Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 34,14 Kb.
səhifə2/14
tarix29.09.2023
ölçüsü34,14 Kb.
#124746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
INNOVATSION RASHID AKA

Tayanch iboralar:
Innovatsiya, mahsulot innovatsiyasi, jarayon innovatsiyasi, davriy innovatsiya, buzuvchi innovatsiya, innovatsion rivojlanish strategiyalari
Nazorat savollari:
1. Innovatsiya atamasiga ta’rif bering.
2. J. Shumpeter tomonidan aniqlangan “beshta odatiy o‘zgarish”ni aniqlang va izohlab bering.
3. Mahsulot innovatsiyasi va jarayon innovatsiyasi o‘rtasidagi farq nimada?
4. Innovatsiyalarni belgilaydigan asosiy xususiyatlarni shakllantirish haqida ma’lumot bering.
5. Yangiliklardan innovatsiyalarga o‘tishdagi innovatsion jarayonning asosiy bosqichlarini aniqlang.
6. J. Shumpeter tomonidan aniqlangan ikki turdagi tadbirkorlar haqida ma’lumot bering. Ularning farqlari qanday?
7. Innovatsiyalarning asosiy tasniflarini keltiring.
8. Davriy innovatsiyalarning mohiyati nimada? Misollar keltiring.
9. Buzuvchi innovatsiyalarning asosiy xususiyatlari. Buzilgan bozorlarga misollar keltiring.
10. Oltita texnologik buyurtmani aniqlang. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday texnologik tartibda?

2- SEMINAR: Jaxon iqtisodiyotida innovatsion jarayonlarning bosqichlari va modellari.
Byudjet innovatsion loyihani moliyaviy nazorat qilish uchun asosiy hujjatdir. U umumiy xarajatlarni nazorat qilish uchun maqsadga muvofiq va samarali, va ma’lum miqdorda moliyaviy mablag‘lar innovatsion loyihani amalga oshirish uchun ishlatilishiga kafolatdir.
Xarajatlarga ko‘ra boshqarishni qo‘llashda nazorat va haqiqiy xarajatlarning byudjet tuzishda ko‘zda tutilgan xarajatlar bilan taqqoslanishi nazarda tutiladi. Loyiha byudjeti bir 339 yilga tuzilib, uni ijrosini tekshirish esa yarim yilda bir marta yoki har kvartalda amalga oshiriladi.
Xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar bir oyda bir marta tuziladi, bu esa rahbarga innovatsion loyiha byudjetining sarflangan mablag‘larini kuzatish imkonini beradi. Xarajatlari byudjetga to‘g‘ri kelmaydigan innovatsion loyiha astoydil tekshiriladi. Innovatsion ishlanmalar natijalari faqat ularni bajarishga sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida belgilanmaydi, shuning uchun xarajatlarni nazorat qilish usuli cheklangan qo‘llanilish sohasiga ega.
Og‘ishlarga ko‘ra boshqarish usuli mohiyati boshqarishning oliy darajasidagi rahbarlar faqat loyiha ustida rejalashtirilgan ish borishidan katta og‘ishlar to‘g‘risidagina xabardor etiladi.
Rejadan chiqqan barcha boshqa og‘ishlar innovatsion loyihani boshqarishning tegishli darajasida ko‘rib chiqiladi. Og‘ishlarga ko‘ra boshqarishda quyi darajadagi (bo‘lim, sektor va guruhlar) rahbarlar ular qabul qilgan tezkor qarorlar oqibatlari uchun to‘liq javobgardir. Innovatsion loyihani boshqarishning ushbu usuli bitta katta imtiyozi bilan ajralib turadi: rahbar vaqtini faqat hal qilishda tajriba va bilimlari eng samarali bo‘lgan masalalarga sarflaydi. Innovatsion loyihalarni samarali boshqarish barcha ushbu usullarni kompleksli qo‘llash bilan erishiladi.


Yüklə 34,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə