Iqtisodiyot va menejment


Ayirboshlash va mutlaq afzallik



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Ayirboshlash va mutlaq afzallik
(bir birlik maxsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, soatlarda)




G’arb

SHarq

Televizorlar

3

10

Kiyimlar

6

4



Jadvaldan ko’rinib turibdiki, G’arb televizorlar ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. CHunki u bu tovarlarni ishlab chiqarishga kamroq mehnat sarflaydi. Ammo ayirboshlash bo’lmasa, mamlakatlar o’zlarining mutlaq afzalliklaridan foydalana olmaydilar va natijada ularning har biri sarflangan harajatlari bo’yicha bir donadan televizorga, bir birlik kiyimga, butun jahon ikki dona televizor va bir birlik kiyimga ega bo’ladi.
Ayirboshlash sharoitida vaziyat butunlay o’zgaradi. G’arb bir birlik kiyim ishlab chiqarish o’rniga, unga sarf bo’ladigan mehnatni (6 soatni) qo’shimcha ikki dona televizor ishlab chiqarishga, SHarq bir dona televizor ishlab chiqarishga ketadigan mehnatni (10 soatni) qo’shimcha 2,5 birlik kiyim ayirboshlash natijasida, masalan bir G’arb televizoriga SHarqdan bir birlik kiyim ayriboshlashdan har ikki tomon va butun jahon ishlab chiqarishi yutadi. CHunki keltirilgan mehnat sarflari bo’yicha G’arb ikki dona televizor va bir birlik kiyimga, SHarq bir dona televizor va 2,5 birlik kiyimga, butun jahon esa, 3 dona televizor va 3,5 birlik kiyimga ega bo’ladi.
2.3. Xalqaro savdoning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari
Jahon xo’jaligi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi xisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo’jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida ko’rish mumkin.


Xalqaro savdo o’zining rivojlanish bosqichlariga ega bo’lib, har bir bosqich o’z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi (VI-XIII asrlar) O’rta yer dengizidan SHarqda tomon xalqaro savdo yo’llarining vujudga kelishi;
tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi - (XII-XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O’rta yer, Boltiq va SHimoliy dengizlarida kontsentratsiyalashuvi;
tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi - (XV-XVII asrlar) Buyuk geografik kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo yo’llarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko’chishi;
tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi - (XVIII-XIX asrlar) sanoat to’ntarishi, G’arbiy Yevropa va AQSHI iqtisodiyotining industrlashtirish jarayoni bilan bog’liq;
tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi - (XIX oxiri - XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog’liq;
integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi — (XX asrning o’rtasi va ikkinchi qismi);
tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə