Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishning tarif metodlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə16/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

3-Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishning tarif metodlari
Reja:
3.1. Tashqi savdoni tartibga solish zarurati va tashqi savdo siyosati
3.2. Bojxona tarifining turlari va xisoblash usullari
3.3. Bojxona tariflarini qo’llashning jahon tajribasi
3.4. Tarifli boshqaruvning afzalligi va kamchiliklari
Tayanch atamalar
Tashqi savdo siyosati, erkin savdo siyosati, tarif eslakatsiyasi, bojxona boji, optimal tarif stavkasi.


3.1. Tashqi savdoni tartibga solish zarurati va tashqi savdo siyosati


Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sanalib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko’maklashuvchi chora-tadbirlar yig’indisidir.
Tashqi savdo siyosati quyidagi ikki yo’nalishni o’z ichiga oladi:
eksport siyosati;
import siyosati.
Eksport siyosati eksportga yo’naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import o’rnini qoplash siyosati xisoblanib, bu siyosat ko’pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol o’ynagan.
Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi. Tashqi savdo siyosati turli darajada amalga oshiriladi: milliy, ikki tomonlama, hududiy, halqaro. Qayd etib o’tilgan har bir daraja o’z xususiyatlariga ega.
Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga qarab tashqi savdo siyosati protektsionistik va erkin savdo xarakteriga ega bo’ladi (10.1.1-rasm)





Erkin savdo munosabatlari, talab va taklif asosida rivojlanadigan erkin savdo davlatning eng kam aralashuvi siyosatini aks ettiradi.
Protektsionizm - tarif va notarif instrumentlarni qo’llash yo’li bilan ichki bozorni xorijiy raqobatchilardan himoya qilish davlat siyosatidir. Qaysi siyosat afzal, degan savol iqtisodchilarning doimiy bahslashuviga olib keladi. Milliy sanoat rivojlanishiga imkon beruvchi protektsionizm afzalmi yoki milliy ishlab chiqarish ustuvorliklarning halqaro ustuvorliklar bilan qiyosiy taqqoslash imkonini beruvchi savdo erkinligimi?



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə