Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 34,14 Kb.
səhifə5/14
tarix29.09.2023
ölçüsü34,14 Kb.
#124746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
INNOVATSION RASHID AKA

Tayanch iboralari:

Innovatsion jarayon, diffuziya, Innovatsion jarayon modeli, “texnologik surish”, “bozor talabi bosimi”, “interaktiv modeli”, “Ochiq innovatsiyalar” modeli, kashshof


Nazorat savollari:

1. Innovatsion jarayonning mohiyati hamda innovatsion jarayonning ikkita asosiy bosqichini tavsiflab bering.


2. Innovatsion jarayonning uchta shakli, ularning asosiy farqlari.
3. Diffuziyaning mohiyati nimada?
4. Innovatsion jarayon modeli “texnologik surish” gipotezasining mohiyati, uning xususiyatlari.
5. Innovatsion jarayon modelining “bozor talabi bosimi” gipotezasining mohiyati, uning xususiyatlari. 6. Innovatsion jarayon “interaktiv modeli” gipotezasining mohiyati, uning xususiyatlari.
7. “Ochiq innovatsiyalar” modelini shakllantirishning zarur shartlari nimada?


5- SEMINAR. Biznes g’oyalar va innovatsion biznes.

Biznes-rejaning maqsadi va vazifalari bevosita bog‘liq bo‘lgan ikkita asosiy yo‘nalish mavjud:


1) biznes-reja ichki foydalanish uchun tuzilgan, bozor ehtiyojlari hamda zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli biznesni rivojlantirish strategiyasidir. Ya’ni, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, ko‘zlangan natijalarga erishish haqiqatining darajasini baholashga yordam beradi;
2) biznes-reja potensial investorlar yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Biznes-reja tomonidan hal qilingan asosiy vazifalar:
1) kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularga erishish strategiyasi va taktikasini shakllantirish;
2) faoliyatning aniq yo‘nalishlarini, istiqbolli savdo bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini belgilash; kompaniyaning marketing strategiyasini aniqlash
3) mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taxmin qilish;
4) kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish talablariga muvofiqligini baholash;
5) moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudliligini, uning yetarliligini belgilash va loyihaning potensial rentabelligini aniqlash;
6) tavakkalchilikni tahlil qilish.
Biznes-rejaning odatiy tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Xulosa (loyihaning qisqacha tavsifi).
2. Loyiha tashabbuskori (shaxs + jamoa + kompaniya).
3. Mahsulot tavsifi.
4. Bozor tahlili.
5. Marketing rejasi.
6. Ishlab chiqarish rejasi.
7. Tashkiliy reja.
8. Moliyaviy reja va natijalarni tahlil qilish.
9. Investitsiyalar rejasi.
10. Xatarlarni tahlil qilish.
Agar tashqi foydalanuvchilar uchun biznes-reja tuzilgan bo‘lsa, bir qator ma’lumotlarni yodda tutish zarurudir. Investor uchun quyidagi savollar muhim ahamiyatga ega: jamoa, qanday va qayerda foyda olish, potensial bozorning mavjudligi, kompaniyaning o‘sish salohiyati, barcha ma’lumot manbalari va boshqalar. Biznes-reja o‘quvchiga loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iloji boricha ob’ektiv va ishonchli, imkon qadar qisqa, ammo ayni paytda batafsil yetkazishi kerak. Hujjatning ko‘p qirraliligi va biznes-rejaning potensiali iste’molchilarning xilmaxilligini hisobga olgan holda, professional lug‘at va ma’lumotlarni idrok etishni murakkablashtiradigan maxsus atamalardan foydalanmasdan, ko‘p ishlatiladigan va tushunilishi oson shaklda taqdim etish kerak. Uch yildan besh yilgacha istiqbolga mo‘ljallangan biznesrejani tuzish tavsiya etiladi. 1-2-yillar davomida ko‘rsatkichlar har chorakda (hatto oylik) taqsimotda beriladi. 3-yildan boshlab siz o‘zingizni yillik ko‘rsatkichlar bilan cheklashingiz mumkin.
Biznes-rejani tuzayotganda ishning haqiqiy holatini aks ettirishi kerakligini va unda tahrirlashlar va hayollarga joy yo‘qligini anglash kerak. Har qanday prognoz haqiqiy ma’lumotlarning butun hajmini chuqur va professional o‘rganishga asoslangan bo‘lishi kerak.


Yüklə 34,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə