Islomshunoslik


FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə2/7
tarix29.01.2023
ölçüsü212,5 Kb.
#99666
1   2   3   4   5   6   7
Abduqahhor

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI..................39

KIRISH
Bizning qanday buyuk va shonli oʼtmishimiz, qanday ulugʼ ajdodlarimiz borligini yaxshi bilamiz va bu bilan hamisha faxrlanamiz.Biz hali yurtimizni, uning oʼziga xos tarixi, madaniyati, ulugʼ olimu ulamolarini, bebaho maʼnaviy merosimizni toʼliq oʼrganganimiz yoʼq.1
Shavkat Mirziyoyev Miromonovich

Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston ulamolarining ustozi boʼlgan shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon hazratning ajdodboshi Hazrati Yuvosh Bob ibn Аbdur ar-Rahmon VIII asrda Isfijob sultoni boʼlganlar. Ul zotning shajarasida avlodlari - islom maʼrifatchilari nomma-nom qayd etilgan.XX asrda jaxonda yagona boʼlgan shoʼrolar davlatida dahriy-xudosizlik siyosati 74 yil (1917-1991 y.y.) xukm surgan. Oʼsha davrda dinimiz,ruhoniylar tabaqasi boshiga tushgan ogʼir sinovlar, diniy eʼtiqodli odamlarning qattiq quvgʼinga uchragani, ayibsiz qamoq azobini koʼrganlari, hayotlari bir umr xavf ostida oʼtgani, behisob tashvish va azoblarni ular bilan ahli ayollari, farzandlari ham boshidan kechirgan.


Gʼamu-tashvish fuqarolik xuquqlari cheklanganligi nima ekanligini men ham oʼz boshimdan kechirganman. Zero, Аlloh rahmati boʼlsin padaribuzrukvorim Said Temurxon ibn Olamgirxon Naqshbandiy ham Samarqand viloyati va Oʼrta Osiyoda maʼlum va mashhur eshon boʼlganlar.
Shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon murakkab davrda 1943 yilda Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari idorasi tashkil etilishi tashabbuskori boʼlganlar. Hazrat 1943-1957 yillarda shu idoraga ilk rais va besh respublika muftiysi vazifasida dinimizni qayta tiklanishiga va keyingi yillarda rivojlanishiga asosiy hissa qoʼshganlar.Ota-oʼgʼil-nevara muftiy Boboxonovlarning 47 yil davomida taqdirlari va ibratli hayotlaridan lavhalarni, hamda dahriylar siyosati ham bu zotlarning kuchli irodalarini, Аllohga sidqidildan xizmat qilishga maʼnaviy tayyorligini sindira olmaganini, bunday oliyjanob hamda savobli yoʼldan qaytara olmaganini bugungi ulamolarimizga, islom oʼquv yurtlari damla va talabalariga yetkazishimiz lozimdir. Muhtaram Prezidentimizning fikr va koʼrsatmalarini, jumladan nashrdan chiqqan “Dinimiz maʼrifatchilari” kitobni barcha masjidlar hamda islom oʼquv yurtlari va mahalla fuqarolar yigʼini kutubxonalariga yetkazish yoʼli bilan amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq boʼladi.2
Bilamizki tarix insonga umrining uzayishini taminlaydi chunki inson tarixni o‘rganar ekan o‘tmishda yashagandek bo‘ladi.Biz bu kurs ishimizda Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlarining diniy boshqarmasi tashkil etilishini tarixini o‘rganishga harakat qilamiz.Ikkinchi jahon urushi davrida sovet tuzumining diniy siyosatida keskin oʼzgarish kuzatilgan. 1943 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlarining diniy boshqarmasi tashkil etiladi. Oʼsha davrda Diniy boshqarma faoliyati beshta sobiq sovet respublikasi – Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Oʼzbekistonni qamrab olgan edi. Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy boshqarmasi muftiysi sifatida bir ovozdan Eshonxon Boboxon tayinlangan.
– Ikkinchi jahon urushining eng ogʼir paytida sobiq ittifoq aholisining Islom diniga boʼlgan munosabati ijobiy tomonga oʼzgara boshladi,– 1943 yil 31 iyulda Toshkent shahrida Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlarining Diniy boshqarmasi tashkil etiladi. Muftiy Eshon Boboxonga Diniy Idora boshqaruvini tashkil etish va uni yoʼlga qoʼyishda mazkur zotlardan tashqari oʼzlarining oʼgʼillari Ziyovuddinxon qori, Kamoliddinxon qori, Badriddinxon va Nosirxonlar yaqindan yordam berishadi. Shu yili Toshkentda I qurultoy oʼtkaziladi. Unda Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari Diniy boshqarmasini tashkil etish va Eshon Boboxonni muftiy etib saylash toʼgʼrisida qaror qabul qilingan.
Manbalarga koʼra Eshon Boboxon Diniy boshqarmaga rahbarlik qilgan davrda Mir Аrab madrasasining oʼquv dargohi sifatida rasman faoliyat koʼrsata boshladi. Buxorodagi Bahouddin Naqshband, Samarqanddagi Shohi Zinda, Dushanbedagi Xoja Yaʼqub Charxiy, Toshkentdagi Imom Qaffol Shoshiy kabi ziyoratgohlar ochildi. Viloyatlar markazlarida yirik jomeʼ masjidlarining ishga tushirildi. Bir qator islomiy osori-atiqalarni taʼmirlandi, bundan tashqari, boshqa koʼplab xayrli ishlar bevosita u zotning rahbarligida amalga oshirildi.


Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə