Islomshunoslik


I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA MARKAZIY OSIYODAGI IJTIMOIY, SIYOSIY VA DINIY VAZIYAT



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə3/7
tarix29.01.2023
ölçüsü212,5 Kb.
#99666
1   2   3   4   5   6   7
Abduqahhor

I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHIDA MARKAZIY OSIYODAGI IJTIMOIY, SIYOSIY VA DINIY VAZIYAT


    1. Markaziy Osiyoda ma’rifatparvarlik harakatining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Markaziy Osiyo tarixan ilm-ma’rifat maskanlaridan hisoblangan. Bu o‘lkada yashovchi musulmonlar orasidan esa o‘zlarining ilmlari, qarashlari bilan jahon hamjamiyatiga naf keltirgan mutaffakkirlar, ma’rifatparvarlar yetishib chiqqanligi hech kimga sir emas. Ammo ma’lum bir davrlar bo‘ladiki, zalolatga ketgan xalqda ilm-ma’rifatga bo‘lgan rag‘bat asta-sekinlik bilan yo‘qola boshlaydi. Natijada bu kabi xalqlarda madaniyat yo‘qolib, dindan uzoqlashish holatlari kuzatiladi. Diyorimiz ham bu holatlarni ma’lum miqdorda boshidan o‘tkazganligiga tarix guvoh. Lekin shu holatda ham o‘zligini yo‘qotmagan toifalar mavjud bo‘lganki, ular o‘z dinlarini musulmon birodarlarining kelajagini o‘ylab xalqni bu zalolatdan olib chiqishga harakat qilishgan. Bu harakat namoyondalari jadid ma’rifatparvarlari hisoblangan.
Markaziy Osiyo ma’rifatparvarlik harakati ijtimoiy-siyosiy, milliy va diniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, o‘lka musulmonlari manfaatlariga javob bergan, ijtimoiy taraqqiyot masalalarini to‘la anglab yetgan harakat sifatida vujudga keldi. Mustamlakachilik, o‘lka musulmonlarining ayanchli ahvoli, madaniyatdan tubanlikka qarab ketayotgan xalqni madaniy tanazzuldan olib chiqish, rivojlangan mamlakatlardan ortda qolish kabi holatlar ularni chora ko‘rishga undadi. Jadidlarning ma’rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatidan bugungi kunda ham xalqni to‘lqinlantiradigan junbushga soladigan mafkura hisoblanadi. Bu holda ularning qarashlarida eng muhim omillardan biri sifatida islomning modernizatsiyalashuvi, uni turli bid’at va xurofotlardan tozalash, shuningdek, ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlarini egallash masalalari maydonga chiqdi3. Markaziy Osiyoda ma’rifatparvarlik harakatining katta ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishida barcha shart-sharoitlar va omillar yetilgan edi. G‘aflat uyqusidan uyg‘onish, butun millat uyg‘onishi, yangi renessans tarixiy zarurat bo‘lib qolgandi. Ma’rifatparvarlik harakati XX asr boshlarida Rossiya, Turkiya va Eronda ro‘y bergan inqilobiy harakatlar ta’sirida maydonga kelganligi hammaga ma’lum. Adabiyotshunos va jadidshunos olim N.Karimovning qayd etishicha: “Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelish va shakllanish tarixi o‘rganila boshlanganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo shunga qaramay, hozirning o‘zidayoq bu yuzasidan talaygina ishlar amalga oshirildi. Jadidchilik harakatga bo‘lgan qiziqishning tobora keng qanot yozayotganligi va bu mavzu bilan Germaniya, Fransiya, AQSH, Yaponiya va Turkiya singari mamlakatlardagi olimlarning ham shug‘ullanayotganligi sababli, Turkiston xalqlari tarixining bu murakkab davri keng ko‘lamda o‘rganilmoqsa, biroq, xudi shu hol tufayli ayrim masalalar yuzasidan bir-biriga zid qarashlar ham paydo bo‘lmoqda”4.
Ammo keyingi yillarda xudi shu masalada o‘zgacha fikrlar ham o‘rtaga tashlanmoqda. Chunonchi, o‘zbek xalqi tarixining xorijiy tadqiqotchilaridan biri Boymirza Hayitning fikriga ko‘ra, jadidchilik XIX asr oxirlarida paydo bo‘la boshlagan. U Turkistondagi bu ma’rifatparvarlik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalarini sanaganda, M.Behbudiy, A.Fitrat, Cho‘lpon singari tom ma’nodagi jadidlar bilan birga Komil Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Abay, Mulla Nafas, Zinhoriy singari ma’rifatparvar shoirlarning ham nomlarini tilga olgandi. Shunga ko‘ra, jadidchilik harakati XIX asr oxirlaridan vujudga kelganligi nuqtai-nazarini ilgari surgan. Yana shuni qayd etish mumkinki, so‘nggi yillarda O‘zbek olimlari orasida ham jadidchilik harakatining vujudga kelish vaqtini bir oz oldinga surish, shuningdek, jadidlar safini yuqoridagi singari kengaytirishga urinish tamoyili ham yo‘q emas. Markaziy Osiyo ijtimoiy hayoti uchun xarakterli bo‘lgan muhim narsa shundaki, bu davrda nafaqat Qirim va Volga bo‘ylarida, balki Arabiston, Turkiya, Afg‘oniston va Hindiston O‘zbek (turk) hamda fors-arab tillarida nashr etilgan gazetalar ham turli yo‘llar bilan kela boshlagan edi. Bu nashrlarda e’lon qilingan maqolalar orqali O‘zbek ziyolilari jahonning boshqa mamlakatlarida ro‘y berayotgan milliy-ozodlik harakatlari, fan va madaniyat sohasida erishilayotgan yutuqlar, maktab islohotiga oid haqiqat bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Aniqroq aytsak, bu nashrlar orqali Turkistonga ma’rifatparvarlik va milliy uyg‘onish g‘oyalari kirib keldiki, bu O‘zbek jadidchilik harakatining vujudga kelishiga turtki bergan omillardandir. Shu tariqa Jadidchilik Markaziy Osiyoda va Yevropadagi ilg‘or islohatlar oqimi ta’siri ostida, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga keldi va ijtimoiy taraqqiyotda burilish bosqichini belgilab berdi. Milliy ziyolilar, ilg‘or taraqqiyparvar kuchlar mustamlaka Turkiston, Rossiyaga yarim qarash bo‘lgan Buxoro va Xiva xonliklaridagi inqirozli ahvol, bu o‘lkalarning umumjahon taraqqiyotdan tobora ortda qolayotgani, mahalliy aholining erk uchun intilishlarining bostirilish sabablarini, nafaqat iqtisodiy sohada, balki diniy, ma’naviy sohada ham yuzaga kelgan turg‘unlikni chuqur anglab etdilar va bu ular ongida jamiyatni isloh etish g‘oyalarini uyg‘otdiki, busiz taraqqiyotni tasavvur etib ham bo‘lmasdi.
Markaziy Osiyodagi bu ma’rifatparvarlik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqirra yo‘lni bosib o‘tdi. Jadidchilik turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohatlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasini tanlab olib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyot haqidagi turli qarashlarning to‘qnashuv maydoni ham paydo bo‘la boshladi . Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi, ana shu murakkab yo‘lda shakllanib yetildiki, bu g‘oyani biz bugungi kunda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning g‘oyaviy nishonasi, keng miqyosdagi islohatlarning nasliy asosi sifatida baholashimiz mumkin.
Markaziy Osiyo ma’rifatparvarlik harakati islomdagi taraqqiyparvarlik ilm fanga rahbar va dunyoviylikning yangi davrdagi ko‘rinishi sifatida paydo bo‘ldi. Jadidchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga Sharq va G‘arb mamlakatlarida rivojlangan quyidagi demokratik, milliy-ozodlik islohotchilik harakatlarining tasiri ham kuchli bo‘ldi:

  1. XIX asrning 90-yillaridan boshlab 1905-1907 va 1917-yillarda katta

g‘alabalarga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari hamda ularning Turkistonga tasiri.
2) Afg‘oniy (1839-1897) va Muhammad Abdolar (1848-1903) asos solgan musulmon dunyosidagi islohatchilik va “nahda” (uyg‘onish) harakatlari;
3) Turkiyadagi aksilmonarxistlik konstitutsion demokratik ijtimoiy milliy
uyg‘onish harakatlari: “Ittihodiy vа tаraqqiy”, “Yosh turklаr”ning ta’siri kаttа bo‘ldi5.
Jadidchilik harakatining paydo bo‘lib rivojlanishida Qrimlik Ismoilbek Gaspirinskiy (1851-1914) alohida ahamiyat kasb etadi. U Qrimda XIX asrning 80-yillaridayoq Rossiya tomonidan bosib olingan musulmon xalqlari orasida birinchi bo‘lib jadidchilik-ma’rifatparvarlik harakatiga asos soldi. Xarakatning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog‘liq. U yozadi: “...1884 sanasi Bog‘chasaroyda bir maktabni “usuli jadid”ga qo‘ymish edim”6. Bu shaxs 1851-1914-yillarda yashab o‘tgan bo‘lib uning qarashlarining boshqa hududlarga yoyilishi oqibatida bu harakat Turkiston diyorlariga ham kirib bordi. Ismoil 1884-yilda o‘zining jadid maktabi tashkil etadi va 40 kunda 12 o‘quvchining savodini chiqardi. Uning o‘qitish usuli “usuli savtiya”, ya’ni “yangi usul-harf tovush usuli” nomi bilan tanildi. U O‘rta Osiyga o‘zining tashrifi davomida qator shaharlarga kiradi jumladan 1893 yilda Toshkentga keladi va ziyoli ulamolar bilan uchrashadi. Samarqandda bo‘ladi. U yerdan Buxoroga borib, amir Abdulahadni jadid maktabi ochishga ko‘ndiradi va Mo‘minxo‘ja Vobkendiy va g‘ijduvonlik Domla Fozil sa’yi – harakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochiladi. Bu maktabga “Muzaffariya” degan nom berilgan7. U darslik yaratdi, o‘zining “Tarjimon” ro‘znomasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ‘ib qildi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaharlarga ham tez yoyildi. Jadidchilik shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida vujudga kelgan. Jadidchilik g‘oyalarga erta bahorning shiddatli shamollari singari po`panak bosib, biljirab ketgan o`rta asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha ochib tashladi. Momaqaldiroq bo`lib, Millat va Vatanning hayot-mamot masalasi kuntartibga qo`yilgani haqida bong urdi. Chaqmoqdek chaqnab, uning bag`ridagi jarohatlarni yoritdi. Obirahmat bo`lib, ona Turkiston ko`ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga hayot baxsh etdi. Bu go`yalarning asosida milliy uyg`onish, milliy mustaqillik uchun kurash milliy g`oya yotar edi8.
Shuningdek chor hukumatining o‘lkamizda olib borgan yana bir siyosati mavjud bo‘lib, bu siyosat natijasida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘plab rus fuqarolari ko‘chirilib keltirila boshlagan va eng unumli, ishlangan, ekinzor yerlar ular tomonidan tortib olingan, mahalliy dehqonlar xo‘jaligi vayron etilgan edi. “Kelajak muxojir rus qishloqilari yerli xalq kishilaridan ko‘ra boyroq bo‘lishi kerak”, degan shior shu davrda rus mustamlakachilik siyosatining tamal toshini belgilab berdi. Shu shiorga amal qilgan mustamlakachilar mahalliy xalqqa tegishli unumli yerlarni tortib olib, ularni kelgindi ruslarga bo‘lib berdilar. Ana shu tarzda, 1906-1913 yillarda Turkistonda 116 ta rus qishlog‘i vujudga keldi. Bu qishloqlarni tashkil etgan ruslarning 36,7 foizi hech qanday mol-mulksiz, 60,9 foizi esa, xatto, sariq chaqasiz kelgan edi. Chor hukumati ana shu ruslarning boshlarini silab, ularning mahalliy xalqni ezish va feodal qoloqlik sharoitida ushlab turishda xukumatning ishonchli suyanchig‘i bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratdi. Natijada, maxalliy xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahvoli chidab bo‘lmas darajada og‘irlashdi. Zulm shu tarzda keng avj oldi. Sabr kosasi to‘lgan xalq stixiyali tarzda bo‘lsada, Turkiston bo‘ylab rus mustamlakachilik siyosatiga qarshi isyonlar ko‘tara boshladi. O‘lkada yuz bergan ana shunday norozilik namoyishlari mahalliy ziyolilarni mavjud siyosiy-ijtimoiy vaziyat haqida o‘ylash va unga qarshi kurashish yo‘llarini topishga majbur etdi.
Jadidchilik harakatlari tarixchilar tomonidan turli davrlarga va tarqalish hududlariga bo‘lib o‘rganilgan. Ularni quydagi bosqichlarga ajratish mumkin. Ushbu harakatning rivojlanish davriga ko‘ra bosqichlarga bo‘linishi quydagicha edi:
1) XIX asr oxirlaridan 1916-yilgacha ma’rifatchilik;
2) 1915-yildan 1918-yil fevraligacha muxtoriyatchilik;
3) 1918-yil fevralidan 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati9.
Bu davrlarda o‘z faoliyatlarini jadidlar turli bosqichlarda olib bordilar. Ular faoliyati davomida turkchilik, islomchilik, mahalliy o‘zbekchilik kabi g‘oyalar o‘rtaga tushushi tabiiy bir hold edi. Dukchi Eshon xususida to‘xtalinadigan bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida ham jadidchi, din islohotchisi. siyosiy kurashchi hisoblangan. Shu tufayli ham biz ma’rifatparvarlik harakati namoyondalarini faqat bir yo‘nalsihda ketganlar desak maqasadga muvofiq emas. Ba’zi bir ma’rifatparvarlar hattoki o‘z maqsadlariga erishish uchu ruslar bilan hamkorlik qilishga ham majbur bo‘lganlar. Bu ayniqsa mustaqillik uchun olib borilgan harakatlarda yaqqol namoyon bo‘lgan, Tarixan bu borada ma’rifataparvarlar 3 xil usuldan foydalanishgan:

  1. Rossiyaga tobe’likdan qurolli yo‘l bilan qutulish, kuch bilan istiqlolga erishish (masalan Dukchi Eshon ko‘zg‘oloni, 1916 yilgi mardikorlik harakati, istiqlolchilik harakatlari).

  2. Murosaga kelish usuli. Ma’rifat masalasida huquqlar olish, milliy xususiyatlarni tiklash. (Mahmudxo‘ja Behbudiy)

  3. Hamkorlik qilish. Masalan chor hukumatining turli dastur, loyihalarida qatnashish, lekin ularning qarashlarida fursat bo‘lishi bilan mustaqillikka intilish asosiy o‘rin egallagan.( Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy).10

Yuqoridagi ma’rifatparvaralar tutgan yo‘llar isboti sifatida masalan Abdulla Avloniy tarjimai holiga e’tibor qiladigan bo‘lsak ushbu jumlalar keltirilgan. “1904 yildan jadidchilar to‘dasida ishlay boshladim, - deb yozadi u... o‘z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi... rus-yapon urushi chiqib, bizning ham ko‘zimiz ochildi...11”. Shuningdek, Behbudiy ham millat orasida chuqur tomir otgan “g‘araz, nafsoniy hasad, baxs va munozarai shaxsiyatlarni tark etmoqqa, shu maslak va shu jamiyatga tobe’ va xodim bo‘lmoqqa chaqiradi. Din va davlatga, Vatan va Millatga xizmat etmoqni sharaf hisoblaydi12”.
Markaziy Osiyoda bu harakatning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Asadullaxo‘jayev, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho‘lpon, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy Abdulla Avloniy, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekovev, Xoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Nosirxonto‘ra Kamolxonto‘rayev, Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy, Eshonxo‘ja Xonxo‘jayev, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Sadriddin Ayniy, Fayzullo Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Muso Saidjonov, Abdulvohid Burxonov,
Usmon Xo‘jayev, Mirkomil Burxonov, Muhitdin Mansurov, Muxtor Saidjonov, Abduqodir Muhitdinov, Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Xoji Yusupov, Avaz O‘tar, Husayn Matmurodov, Nazir Sholiqorov, Otajon Abdalov, Xudoybergan Devonov, Muhammad Rasul Mirzo, Otajon Sadayev, Bekjon Raximov, Muhammad Devonzoda va boshqalar nomlarini alohida tilga olish zarur. Bular nafaqat xalq ommasining ma’rifatli qilishga balki, mustaqillik g‘oyalarini shakllantirishda ham katta hissa qo‘shdilar.
Tarixning ko‘rsatishicha, ma’rifatparvarlik harakatida orqaga yo‘l yo‘q edi: u ma’rifatchilik va tor doiradagi o‘lka musulmonlarini madaniylashtirishdan ish boshlab, siyosiy harakatga aylandi, o‘z oldiga jamiyat va uni boshqarishni qayta qurishdek vazifalarni qo‘ydi. Shunday qilib, jadidchilik fenomeni shundaki, keyingi uch asr ichida bu oqim birinchi bo‘lib, milliy davlatchilik qurishga urundi, yagona mustaqil Turkiston uchun kurashdi va u milliy mustaqillik g‘oyasiga asos soldi, uyqudagi Sharqni uyg‘onishga va harakatlanishga, ozodlik, milliy g‘urur, o‘z buyuk ajdodlari, boy madaniyati va umuman, mustamlaka tuzumning tazyiqi ostida unutilgan barcha qadriyatlarni xotirlashga undadi. Jadidlar ta’limoti - o‘z zamonasining haqiqiy ta’limoti edi. Chunki u nafaqat taraqqiyparvar shaxslar, balki fikrlovchi yoshlarni, shuningdek, barcha taraqqiyparvar ziyolilarni o‘z ketidan yergashtira oldi.
Ularning faoliyati va dasturi kelajak uchun namuna bo‘ldi. Jadidlar tomonidan pishib yetilgan ijtimoiy vazifalarni evolyutsion - islohatchilik tomoyillari asosida hal etishning ishlab chiqilganligi, ularning formatsion - institutsional o‘zgartirishlari, mustamlaka tuzumni tubdan yo‘qotishning maksimal darajada samarali yo‘llarini tanlay bilganliklari, shubhasiz, ularning tarixiy xizmatlaridir.
Jadidlarning konseptual g‘oyalari hozirgi o‘zgarishlar amaliyotining ma’naviy darakchisi, bugungi kundagi strategiya va keng qamrovli islohatlar kursining genetik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Jadidlarning qarashlarida ma’rifatparvarlik g‘oyalari, jamiyatdagi salbiy illatlar aks etgan bo‘lishi mumkin. Ammo bu kabi shiorlarni tom ma’noda jadidchilik deb bo‘lmaydi. Ushbu harakat nisbatan keyinroq yorqin namoyon bo‘la boshlagan.




    1. Yüklə 212,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə