Iqtisodiyot va menejment


O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə14/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

2.9. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’llari


Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo’lishimiz mumkin. Tahlillar ko’rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning insititutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo’lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning halqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilinishi eksportga yo’naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o’z navbatida eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantirish omili bo’ldi (9.9.1-jadval).
9.9.1-jadval
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosini erkinlashtirish bosqichlari



Birinchi bosqich -1991-1994 yy.

Import o’rnini qoplash siyosatining yuritilishi. Tashqi savdoni tartibga solishning insititutsional va huquqiy bazasi yaratildi. Tashqi savdo siyosatida notarif usullar yetakchilik qildi.

Ikkinchi bosqich -1995-1997 yy.

Tashqi savdoni tartibga solishning halqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi. Bu davr miqdoriy cheklovlarning qisqarishi hamda keng miqyosda eksport va import bojlarini faol qo’llash davri xisoblanadi.

Uchinchi bosqich -1997-1999 yy.

Bu davr tashqi savdoni erkinlashtirishni chuqurlashtirish, tarif va notarif usullarni soddalashtirish, mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan savdo siyosatining yuritilishi, eksport bojlarining bekor qilinishi, eksportga yo’naltirilgan siyosatning olib borilishi bilan izohlanadi.

To’rtinchi bosqich -2000-2003 yy.

Tashqi savdo va valyuta bozorini erkinlatashtirishga qaratilgan yangi davr xisoblanadi. 2002 yilning 1 iyulidan boshlab import tariflarining uch pog’onali stavkalari (0;10:30) joriy etildi.

Beshinchi bosqich -2003 yildan hozirga qadar

O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish bosqichi. Tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu, o’z navbatida, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantirish bo’ldi.

Respublikamiz eksporti va importining tovar hamda geografik tarkibini takomillashtirsh orqali raqobatbardoshlikni oshirish qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarishni yulga qo’yish mumkin bo’lgan maxsulotlarga talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va ravobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə