Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


III BOB. O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI MODERNIZA-



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
kitob

III BOB.
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI MODERNIZA-
TSIYALASH 
VA 
DIVERSIFIKATSIYALASHDA 
XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH......................
66 
3.1. 
O’zbekistonda 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
va 
diversifikatsiyalashning asosiy yo’nalishlari.........................
66 
3.2. 
Xorijiy tajribadan foydalanib milliy iqtisodiyot ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish yo’llari.......................................... 
73 
3.3. 
Sanoat iqtisodiyotini maxalliylashtirishda xorijiy tajribadan 
foydalanish yo’llari................................................................ 
80 
 
uchinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………… 
85 
 
Xulosa va takliflar................................................................ 
87 
 
Foydalanilgan adabiyotlar taxlili........................................ 
90 
 
 



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
Bugungi 
kunda jahonda davom etayotgan globallashuv jarayoni, rivojlanish darajasidan 
qat’iy nazar, dunyodagi barcha mamlakatlarda o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Davom 
etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz esa ushbu raqobat kurashini yanada 
keskinlashtirmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil o’sishiga 
erishishning asosiy omili uning raqobatdoshligini oshirishdan iborat. Faqat shu 
yo’lgina mamlakatning yer yuzidagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin 
egallashini ta’minlay oladi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish va 
iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy o’zgarishlar shuni anglatadiki, erishilayotgan 
yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishni 
diversifikatsiya qilish jarayonlarining o’rni kattadir. Shu nuqtai nazardan qarab, 
amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va tamoyillarini tahlil qilish, 
modernizatsiya va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish jarayonlarining nazariy 
asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ishlab chiqarishning globallashuvida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ushbu tarmoqlarda ishlab 
chiqarishni diversifikatsiya etishga olib keladi, pirovardida mamlakat, korxona va 
mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatdoshligi, aholining ish bandligi 
ortadi, uning turmush darajasi yuksaladi hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy 
o’sishi ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek 
“iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatdoshligini yanada oshirish, uning soha 
va tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilishdir.
1
. Ishlab 
chiqrishning globallashuvida sanoat korxonalarini texnologogik yangilash va 
modernizatsiyalash muhim axamiyat kasb etadi. 
1
Mirziyoev, Shavkat Miromonovich Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
ko’taramiz. - Toshkent: «O’zbekiston» NMIU, 2017. - 92 b. 



O’zbekistonda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda davlatning roli, 
birinchi navbatda, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish, sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi tashqi 
salbiy omillarni bartaraf etish, eksportni rag’batlantirish, soliqqa tortishda imtiyozlar 
berish, moliya-kredit mexanizmlarini rivojlantirish masalalaridan iborat. Bu 
jarayonlar bevosita qonuniy-huquqiy jihatlar va institutsional o’zgarishlarga 
asoslangan holda davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
#
ustuvor

yo’nalishari” deb nomlanuvchi 3-bandida ham xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy 
institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yo’li bilan, puxta o’ylangan tashqi qarz 
siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va 
$
kreditlardan

samarali 
2
foydalanish belgilangan
2

Sanoatda yuqori texnologiyali, zamonaviy korxonalar va quvvatlarni ishga 
tushirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash va 
modernizatsiyalash, investitsiya jarayonini takomillashtirish, jahon bozorlariga 
chiqishning asosiy omili hisoblangan to’laqonli raqobat muhitini shakllantirish 
belgilangan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga 
oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida 
e’tiborga loyiq. Shu jihatdan, respublikamizda ishlab chiqarishning globallashuvida 
texnologik 
yangilanish 
va 
modernizatsiyalash 
faoliyatini 
rag’batlantirish 
mexanizmini takomillashtirish va unda fan va texnika yutuqlarini joriy qilish 
yo’llarini tadqiq qilish bugungi kunning muhim va dolzarb masalalaridan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi ishlab chiqarishning globallashuvida 
texnologik yangilanish va modernizatsiyalashning holatini tahlil etish, uning 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni, 2017 yil 7 fevral. 



mazmun va mohiyatini ilmiy asoslash hamda samarali rivojlantirish masalalariga 
bag’ishlangan. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə