Islomshunoslik


Muftiy Boboxonovlar sulolasining hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə6/7
tarix29.01.2023
ölçüsü212,5 Kb.
#99666
1   2   3   4   5   6   7
Abduqahhor

2.2 Muftiy Boboxonovlar sulolasining hayoti va ilmiy faoliyati
Eshon Boboxon 1858 yili Toshkent shahrining Hazrati Imom mahallasida taniqli din arbobi Abdul majidxon ibn Yunusxon xonadonida tug‘ildi. Uning katta bobosi Ayubxo‘ja Eshon, bobosi Yunusxo‘ja Eshon, otasi ham o‘z davrining obro‘li faqihlari bo‘lishgan, «Mo‘yi muborak” madrasasida uzoq yillar mudarrislik qilishgan. Eshon Boboxonga diniy bilimlarni o‘rgatgan birinchi ustoz uning otasi Abdulmajidxon ibn Yunusxo‘ja Eshon bo‘ldi. So‘ngra u amakisi taniqli olim, yuksak fazilat va bilim sohibi Bahodirxon maxdumdan saboq oladi. Olti yoshi-dayoq onasidan judo bo‘lgan Eshon Boboxonni bobosi Yunusxo‘ja Eshon ibn Ayyubxo‘ja o‘z panohiga oladi.Keyinchalik uning tarbiyasi bilan Abdulmajidxon ning singlisi Bibisora shug‘ullanadi. O‘qimishli va boy Bibisora beva qolib, farzand ko‘rmagan edi. Tez orada Eshon Boboxonni asrab oladi va 12 yoshga to‘lganida, Buxorodagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga jo‘natadi.Taʼlim ishlarini tekshirish uchun Toshkentdan Bu xoroga kelgan xalq qozisi Muhiddinxo‘ja yosh Eshon Bo boxonda ilmga kuchli ishtiyoq borligini payqab, uni sho girdlari safiga oladi. Buxoroda o‘qishni tugatib kelgan Eshon Boboxon qozi Muhiddinxo‘ja tavsiyasi bilan Toshkentda «Ko‘kaldosh” madrasasida tahsilni davom ettiradi. Yosh Eshon Boboxon diniy ilmlarni chuqur o‘rganishga harakat qildi. U tartib-intizomli,o‘ziga talabchan, tirishqoq talaba edi. Tez orada aʼlo natijalarga erishdi. Muhiddinxo‘ja bir necha yillar mobaynida Eshon Bo boxonni kuzatib yurdi. Nihoyat, madrasani bitirgach, yosh faqih olimga To‘xtaxon ismli qizini nikohlab berdi. Qozi Toshkent yaqinidagi Yalang‘och qo‘rg‘onidan 120 gektar yerini ham qiziga hadya qilgan edi.
Eshon Boboxon bilan To‘xtaxon nikohidan uch o‘g‘il: Muborakxon, Oqilxon va Saidkamolxon tug‘ildi. To‘rtinchi farzandiga ko‘zi yoriyotganida To‘xtaxon va fot etadi. Dafn marosimini o‘tkazish kunlari va undan keyingi kunlar mushfiq ammasi Bibisora go‘dak far zandlarga qarash,uy-xo‘jalik ishlarini bajarish yolg‘iz qolgan Eshon Boboxonga qanchalar qiyin bo‘layotganini ko‘radi. Shundan so‘ng u shaharda taniqli boylardan Siddiqxo‘janing qiziga sovchi qo‘yishga qaror qiladi. Biroq Siddiqxo‘ja Toshkentning badavlat kishilari dan birining o‘g‘lini kuyov qilishni istar, shu bois 14 yoshli qizi Salomatxonni uch bolaning otasili katta yosh Eshon Boboxonga bergisi kelmaydi. Salomatxonning onasi To‘raxonposhsha zamonasining o‘qimishli ayollaridan edi. U qizi bilan bo‘lmish kuyovning orasidagi yoshning farqiga qaramay, Eshon Boboxondek ilmli olim kuyovi bo‘lishini xohladi va erini ham bu xayrli ishga rozilik berishga undadi. To‘raxonposhshaning bobosi Abdusattor Oxun ziyoli kishi bo‘lib, o‘zining shaxsiy kutubxonasi bor edi. To‘raxonposhsha bobosidan meros olgan barcha kitob va qo‘lyozmalarni qizining sepiga qo‘shadi. Salomatxon sharqona donishmandlikning eng yaxshi anʼanalari ruhida tarbiya topgan edi. U Qurʼoni karimni tilovat qila olar,namoz o‘qir, uy yumushlarini yaxshi yuritar edi. Bibisora Hazrati Imom mahallasidagi uy-joyini Eshon Boboxonga xatlab beradi. Qarindoshlari - Yunusxonxo‘ja eshonning farzand va nabiralari shu mahallada, ularga qo‘shni bo‘lib yashashardi. Eshon Bo boxon bilan Salomatxon nikohidan to‘rt o‘g‘il: Zaynud dinxon, Ziyovuddinxon, Badriddinxon, Nasriddinxon va ikki qiz - Safiyaxon bilan Saidaxon tug‘ildi. Eshon Boboxonning marhuma ayoli To‘xtaxondan tug‘ilgan o‘g‘illari ham shu uyda, hammalari bir onaning bolalariday ahil-inoq ulg‘ayishdi. Eshon Boboxon noyob isteʼdodli inson edi. U umri ning oxirigacha ilmini tinimsiz oshirishga harakat qildi. U o‘zidan yosh yoki hali bilimi-tajribasi kamroq olimlardan ham o‘zini qiziqtirgan savollarga javob so‘rashni aslo or deb bilmasdi. Har xil mayda tashvish larga o‘ralashib qolmay, bor vaqtini diniy nashrlarni o‘qishga, aqida, fiqh, tafsir, hadis, sarfu nahv va taj vidga doir murakkab masalalarga javob topishga sarf lardi. Eshon Boboxon Bahouddin Naqshband taʼlimotini puxta o‘rgangan, naqshbandiya tariqatining faol izdoshla ridan biri edi. Ushbu tariqat necha asrlardan buyon O‘rta Osiyoda keng tarqalgan, Sharq ijtimoiy hayoti va siyosa tiga ham katta taʼsir o‘tkazar edi. O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan juda ko‘p ulug‘ alloma zotlar mazkur tariqatda bo‘lishgan. Buyuk fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy (1414–1492), buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy (1411– 1501) shular jumlasidan bo‘lishgan. Xoja Bahouddin Naqshband Qurʼoni karim oyatla ri bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sunnatlarini hamda sahobiylar va solih salaflarning o‘gitlarini keng va chuqur o‘rganish, hayotga tatbiq etish natijasida naqshbandiya tariqatiga asos solgan. Uning «Dil ba Yoru dast ba kor” -«Dil Allohda, qo‘l ishda bo‘lsin” shioriga ko‘ra, inson faoliyatining turli sohalari: dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo hamda davlat xiz-matining bar cha-barchasida halollikka, mehnatsevarlikka, himmatga,marhamatga, to‘laqonli hayot kechirishga, hamjihatlikka chaqirgani bois xalq orasida juda ko‘pchilik naqshbandiya tariqati izdoshi bo‘ldi.Eshon Boboxonning hayot maslagi odamlar bilan ro‘y- rost, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, faqat yaxshilikka va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar o‘rnatish edi.29
1912 yili Eshon Boboxon qaynotasi Siddiqxo‘jaboy va o‘g‘li Saidkamolxon hamrohligida muborak haj safa riga otlandi. O‘n olti yoshli Saidkamolxon ancha baquvvat yigit bo‘lib, uzoq yo‘lda yordamchi vazifasini bajarar edi. Ular Toshkentdan poyezdda Odessaga kelishadi, Odessadan kemada Istanbulga yetib olishadi. Istanbuldan Makkaga cha esa tuyada yo‘l yurishadi. Butun yo‘l davomida har ikki kecha-kunduzlik masofadan so‘ng bir oz to‘xtab, suv, oziq- ovqat g‘amlab olishga, tuyalarni almashtirishga xoslangan joylar bor edi. Makkada haj amallarini ado etishgach, Madinagacha yana o‘n ikki kun yo‘l yurishdi. Hojilarning Makkaga borib, haj farzini ado etish va Madinada Payg‘ambarimizni (s.a.v.) ziyorat qilish uchun borish-ke lishlariga hammasi bo‘lib bir yuz sakson ikki kun vaqt ketdi. Ularning Makkaga borib, hajahkomlarini ado etishganini tasdiqlovchi asl nusxa hujjat mavjud.
Boboxonovlar haqida. Boboxonovlarning uch avlodi vakillari – shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon (1858-1957 y.), shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1908-1982 y.), Shamsuddinxon Boboxonov (1937-2003 y.)ning har biri muftiy sifatida nafaqat yurtimizga, balki Markaziy Osiyo va sobiq Ittifoqqa, hatto butun dunyoga tanilgan.
Islom dini qadriyatlarini asrash va ravnaq toptirishda ularning xizmatlari katta boʼlgan. Jumladan, Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon dahriylik shoʼrolar davlatining rasmiy siyosati hisoblangan, islom dini taqiqlanib, masjidu madrasalar yopilgan, aksariyati yotoqxona yoki omborxonaga aylantirilgan, diniy qonun-qoidalaru milliy urf-odatlarga rioya qilgan kishilar taʼqib ostiga olingan davrda yashagan boʼlsa-da, oʼz iymon-eʼtiqodini saqlab qolgan. Yurtimizda islom dinini himoya qilish va qayta tiklash borasida jonbozlik koʼrsatgan. Oʼzi va oʼgʼli shayx Ziyovuddinxon oʼtgan asrning 37-yillaridagi qatagʼonlar davrida turli bahonalar bilan hibsga olingan. Ular maʼlum vaqtdan soʼng zolimlar zulmidan qutilgan, ammo yana bir oʼgʼli – Zayniddinxon qori Sibirga surgun qilinib, otib tashlangan.
Shunga qaramay, muftiylar iymon-eʼtiqodlarida sobit qolib, yurtimizda islom dinining mavqei tiklanishiga ishonch bilan qaraganlar. Аllohning marhamati bilan Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan 1943 yili shoʼrolar mamlakatida ilk bor islom dini rasman tan olinib, Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazorati (OʼOQMDN) tashkil topdi. Bu tuzilmani shakllantirish va butun mintaqada diniy tashkilotlar faoliyatini yoʼlga qoʼyish uning birinchi raisi va beshta respublika muftiysi shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon zimmasiga tushdi. U oʼta masʼuliyatli ushbu vazifani uddalay oldi. Eng hayratlanarlisi, u yangi idora uchun oilasi yashayotgan uyni boʼshatib berib, kutubxonasiga oʼzining noyob mingdan ortiq kitoblarini tuhfa qildi.
OʼOQMDNi esa qirgʼinbarot qizgʼin tus olgan sharoitda oʼzining barakali ishlari, xususan, xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga safarbar etishda jang qilayotgan askarlarni ruhlantirishdagi xizmatlari bilan keng jamoatchilik oʼrtasida katta obroʼ-eʼtibor qozondi. Bu Ittifoq hukumati tomonidan ham eʼtirof etildi. Natijada bir nechta masjidni ochishga va diniy tashkilotlar uchun kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi. Shunga koʼra, Buxoroda oʼrta diniy maʼlumot beruvchi Mir Аrab madrasasi, Toshkentda esa Oliy islom instituti tashkil etilib, diniy tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish yoʼlga qoʼyildi.
Oʼzbekiston va butun mintaqadagi diniy ishlarni qattiq nazorat qilib turuvchi markaz urushdan keyin sobiq Ittifoqning xalqaro maydonda, xususan, arab mamlakatlarida obroʼsini oshirish, tarafdorlarini koʼpaytirish maqsadida mamlakat musulmonlari idoralari chet el tashkilotlari bilan hamkorlik qilishiga izn berdi. Аyniqsa, shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning muftiyligi va sobiq Ittifoq hukumati huzuridagi Diniy kengash musulmonlar tashkilotlarining xalqaro boʼlimi mudirligi davrida mamlakatimiz musulmonlarining xorijiy davlatlar va xalqaro birlashmalar bilan aloqalari kengaydi. Uning faol saʼy-harakatlari bilan 1973 yili Toshkent va Samarqandda yurtdoshimiz, buyuk muhaddis Imom Buxoriy tavalludining 1200 yilligi xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro islom tashkilotlari vakillari ishtirokida keng nishonlandi.
Bu tadbirni tayyorlash boʼyicha respublika komissiyasi yigʼilishlaridan birida men ham qatnashgan edim. Unda Payariq tumanining Xartang qishlogʼidan Imom Buxoriy qabrigacha boʼlgan yoʼlga asfalьt yotqizish uchun mablagʼ topish masalasi koʼtarildi. Shunda Ziyovuddinxon qori: “Uni masjidlarga tushadigan ehson pullari hisobidan hal qilishimiz mumkin”, dedi. Lekin ish bungacha borib yetmadi. Chunki bunday gap-soʼzlardan ogoh topgan respublikamiz rahbari Sharof Rashidov “Uch kilometrlik yoʼlni asfalьtlash qoʼlimizdan kelmasa, qanaqa davlatmiz?” deb, tegishli idoralarga muammoni ijobiy hal etish boʼyicha koʼrsatma berdi.
Men Ziyovuddinxon qorining qator majlislardagi maʼruzalariga guvoh boʼlganman. Rahmatlining nutqi koʼpincha qisqa, ravon va purmaʼno boʼlardi.
Kaminaning Boboxonovlar avlodiga mansub yana bir ajoyib inson – muftiy Shamsuddinxon Boboxonov bilan ham tanishuvimiz ham bir umr xotiramga muhrlangan. Bu voqea Moskvada, u kishi SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutiga ilmiy ishi yuzasidan borgan kezlarda roʼy berdi. Oʼzbekiston Davlat matbuot, nashriyot va matbaa qoʼmitasi rahbari sifatida oʼsha shaharda boʼlganimda, toshkentlik bir doʼstim meni Shamsuddinxon vaqtinchalik yashayotgan uyga yetaklab bordi. Mezbon osh damlab turgan ekan, bizni eski qadrdonlarday ochiq chehra bilan kutib olib, dasturxonga taklif etdi.
Samimiy suhbat chogʼi men Shamsuddinxon dunyoqarashi keng, dunyodagi voqea-hodisalardan yaxshi xabardor, islom dinining hayotimizdagi oʼrnini va musulmon davlatlarining xalqaro maydonda ahamiyati tobora oshib borishini teran tushunadigan, har tomonlama bilimli, yuksak madaniyatli, kamtarin inson ekanligiga ishonch hosil qildim.
U nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgach, oldin OʼzFА Sharqshunoslik institutida ilmiy izlanishlarini davom ettirdi. Keyinchalik Toshkent Oliy islom instituti rahbari, sobiq Ittifoq hukumati huzuridagi Diniy kengashning musulmonlar tashkilotlari xalqaro aloqalar boʼlimi mudiri, Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari boshqarmasi raisi, muftiysi lavozimlarida ishladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, diplomatik xizmatga chaqirilib, Misr, Saudiya Аrabistoni, Iordaniya, Quvayt, Bahrayn, Jazoir kabi davlatlarda Oʼzbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi vazifasini bajardi. 30
Shamsuddinxon Boboxonov bobosi va otasi izidan borib, ularning yurtimizda islom dinini qayta tiklash va mavqeini mustahkamlash, moʼminlar diniy urf-odatlarga rioya qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarini izchil davom ettirdi. Shuningdek, dunyoviy ishlarda faol qatnashdi. Shoʼro tuzumi davrida jamoat birlashmalari va xalqaro tashkilotlar tadbirlarida ishtirok etib, mamlakatning chet ellar bilan aloqalarini rivojlantirish yoʼlida xizmat qildi. Shu bois qator davlatlarning yuksak mukofotlariga loyiq koʼrildi.
Sirasini aytganda, muftiy Boboxonovlarning xalqimiz, mamlakatimiz, dinimiz oldidagi xizmatlari ulkan. Ularning tarixini, ijtimoiy-maʼnaviy merosini oʼrganish va yosh avlodni tarbiyalashda qoʼllash muhim ahamiyat kasb etishi tayin. Biroq masʼul tashkilot-idoralar bu masalaga hozirga qadar yetarli darajada eʼtibor bermadi. Oxir-oqibat sulolaning ijtimoiy-maʼnaviy faoliyatiga oid materiallarni yigʼish, oʼrganish, saralash kabi ishlar bilan faqat ushbu kitob muallifi – Boboxonovlarning yaqin qarindoshi Аmirsaidxon Usmonxoʼjaev shugʼullandi. U oʼz kuchi bilan va shaxsiy mablagʼlari hisobidan muftiy Boboxonovlar shajarasini tiklab, ular haqida kitoblar chiqardi. Xususiy xonadoni yertoʼlasida “Muftiy Boboxonovlar tarixi” nomli koʼrgazma tashkil qildi. Shuningdek, yaqinda rasman roʼyxatga olingan Muftiy Boboxonovlar jamgʼarmasi taʼsis etilishida tashabbuskorlik koʼrsatdi
XULOSA
 Sho‘ro mafkurasi xalqimizni dindan, islomiy meros va qadriyatlardan ayirgan edi. Muftiy Boboxonovlar sulolasi 1943-1989 yillarda Sho‘ro davlatida dinimizni qayta tiklashga, diniy kadrlar tayyorlashga, xalqlar o‘rtasida do‘stlik o‘rnatishga xizmat qildi. Uch muftiy sovet musulmonlari yetakchilari sifatida jahonda tinchlik uchun kurashchilar safida bo‘lishgan. Shu davrda sho‘rolar xukumati musulmonlari vakili sifatida ular Jahon Tinchlik Kengashi a‘zosi (Xelsinki), Sovet Tinchlik Qo‘mitasi hay‘at a‘zosi (Moskva), Osiyo va Afrika xalqlari birdamlik tashkiloti hay‘at a‘zosi (Moskva, Qoxira), Do‘stlik va madiniy aloqalar Sovet jamiyati hay‘at a‘zosi (Moskva) hamda shu tashkilotlarning O‘zbekistondagi bo‘limlariga hay‘at a‘zosi etib saylanishgan. Xorijda esa, Masjidlar bo‘yicha Oliy Kengash (Makka), Jahon Islom Kongressi (Karachi), Islom ishlari bo‘yicha Jahon Oliy Kengashi (Qohira) va Islom tamaddunini o‘rganish bo‘yicha Iordaniya Qirollik Akademiyasi a‘zosi bo‘lishgan. Sovet davlatini jahondagi 80 ga yaqin Islom va arab davlatlari bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishida ahamiyatli o‘rin tutishgan. Muftiy Boboxonovlarning jahon miqyosidagi obro‘yi juda yuksak edi, bu bilan sho‘ro hukumati rahbarlari hisoblashar edilar. Shunga qaramasdan dahriylar siyosati dinimizga va dindorlarga to‘sqinlik qilishga urinardi. Ziyovuddinxon Boboxonovdan keyin o‘g‘lilari Shamsiddinxon Boboxonov O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi va muftiylik vazifasini yetti yil mobaynida bajarib kelganlar. Ulardan keyin bo‘lgan muftiylar mustaqil O‘zbekistonda Prezidentimiz tomonidan dinga va dindorlarga berilgan erkinlik davrida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ular faoliyatiga rasmiy bahoni 1992 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita beradi.



Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə