Iqtisodiyot va menejment


Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

1.2. Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin1. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi tizim xisoblansa, tor ma’noda - bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan maxsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko’proq qo’llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. SHu bilan birga sotiladigan maxsulotlar va omillarga asoslangan xo’jalik aloqalari yuzlab milliy xo’jaliklarni "jahon iqtisodiyoti" deb, ataladigan bir tizimga birlashtirilishini e’tiborga olish lozim. SHuning sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’zaro bog’liqdir (1.2.1-rasm).



“Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan xalqaro iqtisodiyot tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotining sub’ektlari. Jahon xo’jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari sub’ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub’ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xisoblanadi.
1.3. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Jahon xo’jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin tutadi.
Milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o’tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo’lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo’jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning juda kam qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral ashyolarning ba’zi bir turlari, shirinliklar va x.k.) kelib tushgan. Natural xo’jalik yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi xalqaro savdo va jahon xo’jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Jahon xo’jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizimining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo’lishi va manufaktura davri xisoblanadi. Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo’jaligi bu bosqichda mamlakatlarning (birinchi navbatda, mustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi savdo sohasidagi o’zaro munosabatlarining yig’indisi sifatida talqin etiladi va ustun darajada savdo kapitalini sarf etish sohasi xisoblanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə