Iqtisodiyot va menejment


GATT/JST doirasida amalga oshirilgan raundlar evolyutsiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

GATT/JST doirasida amalga oshirilgan raundlar evolyutsiyasi

Yillar

Joyi va nomlanishi

Mavzusi

Mamlakat soni

1947

Jeneva

Tariflar

23

1949

Annesi

Tariflar

13

1951

Torku

Tariflar

38

1956

Jeneva

Tariflar

26

1960-1961

Jeneva (Diplon raundi)

Tariflar

16

1964-1967

Jeneva (Tokio raundi)

Tariflar va antidempingga qarshi chora-tadbirlar

62

1973-1979

Jeneva (Kennedi raundi)

Tariflar, tashqi savdoni notarif tartibga solish chora-tadbirlari va tor doiradagi kelishuvlar

102

1986-1994

Jeneva (Urugvay raundi)

Tariflar, notarif chora-tadbirlar, xizmatlar savdosi, savdo kelishmovchiliklarini tartibga solish, intellektual mulk, Jahon savdo tashkilotini (JST) tashkil etish va atrof-muhit muhofazasi

123

2001

Doha (Qatar payndi)

Atrof-muhit muhofazasi




2003

Kankun (Meksika) Doha raundining davomi

Atrof-muhit muhofazasi






2.7. JSTga a’zo bo’lish bosqichlari
JSTga a’zo bo’lish jarayoni uzoq va murakkab jarayon bo’lib to’rt bosqichdan iborat (9.7.1-jadval).
9.7.1-jadval
JSTga a’zo bo’lish bosqichlari

Bosqichlari

Talablar

Tayyorgarlik
Bosqichi

Mamlakatlardan JST doirasidagi kelishuvlarga taalluqli savdo va iqtisodiy masalalar mazmuni ochib berishi talab etiladi. Ushbu ma’lumotlar "Tashqi iqtisodiy rejim to’g’risidagi Memorandum" shaklida taqdim etilishi zarur

Muzokaralar
Bosqichi

Ishchi guruhi va a’zolikka da’vogar mamlakatlar o’rtasida ikki tomonlama muzokaralar boshlanadi. Bu muzokaralar tarif stavkalari, bozorlarga kirish buiicha aniq majburiyatlar va boshqa me’yoriy xujjatlarga tegishli bo’lib: JST doirasidagi kelishuvlarga taallukdidir.

A’zolik shartlarini loyihalashtirish bosqichi

Ishchi guruhi ikki tomonlama muzokaralarni tugatgandan so’ng a’zolik shartlarini shakllantiradi. Ushbu shartlar "'A’zolik to’g’risidagi Protokol” va a’zo bo’layotgan mamlakat imzo qo’yishi lozim bo’lgan ro’yxatda aks ettiriladi.

Qaror qabul qilish bosqichi

Xisobot, protokol va majburiyatlar ro’yxati JST Bosh Kengashi yoki Vazirlar konferentsiyasiga taqdim etiladi. Agar JST a’zolarining uchdan ikki qismiga teng ovoz to’plansa mamlakat JSTga a’zo bo’ladi.



Birinchi bosqichda JSTga qo’shilishni hohlovchi davlatlarning hukumat boshliqlari JSTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat JSTga yuboruvchi o’z memorandumida mamlakat savdo va iqtisodiy siyosatini to’liq qamrab olgan jihatlarni taqdim etadi. Bu memorandum qo’shilish to’g’risidagi so’rovlarni to’liq o’rganish uchun asos bo’ladi. SHundan so’ng JSTga ariza beruvchi davlatlar bo’yicha ishchi guruh tuziladi.
Ikkinchi bosqichda ishchi guruh yig’ilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan o’z huquq va majburiyatlarini ishlab olish maqsadida qiziquvchi a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va ko’p tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida JSTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bo’yicha bajarishi lozim bo’lgan va o’zgartirilmaydigan aniq tariflar beradi.
Uchinchi bosqichda ariza beruvchi davlatning savdo rejimini o’rganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar tuzish bilan ishchi guruh asosiy qo’shilish shartlarini ishlab chiqadi. Ushbu shartlar "A’zolik to’g’risidagi Protokol" va a’zo bo’layotgan mamlakat imzo qo’yishi lozim bo’lgan ro’yxatda aks ettiriladi. Yig’ilish natijasiga ko’ra JSTga kirayotgan davlat to’g’risida qaror tayyorlaydi va bu xujjatlar Bosh kengash yoki Vazirlar konferentsiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
To’rtinchi bosqich qaror qabul qilish bosqichi xisoblanib, xisobot, protokol va majburiyatlar ro’yxati JST Bosh Kengashi yoki Vazirlar konferentsiyasiga taqdim etiladi. Qo’shilish to’g’risidagi qaror JST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan taqdirda imzolangan xisoblanadi. JSTga a’zo bo’lgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo’ladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə