“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talabasi



Yüklə 78,63 Kb.
səhifə4/9
tarix13.09.2023
ölçüsü78,63 Kb.
#121773
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs I guruh talab-fayllar.org

Tashkiliy-huquqiy


Tavsifi


Subyektlar/ishtirokchilar soni


Ustav fondi miqdori


Ustav fondidagi ulushi %

1

MChJ

O'zbekiston hududida tadbirkorlikni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli


1 dan 50 gacha jism. Va yur. shaxslar


Eng kam oylik ish haqining 40 barobari


Cheklanmagan


2

MChJ QK

Tarkibida xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs bo'lgan Qo'shma korxona


1 dan 50 gacha jism. Va yur. shaxslar (xorijiy yuridik shaxsning mavjud bo'lishi talab etiladi)


400 000 000 So'mdan kam bo'lmasligi


Chet el korxonasining ulushi ustav kapitalining 15%


3

MChJ XK

Xorijiy korxona O'zbekiston hududida ro'yxatga olingan


1 dan 50 gacha xorijiy jism. va yur. shaxslar


400 000 000 So'mdan kam bo'lmagan holda


Cheklanmagan


4

Chet el kapitali ishtirokidagi MChJ

O'zbekiston hududida biznesni xorijiy ta'sischilar ishtirokida tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakli


1 dan 50 gacha jism. va yur. shaxslar


Eng kam oylik ish haqining 40 barobari


Cheklanmagan




MChJ ochishdan avval nimalarni bilish kerak:
  • Ishtirokchilar soni 50 kishidan oshmasligi kerak (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, milliy va xorijiy yuridik shaxslar) лица)


  • Kompaniya ustav kapitalining eng kam miqdori litsenziyalash talablarida belgilangan bo'lishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ro'yxatdan o'tgan kundan boshlab bir yil ichida jamiyatning ustav kapitaliga to'liq shakllantirishlari shart.




2 Korxona me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish, o’rganish
O’zbekiston Respublikasining ma’sulyati cheklangan hamda qo’shimcha ma’sulyati jamiyatlar to’g’risidagi 06.12.2001 yildagi 310- II- son qaroriga muvofiq ma’sulyati cheklangan jamiyatlar o’z faoliyatini olib boradi.Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari
Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonunchilikda va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to‘g‘risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki o‘zga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o‘n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan yoxud o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari
Jamiyat ishtirokchilari:
jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shishlari;
jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Jamiyat ishtirokchilarining qonunchilikda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.


Yüklə 78,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə