Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar
Jahon iqtisodiyoti - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali o’zaro aloqada bo’lgan milliy iqtisodiyotlar yig’inisi.
Jahon xo’jaligi - bir-biri bilan xarakatchan ishlab chiqarish omillari orqali bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi.
Jahon bozori - xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Eksport - tovarlarni xorijga olib chiqib ketishni ko’zda tutuvchi tovarlar savdosi.
Import - tovarlarni xorijdan olib kirishni ko’zda tutuvchi tovarlar savdosi.
Xalqaro iqtisodiyot - turli mamlakatlarga tegishli xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq qonuniyatlarni o’rganuvchi bozor iqtisodiyoti nazariyasi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi xo’jalik munosabatlari.
Globallashuv - jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynanminallashuv jarayonlari.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
Nazorat savollari
Jahon iqtisodiyotining tor va keng ma’nolaridagi tavsifi nima bilan farq qiladi?
Jahon iqtisodiyoti tizim sifatida nimani ifoda etadi?
Jahon iqtisodiyotining sub’ektlariga nimalar kiradi?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning qanday shakllari mavjud?
Jahon iqtisodiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichi qanday xususiyatlarga ega?
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish darajasi qaysi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi?
Jahon xo’jaligining rivojlanishi to’g’risidagi qaysi ilmiy kontseptsiyalar mavjud?
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi nima va uning qanday belgilari mavjud?
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi qanday bosqichlarga bo’linadi?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz?
Xalqaro mehnat taqsimoti nima va u xalqaro iqtisodiy munosabatlarga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Jahon xo’jaligi o’z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlarni o’tgan?
Xalqaro ayirboshlashning vujudga kelishi nimalarga bog’liq?
Hozirgi bosqichda xalqaro iqtisodiy munosabatlar qanday xususiyatlarga ega?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə