Iqtisodiyot va menejment


Bojxona tarifining turlari va xisoblash usullari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə17/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

3.2. Bojxona tarifining turlari va xisoblash usullari


Tashqi savdoni tartibga solishda hukumat tarif va notarif dastaklarni qo’llaydi va ushbu dastaklarning amaliy qo’llanilishini davlat yoki jamoat tashkilotlari ta’minlaydi. Tariflar bojxona tariflariga asoslangan dastaklar bo’lsa, notarif dastaklar qolgan hamma dastaklarni o’z ichiga oladi.
Savdo siyosatining asosiy dastagi - bu bojxona tarifidir. Bojxona tarifiga turli xil ta’riflar berilgan, ammo fikrimizcha, ular orasida eng to’g’risi quyidagicha: "bojxona tarifi - bu maxsulot bojxona chegarasidan olib o’tilayotganda to’lanishi kerak bo’lgan bojxona bojlari haqidagi umumiy ma’lumotdir".
Bojxona boji maxsulotni import yoki eksport qilganda bojxona xodimlari tomonidan undiriladigan majburiy to’lovdir. Bojxona boji quyidagi vazifalarni bajaradi:
fiskal - davlat byudjetiga kelib tushuvchi tushumlardan biri bojxona bojidir;
protektsionistik (himoya vazifasi) - importni cheklash orqali milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qiladi;
balanslovchi - ayrim sabablarga ko’ra ichki narxi jahon narxidan past
bo’lgan maxsulotlarni xorijga oqib chiqib ketilishini cheklaydi.
Bojxona bojlarini turli mezonlar bo’yicha quyidagicha guruhlash mumkin (10.2.1-rasm):



3.3. Bojxona tariflarini qo’llashning jahon tajribasi
Tariflar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida XVII asrdan boshlab joriy etilgan. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan importga nisbatan qo’llaniladigan tarif stavkalari past darajada bo’lsa-da, ba’zi turdagi tovarlar bo’yicha bojxona stavkalari yuqoriligicha qolmoqda. Ko’pchilik iste’mol, qishloq xo’jalik va mehnat sig’imkorligi yuqori tovarlarga nisbatan joriy qilingan tarif stavkalari umumiy tarif stavkalaridan 10-20 baravar yuqoridir. Misol uchun, AQSHda kiyim-kechak va poyabzal importiga nisbatan joriy etilgan tarif stavkalari 11% dan 48% gacha yetishi mumkin. 2001 yilda kiyim-kechak va poyabzal importi AQSH umumiy importining 6,5% ini tashkil etgan bo’lsada, mazkur tovarlardan undirilgan tariflar tariflardan tushadigan daromadlarning deyarli yarmini tashkil etgan va 20 mlrd. dollarga teng bo’lgan. Huddi shunday holat boshqa sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida ham kuzatiladi Masalan, Yevropa Ittifoqida go’sht maxsuloti importiga nisbatan joriy etilgan tariflar 236% ni, don maxsulotlariga nisbatan 180% ni, sport oyoq kiyimlariga nisbatan esa 17% ni tashkil etadi.
10.3.1-jadval

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə