosiy tamoyili tadqiq qilinayotgan jarayonlarning har birida boshqa omillar о‘zgarishsiz qolgani holda birgina omilni о‘zgartirishdan iborat.
Tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:

  1. Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash.

  2. Tajriba dasturini ishlab chiqish.

  3. Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish.

  4. Tajribani о‘tkazish.

  5. Natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.

  6. Natijalarni umumlashtirish, izohlash, xulosalarni yozish.

Malakaviy bitiruv ishini tayyorlash yuzasidan talabaga beriladigan topshiriqlar mavzu asosnomasi kо‘rinishida umumiy yoki quyidagi namunaga о‘xshash keng yoritilgan bо‘lishi mumkin.
Matematikani о‘qitishda modulli tizimning psixologik-pedagogik asoslari”ni ishlab chiqishda talaba dastlab kasb-hunar kollejlari о‘quv dasturlari mazmunini modul tizimda shakllantirishning metodologik asoslarini yoritishi talab etiladi. YA’ni, bunda modulli ta’limning yaratilish tarixi va uning umumiy tavsifi tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tishi lozim. Sо‘ngra modulli yondashuv ta’lim jarayonini loyihalashtirish sifatida, modullar va modulli dasturlarni loyihalashtirish talablari kabi masalalar ham bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida yoritiladi.
Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida esa belgilangan fanning modulli tizim asosida о‘qitish metodikasi ishlab chiqiladi. YA’ni, bunda fan mazmuniga modulli texnologiyani singdirish yо‘llarini belgilab, modulli yondashuv asosida о‘quv mashg‘ulotlari loyihasini ishlab chiqadi.
Biror bir fanni modulli tizim asosida о‘qitishning psixologik-pedagogik asoslarini ishlab chiqish uchun, avvalo, bunda dastlab о‘quv dasturlari mazmunini modul tizimda shakllantirish taqozo etiladi. Shu sababdan bu о‘rinda talaba bitiruv oldi amaliyoti davomida tanishib chiqqan materiallar asosida о‘quv-meyoriy hujjatlarni tahlil etib о‘rganishi talab qilinadi. Dastlab, u о‘quv reja va fan dasturlarining о‘zaro mutanosibligini belgilaydi. Sо‘ngra о‘rganilayotgan fan kasb-hunar kollejining qaysi ta’limi yо‘nalishi kichik mutaxassislar tayyorlov kursining nechanchi kursida va qaysi semestrlarda jami necha soat hajmida о‘qitilishi mо‘ljallanganligini aniqlaydi. Belgilangan umumiy soatdan necha soati auditoriya mashg‘ulotlariga va necha soat mustaqil ta’lim uchun ajratilganligini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida mazkur о‘quv-meyoriy hujjatlarda uchragan kamchiliklar tо‘g‘risida tо‘xtaladi va fan mazmuniga modulli texnologiyani singdirishda davlat va jamiyat talablari asosida zamonaviy kasb-hunar ta’limi uchun о‘zining tavsiya etmoqchi bо‘lgan takomillashgan optimal variantlarini taqdim etadi.
Sо‘ngra fan mazmunini yirik modullar asosida ajratib chiqadi. Aniqlangan har bir yirik modulning mazmuni alohida kichik modullarga ajratiladi va ularni о‘qitish uchun belgilangan umumiy soat hajmi belgilanadi. Kichik modullar mazmuni esa, albatta, 2 soatlik о‘quv mashg‘uloti hajmidagi kо‘lamda bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Keyin har bir kichik modulni о‘qitish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Buning uchun avvalo, modulning о‘quv maqsadi belgilab olinib, sо‘ngra butun dars davomida kutiladigan natija oldindan aniqlanadi.
Barcha modullar muayyan tuzilma asosida kо‘riladi. Jumladan:

  1. modul bо‘yicha tayanch savollar tuziladi;

  2. modulning о‘rganilish jarayoni tugallangandan sо‘ng 3 xil kо‘rinishda (bilib oladi, tushunib yetadi, bajara oladi kabi sо‘zlar orqali) shakllanadigan kutiladigan natijalar aniqlab olinadi;

  3. modul mazmun mag‘zini ifodalovchi belgilar va uning asosiy g‘oyalarini chizma shaklda tasvirlaydigan chizma kо‘rinishdagi topshiriqlari tuzilmasi tadqiq qilinadi;

  4. topshiriqlar bо‘yicha taqdimotlar namoyishi yaratiladi;

  5. о‘z-о‘zini nazorat qilish uchun beriladigan savol va topshiriqlar bо‘yicha ma’lumotlar beruvchi va nazariy materiallar tо‘planadi;

  6. modulni о‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan interfaol metodlarning izchilligi bо‘yicha uslubiy qism ishlab chiqiladi;

  7. о‘z-о‘zini nazorat qilish uchun test topshiriqlari tuziladi;

  8. modulda foydalaniladigan tushuncha va atamalar lug‘ati keltiriladi;

  9. foydalaniladigan adabiyotlar rо‘yxati beriladi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə