Iqtisodiyot va menejment


GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evolyutsiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə12/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

2.6. GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evolyutsiyasi
GATT doirasida tashkil etilgan halqaro konferentsiyalar "raundlar" deb nomlangan va ularning birinchi beshtasida muzokaralar asosan bojxona bojlarini pasaytirishga bag’ishlangan. GATTning keyingi raundlarida bojxona bojlarini pasaytirish bilan birgalikda boshqa masalalar ham o’rganilgan. Masalan, 1964-1967 yillardagi Kennedi raundida dempingga qarshi choralar muhokama qilingan. 1973-1979 yillarda 102 ta mamlakat ishtirokida bo’lib o’tgan Tokio raundi notarif to’siqlar bilan kurashishga bag’ishlangan. Ushbu o’tkazilgan raund natijasida 9 ta sanoat maxsulotlarining jahon bozoridagi bojxona bojlari 1/3 qismga, jumladan, sanoat maxsulotlarilan undiriladigan bojxona bojining o’rtacha stavkasi 4,7% gacha pasaydi. Tokio raundi jarayonida qator masalalar hal etilmadi. Jumladan, qishloq xo’jalik maxsulotlari savdosi, tashqi savdodagi himoya choralari bo’yicha kelishuvlar qabul qilinmadi. Ko’pchilik davrlarda qabul qilingan kodekslarni yetakchi taraqqiy etgan mamlakatlar imzolashdi. YUqoridagi sabablarga ko’ra hal qilinmagan masalalar Urugvay raundiga qoldirildi.
Quyidagi 4.6.1-jadvalda GATT raundlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan:
GATT doirasida bo’lib o’tgan sakkizinchi Urugvay raundi davomiyligi va ishtirokchilari soni jihatidan avvalgi raundlardan katta bo’ldi. Urugvay raundi 1986-1994 yillarda bo’lib o’tdi va unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Urugvay raundida halqaro xizmatlar savdosi, intellektual mulk huquqiga amal qilish, savdodagi nizolarni hal etish qoidalari, a’zo mamlakatlar tashqi savdo siyosati to’g’risida axborot berish, qishloq xo’jalik maxsulotlari savdosi kabi masalalar muhokama qilindi.
GATTda ko’plab qarorlar qabul qilinishi AQSH, yeI, Kanada va YAponiyadan iborat "kvarro guruhi"ning o’zaro kelishib olishiga ustun darajada bog’liq edi. 1993 yilda kvarro guruhi qishloq xo’jalik maxsulotlarining savdosi bo’yicha yagona qarorga kelganini e’lon qildi. Ushbu sababga ko’ra Urugvay raundi 1994 yil 15 aprelda Marokashda o’z nihoyasiga yetdi.
9.6.1-jadval

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə