“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talabasi


Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish



Yüklə 78,63 Kb.
səhifə8/9
tarix13.09.2023
ölçüsü78,63 Kb.
#121773
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talab-fayllar.org

5 Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish
«Otabek kredit group» MCHJ korxonasi marketing faoliyati tahlili
Men amaliyot obyektim bo`lgan «Otabek kredit group» MCHJ korxonasini o`rganish natijasida «Otabek kredit group» MCHJ da marketingdan umuman foydalanilmaydi degan fikrga keldim. Sababi bozor o`rganilmayapti, bozordagi talab va taklif muvozanati kuzatilmayapti. Tovarni reklama qillishning faqat an`anaviy usuli: reklama bannerlaridan foydalanilyapti. Hozirda barcha ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlari online tendrlar, internet auksion va veb-saytlar orqali sotayotgan bir vaqtda «Otabek kredit group» MCHJning haligacha an`anaviy usuldan foydalanishi achinarli holat deb hisoblayman. Shu sababli «Otabek kredit group» MCHJ korxonasiga marketolog xizmatidan foydalanishni taklif berdim. Tajribali marketolog «Otabek kredit group» MCHJda ish borayotgan sohani, sotish yo`nalishlari, «Otabek kredit group» MCHJ marketing imkoniyatlarini o`rgangan holatda kerakli xulosa va takliflarni beradi deb hisoblayman. Chunki hozirgi kunda marketingdan foydalanmay turib ishlab chiqarish va sotishni tashkil qilishning imkoni yo`q.
Hozirda marketing turlari juda ko`p. Misol uchun iste`mol marketing, ishlab chiqarish marketingi va hokazo. Lekin meni fikrimcha, hozirda marketingning eng asosiy va ommalashgan turi bu raqamli marketing.
Raqamli marketing - bu iste'molchilarga erishish uchun Internet, mobil qurilmalar, ijtimoiy media, qidiruv tizimlari va boshqa kanallardan foydalanish. Ba'zi bir marketing mutaxassislari raqamli marketingni mijozlarga yangi yondashuv va an'anaviy marketing bilan taqqoslaganda, o'zini tutishning yangi usullarini talab qiladigan mutlaqo yangi harakat deb bilishadi. Raqamli marketing mijozlar bazasining ma'lum bir segmentiga yo'naltirilgan va interaktivdir. Raqamli marketing o'sib bormoqda va qidiruv natijalari reklamalari, elektron pochta reklamalari va reklama qilingan tvitlarni o'z ichiga oladi - marketingni mijozlarning fikr-mulohazalari yoki kompaniya va mijoz o'rtasidagi o'zaro aloqani o'z ichiga oladigan har qanday narsa.
Internet-marketing raqamli marketingdan farq qiladi. Internet marketing - bu faqat Internetda reklama qilinadigan reklama, ammo raqamli marketing mobil qurilmalar, metro platformasi, video o'yinlar yoki smartfonlar ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
«Otabek kredit group» MCHJ korxonasida marketingni, xususan raqamli marketingni rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni berdim.
Marketolog xizmatidan foydalanish
Facebook va Telegramda o`z kanalini ochish, qiligan ishlar, xizmatlar turlari va narhlari haqida ma`lumot berib borish.
Raqamli marketing
“Otabek kredit group” MCHJ korxonasida raqamli iqtisodiyot na`munalaridan yaxshi foydalanib kelinadi masalan ishchilarga oylik ta`yinlash va jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig`ini undirishda foydalaniladigan “UzASBO” elektron dasturiy taminotidan foydalanishga o`tilganlini misol qilib olishimiz mumkin. Shuning korxonada hozirgi kunda butun dunyo hamda yurtimiz keng qo`llanayotgan “1 C” elektron dasturidan ham foydalaniladi. Ushbu dastur buxgalterlar uchun asosiy ko`makchi vazifalarini bajarishi ta`kidlab o`tishdi. Raqamli iqtisodiyotning ustunlik jihatlari xaqida tushintirishlar berishdi.
“UzASBO’’ dasturiy majmuasi - buxgalterlarning eng yaqin ko‘makchisi.
Bugun kundalik hayotimizni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu jumladan buxgalteriya sohasini ham. 2012 yildan byudjet tashkilotlariga foydalanish uchun bepul asosda taqdim etilgan “UzASBO’’ Ish haqi dasturiy majmuasi esa bu borada buxgalterlarga bugungi kunga kelib eng yaqin ko‘makchi vazifasini o‘tayapti. Dasturiy majmuaning Web-texnologiyaga asosan ishlab chiqilganligi bir tarafdan banklar, moliya organlari bilan elektron tarzda ma‘lumot almashinish imkoniyatini yaratsa, yana bir tarafdan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham markazlashgan tarzda qisqa vaqtda to‘g‘rilanishiga sabab bo‘lmoqda. Buni quyidagi misollardan ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-2270-son Qaroriga asosan 2015 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘ini hisoblashda 4 pog‘onali (2014 yilda 3 pog‘onali bo‘lgan) soliq stavkalarini qo‘llash tartibi joriy etildi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Moliya
Vazirligiga o‘zgartirish kiritilib, jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘ining hisoblanishi unda belgilangan tartibga moslashtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish qa qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-379 son
Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 308-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, yagona ijtimoiy to‘lov 2015 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy yurisdiktsiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari shuningdek prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlariga nisbatan hisoblanmasligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 apreldagi "Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida"gi 90-son Qaroriga muvofiq Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobi bo‘yicha soliq hisobotining.
"Har bir jismoniy shaxs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari summalari to‘g‘risida ma‘lumot" deb nomlangan 4-ilovasini 2015 yilning birinchi yarim yilligidan - Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha;
2016 yilning birinchi choragidan - O‘zbekiston Respublikasining qolgan barcha hududlari bo‘yicha taqdim etilishi belgilangan edi.
Shundan kelib chiqib, “UzASBO’’ Ish haqi Moliya Vazirligiga yangi qism qo‘shilib, mazkur hisobot turi bo‘yicha ma‘lumotlarni shakllantirish imkoniyati yaratildi. Kelgusida esa hisobotni bevosita Moliya Vazirligining o‘zidan elektron shaklda soliq organlariga taqdim etish rejalashtirilgan edi.
Hozirda byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha harajatlarga naqd pul olishga so’rovnomalar – g’aznachilik organlariga, jamg’arib boriladigan pensiya badallari bo’yicha xodimlar reystiri –Xalq banki filiallariga, plastik vedomstlar ro’yxati esa Ipoteka bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Qishloq qurilishbank O’zsanoat qurilishbank, Asaka bank, Turonbank, Xalq banki va Ipak yo’li banklariga elektron ko’rinishda yuborilmoqda.
An’anaviy marketing elementlari asosida tahlil yo’nalishlari va usullari


Tahlil yo'nalishlari

Tahlil obyektlari


Tahlil usullari


1

Bozor tahlili

· bozor istiqbollari, bozorning jozibadorligi;


· bozor imkoniyatlarini baholash;
· bozor mahsulotlari tarkibini o’rganish;
· bozorning asosiy ishtirokchilarini umumiy tahlil qilish;
· bozorda talab va taklifni baholash;
· bozorni rivojlantirish modelini yaratish va sotishni bashorat qilish.

· GE matritsasi;


· imkoniyatlarni prognozlash usuli;
· “Delphi” ekspert xulosa usuli;
· qiyoslash tahlili;
· statistik tahlil usullari;
· SWOT tahlili;
· PEST tahlili;
· talabni bashorat qilish usuli;
· moslashuvchan segmentatsiya usuli;

2

Raqobatchining tahlili

· bozor liderlarini aniqlash;


· raqobatchilarning afzalliklari va kamchiliklarini o’rganish;
· marketing kompleksi va raqobatchilarning biznes jarayonlarini qiyosiy tahlil qilish;
· sohaning iqtisodiy yetakchilarini aniqlash (bozor hajmi va o’sishi, sohadagi rentabellik, raqobatchilar va iste’molchilar soni, bozorga kirish qulayligi)

· Porter matritsasi;


· strategik guruhlar xaritasini tuzish;
· benchmarking;
· raqobatchilarni tekshirish tahlili;
· qiyoslash baholari usuli;
· asosiy raqobatchilarning SWOT tahlili;
· tovarlar va korxonalarning raqobatbardoshlik omillarini tahlil qilish.

3

Mahsulot siyosatining tahlili

· umumiy savdo dinamikasi;


· mahsulot turlarini o’rganish;
· tovar hayotiylik davri bosqichini aniqlash;
· mahsulot yoki xizmatni pozitsiyalash;
· raqobatchilar orasida tovar imidjini o’rganish;
· brend bozori bo’yicha tadqiqotlar;
· mijozlarning ehtiyojlari va sadoqati.

· BCG matritsasi;


· ABC tahlili;
· XYZ tahlili;
· pozitsiyani aniqlash xaritasini tuzish;
· xoll-test;
· bepul uyushma usuli;
· iste’molchilar o’rtasida so’rov o’tkazish;
· Brand Strength usuli.

4

Narx siyosatining tahlili

· bozor turlarini tahlil qilish;


· bozorda narxlar darajasini baholash;
· narx elastikligini o’lchash;
· taklif etilgan narxdan qoniqish tahlili.

· o’rtacha narxni hisoblash usullari;


· Egiluvchanlik usullari;
· so’rovnoma;
· intervyu.

5

Savdo siyosatining tahlili

· bozorni tahlil qilish;


· yetkazib beruvchini tahlil qilish;
· transport siyosati tahlili.

· bozor segmentatsiyasi;


· yetkazib beruvchilarning qiyosiy tahlili;
· ombor va transport xarajatlarini optimallashtirishda matematik va statistik usullari.

6

Kommunikatsiya siyosati tahlili

· reklama kompaniyalari samaradorligi;


· marketing tajribalarini o’tkazish (mahsulotni sinovdan o’tkazish, reklama g’oyalari va shakllari).

· aloqa xarajatlari va foyda nisbati tahlili;


· sinov xaridlari;
· xoll-test;
· so’rovnoma.

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’limotlar shuni anglatadiki, an’anaviy marketing elementlari va umumiy jihatlarini tahlil usullari orqali tahlil qilish muhim amaliy jihat hisoblanadi. Bugunjgi kunda an’anaviy marketingdan ko’ra zamonaviy marketing tushunchasi tobora kengayib bormoqda. Zamonaviy marketing aspektlari endilikda iste’molchi va uning ehtiyojlarini o’rganishga qaratilmoqda.


Marketingning zamonaviy nazariyasini hisobga olgan holda tahlil yo’nalishlari va usullari


Tahlil yo’nalishlari

Tahlil obyektlari


Tahlil usullari


1

Bozor tahlili

· istiqbollar, bozorning jozibadorligi;


· bozor imkoniyatlarini baholash;
· bozor mahsulotlari tarkibini o’rganish;
· bozorning asosiy ishtirokchilarini umumiy tahlil qilish;
· bozorda talab va taklifni baholash;
· bozorda bo’laklarni ajratish va ajratish;
· bozorni rivojlantirish modelini yaratish va sotishni bashorat qilish.

· GE matritsasi;


· imkoniyatlarni oldindan aniqlash usuli;
· “Delphi” ekspert xulosa usuli;
· qiyosiy tahlil;
· statistik tahlil usullari;
· SWOT tahlili;
· PEST tahlili
· talabni prognozlash usuli;
· moslashuvchan segmentatsiya usuli;
· vaqt seriyasini bashorat qilish usuli.

2

Raqobatchining tahlili

· bozor rahbarlarini aniqlash;


· raqobatchilarning afzalliklari va kamchiliklarini o’rganish;
· marketing aralashmalari va raqobatchilarning biznes-jarayonlarini qiyosiy tahlil qilish;
· soha uchun iqtisodiy drayverlarni aniqlash (bozor o’sishi, sohadagi rentabellik, raqobatchilar va iste’molchilar soni, bozorga kirish qulayligi).

· Porter matritsasi;


· strategik guruhlar xaritasini tuzish;
· qiyoslash;
· raqobatchilarni tekshirishni tahlil qilish;
· qiyosiy baholash usuli;
· asosiy raqobatchilarning SWOT tahlili;
· tovarlar va korxonalarning raqobatbardoshlik omillarni tahlil qilish.

3

Iste’molchilar tahlili

· iste’molchining afzalliklarini aniqlash;


· iste’molchilarning shikoyatlarini tahlil qilish;
· mijozlar ehtiyojlari, sodiqlik va mijozlarga xizmat ko’rsatish.

· so’rovnoma;


· kuzatish;
· intervyu;
· fokus-guruh;
· Yandex.Metrika, Google Analytics.

4

Xaridor xarajatlarini tahlil qilish

· narxlar darajasi tahlili;


· korxonaning joylashgan joyini tahlil qilish.

· o’rtacha narxni hisoblash usullari;


· so’rovnoma;
· intervyu.

5

Iste’molchilar uchun qulaylik tahlili

· joyni tahlil qilish;


· ish jadvalini tahlil qilish;
· transport aloqasi;
· qo’shimcha mahsulot xususiyatlarini tahlil qilish.

· xarid qilish joylarining qiyosiy xususiyatlari;


· so’rovnoma;
· intervyu;
· fokus-guruh.

6

Aloqa tahlili

· savdo xodimlarining faoliyatini tahlil qilish.


· sirli xarid;


· so’rovnoma.

Korxonaning savdo bo’limi uchun korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida iste’molchilarni o’rganish zarurligiga qaramasdan, an’anaviy marketing konsepsiyasini esdan chiqarmaslik kerak, chunki korxonaning resurs potensiyali yangi bozor segmentini shakllantirish, rivojlantirish yoki yangi mahsulotlarni korxona assortimenti tarkibiga kiritish imkoniyatiga mos kelmasligi mumkin. Korxonani boshqaruvi oldidagi navbatdagi muhim vazifa yuqoridagi tahlil usullaridadan ma’lum bir kerakli usulni tanlab olish hisoblanadi.



Yüklə 78,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə