Ishni loyihalashtirish va keys stadi


mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix29.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#141365
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
ishni loyihalashtirish va keys stadi

mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo’llaniladi. Keyingi
yillarda oliy o’quv yurtlarida ham o’qituvchilarning keyslarni
ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi
kuzatilayapti.


Kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun o’zining boshqarish siyosatini ishlab
chiqishga tinglovchilar korxonada va umuman iqtisodiyotda vujudga
keladigan turli xil vaziyatlarni tahlil etish malakalari va ko’nikmalarini
egallashi, tahlil qila bilish qobiliyatini o’stirishi, boshqaruvchiga xos
xususiyatlarni orttirishlari zarur.
Birinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy ta’limning umumiy yo’nalishi,
uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq bilimlarni shakllantirishga, shu
bilan birga, tinglovchilarda fikrlash faoliyati, nazariy bilimlarini amalda
qo’llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo’lg’usi
mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, boshqaruv va
iqtisodiyotdagi tadqiqotlarning turli jihatlari bilan bog’liq keng
doiradagi masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga
yo’naltirilganligi bilan bog’liq. «Insonning qo’liga baliqni tutqazsang – u
bir kun qorni to’q yuradi, mabodo insonni baliq tutishga o’rgatsang – u
butun umri davomida ochlik nimaligini bilmaydi» – xitoylik
donishmandlarda shunday hikmatli gap bor. Auditoriya
sharoitlaridayoq boshqaruvchilik yechimlarini qabul qilishga doir
malaka va ko’nikmalar egallanmasa, keyinchalik yaxshi boshqaruvchi
bo’lib chiqish mumkin emas.



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə