Iqtisodiyot va menejment


Tashqi savdo kontraktlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə10/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

2.4. Tashqi savdo kontraktlari.
Tashqi savdo operatsiyalari turli mamlakatlardagi sheriklarning ma’lum izchillikda amalga oshiriladigan harakatlarini ifodalaydi. Bu harakatlar bozorni o’rganish, uning reklamasi, sotish tarmoqlarini yaratish, tijorat takliflarini o’rganish, muzokaralar o’tkazish, kontraktlar tuzish va uni bajarishni o’z ichiga oladi. Kontrakt bitim qatnashchilari, ya’ni she­riklar o’rtasidagi tijorat munosabatlari rasmiylashtiriladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Savdo sohasidagi bitimning boshqa bir qatnashchisi sherik-kon­tragent deb ataladi.
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda sheriklar sifatida mulkchilikning har qanday shakli va iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va tashkilotlar qatnashishi mumkin. Bular sanoat va qishloq xo’jalik, savdo va kapital qurilish, transport va tele­kommunikatsiya, bank va moliya tizimi, shuningdek aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlaridagi korxonalar va tashkilotlardir. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida sotuvchi va xaridorning topshirig’i bo’yicha ularni bir-biri bilan uchrashtiruvchi, bitimlar tuzishga yordam beruvchi, biroq ularda bevosita qatnashmaydigan vositachilarga katta rol ajratiladi. Bundan tashqari, bir qator ixtisoslashgan import-eksport bilan shug’ullanuvchi korxonalar, tashkilotlar oldi-sotdilarni o’z hisobidan yoki bitimlarga vositachilik qilish tartibida amalga oshiradilar. Jahondagi to­var ayirboshlashlarning yarmidan ko’prori savdo vositachilari yordamida amalga oshiriladi. Respublikamizda faqat tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqini olganlargina tashqi savdo bitimlarining qatnashchilari bo’lishi mumkin.
Har qanday savdo operatsiyasi bozorni o’rganishdan boshlanadi. Talab va uni kengaytirish yo’llari, narx darajasi va o’zgarishi tendentsiyasi, raqobatning keskinligi, ishlab chiqarishning texnik darajasi va ri­vojlantirish imkoniyatlari va hokazolar o’rganiladi. Kontraktlarni tuzish bo’yicha tayyorlov ishlarining muhim bosqichi chet ellik sherikni aniqlash, uning faoliyati xususiyati va hajmini, huquqiy va moliyaviy ahvolini va ishonchliligini o’rganish hisoblanadi. Bu ishning sifati bozorlar, maxsulot narxlari, mijozlar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni tijorat ma’lumotlariga bog’liqdir. Bu ma’lumotlarni to’plash va tarqatish maxsus davlat tashkilotlari, Savdo palatalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, kutubxonalar, maslahat va axborot beruvchi firmalar, vakolatxonalar, diplomatik va savdo vakillari tomonidan amalga oshiri­ladi. Tijorat ma’lumotlarining muhim manbai savdo sohasidagi sheriklar haqidagi asosiy ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi to’plamlar hisoblanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə