Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

1-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari.
Reja:
1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti
1.2. Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha
1.3. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
1.4. Jahon xo’jaligining rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar
1.5. Jahon xo’jaligining globallashuvi
1.6. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning shakllari


Tayanch iboralar:
Jahon iqtisodiyoti, jahon xo’jaligi, jahon bozori, eksport, import, xalqaro iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, globallashuv.
1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti


XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo’jaligini faoliyatining o’ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo’jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo’jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo’lmoqda.
SHunisi xarakterliki, o’zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo’jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo’jaligini yanada ko’proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o’z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə