Iqtisodiyot va menejment


Tarif va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT) tashkil topishi va faoliyat ko’rsatish printsiplari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə11/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

2.5. Tarif va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT) tashkil topishi va faoliyat ko’rsatish printsiplari


Xalqaro savdoni umumiy norma va qoidalar orqali tartibga solishga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoj XX asrning 30-yillarida milliy xukumatlarning protektsionistik faoliyati tufayli xalqaro savdo imkoniyatlarini keskin to’sib qo’ygan vaqtlarda sezila boshlagan edi. O’sha davrda xalqaro savdoning asosini ikki tomonlama savdo kelishuvlari tashkil qilgan. Ushbu kelishuvlarning kamchiligi, ular ikki tomon o’rtasidagi tovarlar savdosining qisqagina ro’yxatini qamrab olishdan iborat. Ikki tomonlama shartnomani imzolash natijalari esa kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin edi. Jumladan, shartnomalardan o’z tomonidan hech qanday imtiyoz bermagan uchinchi mamlakat ishlab chiqaruvchilari manfaat ko’rishardi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng savdo strategiyasining global muvofiqlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan xalqaro savdo tashkilotlarini yaratish uchun xarakatlar boshlandi. Bu xarakatdan hammadan ko’ra xalqaro savdodagi ulushi 40% atrofida bo’lgan AQSH manfaatdor edi, tashqi savdodagi normal holatlarning buzilishidan xususan, ular jiddiy zarar ko’rar edi.
Xalqaro savdo tashkilotini yaratish bo’yicha munozaralar AQSH va urushdan keyingi Yevropa mamlakatlari o’rtasadagi keskin tortishuvlar sharoitida bo’lib o’tdi. Bu tortishuvlar, xususan, ishtirokchi davlatlar beradigan ovozlar miqdori bilan ham bog’liq edi. «Bir mamlakat - bir ovoz» tamoyilini yoqlovchi Yevropacha yondashuvga teskari ravishda AQSH ko’proq ovozga ega bo’lish g’oyasini ko’tarib chiqdi. Amerikaliklar ovozlar soni mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga proportsional tarzda olinishi lozim, deb xisoblashardi. Lekin ular o’z fikrlari himoyasini saqlab qola olmadilar.
Xalqaro savdo tashkilotini tashkil etish to’g’risidagi shartnomaning tarif masalalariga bag’ishlangan bo’limini tashkil qilish bo’yicha maxsus munazaralar Jenevada bo’lib o’tdi. Natijada 1948 yil 30 iyunda tarif savdo masalalari bo’yicha vaqtinchalik shartnoma - GATT (General Agreement of Trade and Tariff) 23 mamlakat tomonidan imzolandi. SHy sababli 1948 yil 30 iyun GATT tashkil topgan kun deb e’tirof etiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə