“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talabasi


Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish



Yüklə 78,63 Kb.
səhifə5/9
tarix13.09.2023
ölçüsü78,63 Kb.
#121773
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talab-fayllar.org

3 Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish
Mehnatni moddiy rag’batlantirish tizimida hamda ish haqining mehnat rag’batlantirishga ta’sir ko’rsatish mexanizmida, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ish haqi tizimi eng asosiy va eng muhim o’ringa ega.
Tashkilot (korxona)larda ish haqi tizimini tashkil etish ish haqi miqdorini tabaqalashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, personalni samarali mehnat qilishga rag’batlantirishi ijtimoiy nuqtai nazardan asoslangan bo’lishi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy jihatdan maqbul, ish haqi harajatlari samarali boshqarilishini ko’zda tutishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida kichik biznes va xususiy korxonalar egalari va personali manfaatlarining barcha huquqiy kafolatlari mavjuddir. Xususan, “Korxonalar to’g’risida”gi Qonun 19-moddasi 3-bandida “Mehnatga haq to’lashning shakllari, sistemalari va miqdorini, shuningdek, xodimlar daromadlarining boshqa turlarini korxona mustaqil belgilaydi”, deb ko’rsatilgan. Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to’g’risida”gi Qonuni 19-moddasida ham “Xususiy korxona o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar to’lashning shakllari, tizimi hamda miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil belgilaydi”,1deb qayd etiladi.
Korxonada eng ko’p tarqalgan ish haqi tizimi – oddiy vaqtbay to’lovdir. Ish haqining bu shakli tashkilot muhandis va xizmatchilariga ham, ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarga ham, yordamchi va xo’jalik ishlariga jalb qilinganlarga ham bir xil ravishda qo’llaniladi.
Ish haqining vaqtbay-mukofotli tizimi kamdan-kam hollarda, asosan mehnat bozorida talab katta bo’lgan mutaxassislar - muhandislar, texnologlar, yuqori malakali iqtisodchilar, buxgalterlarga nisbatan qo’llaniladi. Ish haqi ishbay tizimi turli ko’rinishlari (jamoaviy ishbay, ishbay-mukofotli) kichik biznes va xususiy korxonalarda juda kamdan-kam qo’llaniladi2.
Korxonada iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan ish haqining eng maqbul shakl va tizimlarini tanlashning afzalliklari ko’p. U eng avvalo, tashkilot personalining mehnat samardorligini yuksaltirishdan manfaatdorligini kuchaytiradi, demak mehnatni moddiy rag’batlantirishni oshiribgina qolmasdan, tashkilotning raqobatbardoshligini ham kuchaytiradi.
Korxonada ish haqi shakl va tizimlarini to’g’ri tanlash uchun ilmiy asoslangan mezonlar mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli mazkur kurs ishida mazkur mezonlarni shakllantirish va ularni asoslab berishga harakat qilindi. Ish haqining mehnat motivatsiyasiga ta’sirini oshirish maqsadida biz tashkilot (korxona)larda ish haqi shakl va tizimlarini tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilishni tavsiya etamiz:
1. Personalning mehnat sarfi yoki shaxsiy mehnat natijalarini hisobga olish. Ish haqi har qanday tizimi asosida personalning mehnat sarfi yoki shaxsiy mehnat natijalarini hisobga olish yotadi. Shuning uchun viloyatda har bir tuman va shahar tashkilot (korxona) personalining shaxsiy natijalari ular ish bajargan vaqt miqdorini hisobga olish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Korxonada ish haqi shakllari (ular asosida esa ish haqi tizimlari)ni qator shartlarga rioya etgan holda tanlash maqsadga muvofiqdir. Ish haqining vaqtbay va ishbay shakllarini personalning mehnatga qiziqtirish bilan bog’liq holda tanlash shartlari 1-jadvalda aks etgan.

Yüklə 78,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə