International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 427,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü427,11 Kb.
#142317
1   2   3   4
shaxsda-suitsidal-xulq-atvor-shakllanishning-ijtimoiypsixologik-jihatlari

2
.
Psixologik omil
. N.A.Berdyaev yozganidek: «O’z joniga qasd qilish 
psixologik hodisadir va uni tushunish uchun o’z hayotini tugatishga qaror qilgan 
insonning ruhiy holatini tushunish lozim. O’z joniga qasd qilish hayotning maxsus, 
o’ziga xos daqiqasida, qora to’lqinlar ko’ngilni qamrab olgan, umid uchqunlari 
so’nggan paytida sodir etiladi. O’z joniga qasd qilish psixologiyasi eng avvalo, 
chorasizlik psixologiyasidir». 
Ommaviy madaniyat apparati orqali jamiyat doimiy ravishda qandaydir 
hayotiy muvaffaqiyat standartlarini qabul qildirishga o’rinadi va unga mos kelmaslik 
fojia sifatida idrok etiladi[2]. 
3.
 
Ijtimoiy omil
.
Texnik inqilob va urbanizatsiya oqibatida 
o’tgan asrning patriarxal dunyosi vayron bo’ldi. Inson o’zini o’rab 
turgan hayotiy kenglik ustidan bevosita nazoratni yo’qotib, shaxs 


International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-197-200 
 
 
 
 
 
198
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
va jamiyat o’zaro munosabatlari ko’lami ham buzildi. Har qanday ijtimoiy larza, 
ijtimoiy mavqening ommaviy o’zgarishi o’z joniga qasd qilishlarning ko’payishiga 
olib keldi. 
Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o’z joniga qasd qilish holatlari 
tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan. 
SHunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki o’zini o’zi hayotdan mahrum 
qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv ustivorligini yo’qotib, nazorat 
predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi. 
Suitsid fenomenini ko’pincha psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan 
bog’laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o’ta zarur ehtiyojlarni 
qondirish yo’lidagi to’siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan emotsional 
holat sifatida tushuniladi ya’ni, ular shunday to’siqlarki, odam uni o’zining oldingi 
hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf eta olmaydi[3]. 
Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan 
xavf ta’siri (inson psixikasiga) ostida yuzaga keladigan emotsional turg’unlikning 
ichki buzilishi sifatida ko’riladi. 
Adabiyotlarda ko’pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, 
«autatravmatizm» (o’ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti – harakat» terminlari 
ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o’z joniga qasd qilish 
bo’lsa, uni suitsidal xatti – harakatlarga bog’lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa 
xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o’ziga zarar yetkazish bilan bog’liq xulq – 
atvor) «o’zini – o’zi yo’q qilish» xulq – atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik 
– ruhiy – og’riq, og’ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko’ngil 
og’rig’iga chiday olmaslik, uni har qanday yo’l bilan to’xtatishga olib keladi, 
inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o’rinish o’z muammolaridan qutilish va 
uni hal etish usulidek qabul qilinadi. 
Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional 
kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o’ziga xos 
fikr-mulohazalarni ilgari suradilar (K.Rodjers va boshqalar). 
Karl Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo’nalishi (g’oyasi) atrof 
muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning 
dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to’zilishi rigid 
bo’lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq 
kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan 
olmasa, go’yoki o’zini qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan 
tajriba «Men»dan o’zoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo’qotiladi. 



Yüklə 427,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə