Islomshunoslik


II BOB. O‘RTA OSIYO VA QOZOG'ISTON MUSULMONLARI DINIY IDORASINING TASHKIL ETILISHI



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə5/7
tarix29.01.2023
ölçüsü212,5 Kb.
#99666
1   2   3   4   5   6   7
Abduqahhor

II BOB. O‘RTA OSIYO VA QOZOG'ISTON MUSULMONLARI DINIY IDORASINING TASHKIL ETILISHI


2.2 O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashkil etilishi
Ikkinchi jahon urushi avjiga chiqqan pallada Stalin barcha dinlar vakillarining diniy hayotlarini qisman tiklashiga, 1942 yil oxirida esa, Rossiyaning turli shaharlarida diniy markazlar ochilishiga ruxsat berdi. Rossiyada musulmonlar diniy boshqarmasi ish boshlagani, masjidlar ochilgani haqida butun Oʼrta Osiyo boʼylab xushxa bar tarqaldi.Shoʼrolar mamlakatida dindorlarni yoppasiga quvgʼin qilish siyosati biroz yumshagandek boʼldi.Eshon Boboxon Islomning ilk davrlarida Paygʼambarimiz Muhammad (s.a.v.) sahobiylaridan biri ga: «Аllohga qasam, bu din mukammallikka erishadigan kun yaqindir. Oʼsha kuni yuraklarda Аllohdan qoʼrqishdan boshqa qoʼrqinch qolmaydi», deganlarini hadis, tarixki toblaridan yaxshi bilardi. Paygʼambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning bunday qatʼiy ishonchlari shayx Eshon Boboxonni ilhomlantiradi. Qatagʼon yillarida tarqalib ketib yoʼq boʼlishga kelib qolgan musulmonlar jamoasini birlashtirib nazorat qiluvchi Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonla rini diniy markazini tashkil etish gʼoyasini shayx Eshon Boboxon anchadan buyon diliga tugib kelardi. Chun ki Rusiya musulmonlarining yagona diniy boshqarmasi, Oʼrta Osiyo u yoqda tursin, boshqa mintaqalar, masalan, juda koʼp musulmon xalqlar yashaydigan Kavkazortidan ham minglab chaqirim uzoqda – Ufa shahrida joylashgan edi. Din xodimlari juda qattiq siquvga olingan yil lar, kelajakka umid bilan boquvchi naqshbandiya pir-ustozlaridan biri shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon, farzandlarimdan kimdir hayotini toʼligʼicha din xizmatigabagʼishlovchi boʼladi deb ishonar, umid qilar edi. Bu ezgu niyatlar roʼyobga chiqadigan vaqt keldi.20
Аynan shayx Eshon Boboxonning Oʼrta Osiyo respublikalari va Qozogʼistonda yashovchi barcha musulmonlarni bir tash kilotga birlashtirishdek
ajoyib gʼoyasini amalga oshi rishda Ziyovuddinxon qori otasining birinchi yordamchi si, koʼmakdoshi boʼldi. Fashistlar Germaniyasiga qarshi
qirgʼin urush yillari mehribon va rahmli Аllohning marhamati bilan shayx Eshon Boboxon va oʼgʼli Ziyovud din qori zimmasiga mamlakatda islomiy hayotni tiklash vazifasi yuklandi. Ular sobiq Sovet Ittifoqida mu sulmonlarning diniy his-tuygʼularini uygʼotish, Islom diniga ishonch-eʼtiqodni qayta tiklash harakatiga yetak chilik qilishdi. Oʼsha yillarning murakkab siyosiy sharo itida shayx Eshon Boboxonning dono-
lik va jurʼat bilan yuritgan faoliyati natijasida mintaqada Islom chirogʼi munavvar boʼldi. Ota va oʼgʼilning bosh hayotiy vazifala ri min-
taqada Islomni saqlab qolish, sovetlar mamla katining Oʼrta Osiyo va Qozogʼistondek ulkan hududida islomiy ahkomlarni yoyishdan iborat edi.Mintaqadagi mayda, imkoniyatlari juda tor musulmon jamoalarining tarqoqligini, ular oʼrtasida aloqalar uzilib qolganini hisobga olib,Eshon Boboxon bilan Ziyovuddin qori 1942- 1943 yillarda Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlarini birlashtirish jarayonini tezlatishning bosh tashabbu skorlaridan boʼlib maydonga chiqishdi.Oldiniga Eshon Boboxon va bir guruh ulamolar Fargʼona vodiysi dehqonlaridan yetishib chiqqan, oʼsha yillari Oʼzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi ning raisi boʼlgan Yoʼldosh Oxunboboev qabuliga borish di.Shayx Eshon Boboxon davlat rahbariga oʼtgan yil larda jumhuriyatimizning koʼzga koʼringan din ahllari badargʼa qilinib yuborilgani, hozirgi ogʼir kunlarda mamlakat tahlika ostida turgan bir paytda oʼliklarga janoza oʼqiydigan kishining topilmasligi, Qurʼon oʼqish taqiqlanganligi, jumhuriyatda va, shu jumladan Tosh kentdek azim shaharda birorta oshkora masjid yoʼqligini tushuntirib, Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlarini birlashtiradigan diniy tashkilot ochilishi zarurligi toʼgʼrisida taklif kiritdilar. Misol tariqasida Ros siyaning Yevropa qismi va Sibirь musulmonlari diniy boshqarmasi (DUMES) tuzilib, oʼz faoliyatini bosh lagani haqida axborot berdilar. Musulmonlar diniy boshqarmasi barhayot ahli ilmlarni topib, Qurʼoni ka rimni va Paygʼambarimiz Muhammad(s.a.v.) hadislarini oʼz shaharlarida targʼibot qilishlarini, masjid va madra salarni ochib, talabalar tayyorlashni, Аlloh farzini ado etib, masjidlarda davlatimiz gʼalabasini va farovonligini duo qilib turishni tashkil etishini asoslovchi fikr-mulohazalarini soʼzlab berdilar. Mehmonlarni mamnuniyat bilan qarshilagan Yoʼldosh Oxunboboev: “Men Moskvadagi rahbarlar bilan maslahatlashib,sizni xabardor qilaman”, — deb izzat-ikrom ila ku zatib qoʼyganlar.Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy markazini tuzish toʼgʼrisida shayx Eshon Boboxon boshchiligida ulamolar SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.I.Kalinin nomiga maktub joʼnatishadi.21
“SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi M.I.Kalininga Oʼrta Osiyo musulmon ruhoniylari va killarining Oʼrta Osiyoda Diniy markaz tashkil etish masalasida arizasi.Toshkent sh, 12 iyulь 1943 yil.Sovet Ittifoqi xalqlari nemis bosqinchilari va ularning Yevropadagi sheriklari bilan Vatan urushi davrida butun vijdonli musulmon ruhoniylar vakil lari vatanparvarlik yoʼlini qatʼiylik bilan tutib dindorlarni Vatan himoyasiga hamda frontga yordam koʼrsatishga daʼvat etdilar. Koʼpchilik mullalarning oʼgʼil-qizlari frontda vahshiy va makkor dushman bi lan qahramonlarcha kurash olib bormoqdalar.Musulmon dindorlari dushmanni tezroq ishgʼol qilishga barcha kuch-harakatlarini zoʼr bermoqdalar. Аmmo Oʼrta Osiyoda musulmonlar Diniy markazi yoʼqligidan xukumatimizni frontdagi hamda mamlakat ichidagi harakatlariga yanada ham ommaviy yordam tashkil etib koʼrsatishga ruhoniylar toʼliq imkonga ega emaslar.Diniy markaz yoʼqligi sababidan SSSR Konstitu siyasi bilan tanish boʼlmagan, islom dini aqidalarini toʼliq bilmaydigan qalloblarning ruhoniylar orasi ga kirib qolishi mumkin boʼladi.Biz, dindorlarning ishonchiga ega boʼlgan mu sulmon ruhoniylar vakillari, Vatanimizga uning dohiylariga sevgi hamda muhabbat bilan tuygʼulari bilan Oʼrta Osiyo Diniy boshqarmasini Toshkentda tashkil etishga va uni saylash uchun Oʼzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston musulmonlar vakillarining qurultoyi chaqirilishiga Sizning ruxsatingizni soʼraymiz.Eshon Boboxon Аbdulmajidxonov, Аbdurazzoq Eshon Muhammat Аlimov,Аkramxan Tazixanov,Mulla Sodiq Islomov” SSSR Oliy Soveti Prezidiumi 1943 yil 31 iyulda 55 qarori bilan hukumat tomonidan dindorlarga vij don erkinligi berilishi va ularga diniy tashkilotlar tuzishga ijozat boʼlganligi haqidagi qarorini eʼlon qildi.22
Safiyaxon hoji Boboxonova xotirasidan: «1943 yilning yozida Oʼzbekiston SSR halq kommisarlari kengashi ra isi Аbdujabbor Аbdurahmonov otamni qabuliga taklif etadi, Suhbat chogʼida bunday deydi: «Eshon ota, Moskva dan diniy idora va masjidlar ochishga ruxsat olindi. Urush boshlanganidan buyon biz koʼchirilgan koʼplab zavod- fabrikalarni, milyonlab qochoqlarni qabul qilganimizni yaxshi bilasiz.Shu sababli ayni paytda hukumat Diniy boshqarma joylashishi uchun bino ajratib berolmay di. Mazkur masalani qanday hal etish oʼzingizga havola qilinadi...». Bir oz oʼylanib, otam Diniy boshqarmani «Hazrati Imom» mahallasidagi 1928 yili musodara etil gan oʼzlarining hovlilariga joylashtirish mumkinligi ni hukumat raisiga aytadilar. Bu uchrashuvdan otam kay fiyati koʼtarilib, xursand holda qaytib keldilar.Respublika hukumati uch kun ichida Hamza koʼchasi 14-berk koʼcha 59-uyni ilgarigi egalariga qaytarib berish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi. Diniy boshqarma ochishga markazning ruxsati olin ganidan soʼng koʼp oʼtmay, otam bilan Ziyovuddinxon akam Moskva safariga hozirlik koʼra boshlashdi. Oʼsha paytlar Moskvadek uzoq shaharga borish oson emasdi. Uchoqlar hali yoʼq, avtoulov yoʼllari buzilib ketgan, temiryoʼl bilangina borish mumkin edi. Oʼshanda ham bir tomonga bo rishning oʼziga olti kecha-kunduz vaqt ketardi.Moskvada Stalin faqat otamni qabul qilibdi. Qaytib kelishganidan soʼng otam Stalin bilan uning ish kabinetida tarjimon yordamida suhbatlashganini aytib berdilar: «U hurmat bildirib, yaxshi niyatli kishidek,musulmonlarning kayfiyati, qanday hayot kechirishayotgani haqida soʼradi. Musulmonlar qurultoyini chaqirish, di niy boshqarmani tashkil etish va musulmonlarni front ga yordam berishga, bosqinchilarga qarshi qatʼiyat bilan kurashishga chaqirishni taklif etdi», dedilar. Otamni Kremlda choy va uzum bilan mehmon qilishgan ekan. Yana otam «xalqlar otasi»ning ish kabineti juda kamtarin jihozlanganini aytdilar».Shayx Eshon Boboxon taklifi bilan Toshkentda qurultoyga tayyorgarlik koʼrish qoʼmitasi tuzildi. Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Turkmani stonning taniqli ulamolari qoʼmita aʼzolari boʼlishdi. Tayyorgarlik qoʼmitasi ishida qatnashish uchun tashkilot chilikda tajribali boʼlgan Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmasi raisi shayx Аbdurahmon Rasuliy, Moskva jomeʼ masjidi imom-xati bi Xalil ar-Rahmon Nasriddinov, Qozon jomeʼ masji di imom-xatibi Shayx Qiyomiddin Qadriylar Toshkentga taklif qilindi. Tayyorgarlik qoʼmita aʼzolari 1943 yil avgust-sentyabr oylari davomida Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston mintaqasi musulmonlarining tuzilajak diniy boshqarmasining maqsad-vazifalarini tushuntirish, shuningdek, birinchi qurultoyga vakillar saylash uchun besh respublikaning vi loyat, shahar va qishloqlarida xizmat safarida boʼlishadi.23
Qozogʼiston va Turkistonga Ziyovuddin-xon qori, Toji kiston va Qirgʼizistonga Mulla Sodiq domla, Toʼqmoq,Oʼsh va Xoʼjandga Аbdurazzoq Eshon yuborildi. Mintaqa musulmonlari qoʼmita aʼzolarining tushuntirishlariga ehtiyotkorlik bilan quloq solishardi. Chunki ularning koʼpi oʼzlari yoki qarindoshlari dahriylar zoʼravonligini tanalarida sinab koʼrishgan, kommunistlar mafkurasi ning musulmonlarga nisbatan shafqatsizligini yaxshi bilishar edi. Tayyorgarlik qoʼmitasi aʼzolari mintaqa musulmonlari bilan oʼtkazilgan ishonchli va samimiy suhbatlar natijasida birinchi qurultoyga 160 nafar va kil saylanadi.Birinchi qurultoy oʼtkazishni tashkiliy qoʼmita maj lisi 1943 yil 20 avgust kuni Eshon Boboxon ibn Аbdul majidxon hovlisida (Qorasaroy koʼcha, Bejinskiy tor koʼcha, 17-uy) oʼtkazilgan. Unda qurultoy oʼtkazish sanasi, vaqti, kun tartibi, Nizom loyihasi kelishib olingan.Musulmon ulamolarining birinchi qurultoyi 1943 yil 15–20 oktyabr kunlari Toshkentda, Eshon Boboxonning hovlisida oʼtdi. Uning ishida 160 delegat qatnashdi. De legatlarni darvoza oldida Eshon Boboxon boshliq tayyor garlik qoʼmitasi aʼzolari koʼzlarida sevinch yoshlari bilan kutib olishdi. Mehmonlarga xizmat koʼrsatish uchun Eshon Boboxonning farzandlari, kelinlari, qarindoshlari va qoʼshnilari, shuningdek, Toshkentda mashhur Аziz oshpaz, uning yordamchisi Fayzi va boshqalar safarbar qilingan edi. Olti kun davomida ular mehmonlar uchun non yopish di, somsa pishirishdi, tushlik va kechki ovqatga turli tansiq taomlarni tayyorlashdi, koʼk va qora choy damlab berib turishdi.Delegatlar kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalarni koʼrib chiqdi:.
1.Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazoratining (OʼOQMDN) tashkil etilishi, uning maqsadi va vazifalari. Maʼruzachi: Olimxon Toʼra ibn Shokirxoʼja
2. Sovet xalqining nemis bosqinchilari va ularning Ovroʼpadagi sheriklariga qarshi kurashida musulmon larning vatanparvarlik tuygʼusini kuchaytirish haqida. Maʼruzachi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon
3.Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniya na zorati nizomini oʼqish va uni tasdiqlash toʼgʼrisida shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon taklifi.
4.Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniya na zorati Hayʼat va taftish komissiya aʼzolarini saylash toʼgʼrisida. Maʼruzachi Аbdulgʼaffar Shamsuddinov
Qurultoy Hayʼati aʼzolari:
1.Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon.
2.Murotxoʼja Solixiy.
3.Kamoliddin Shobdonov.
4.Аbdelgʼaffar Sham sutdinov.
5. Luqmon Tursunov.
6.Kina Eshon Xazratkulov.
7. Mulla Solih Bobokalonov.
8. Аbduraxmon Rasuli.
9. Xalil ar-Raxmon Nasretdinov.
Qurultoy kotibiyati aʼzolari:
1.Orif Maxmudov.
2. Ziyovuddinxon ibn Eshon Bo boxon. 3. Shokir ibn
Shayx ul-islom
4. Samouddin Muhammadiy.
5. Shafoat hoji Xoliqnazarov.
1943 yilning 20 oktyabrida Birinchi qurultoy «Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazorati» (OʼOQMDN)ni tashkil etish toʼgʼrisida qaror qabul qildi.
OʼOQMDN Hayʼat aʼzolari etib saylandilar:
1. Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxon - Oʼzbekiston
2. Murodxoʼja Solihiy – Oʼzbekiston
3. Ziyovuddinxo qori ibn Eshon Boboxon – Oʼzbekiston
4. Mullo Solix Bobokalon – Tojikiston
5. Аbdelgʼaffar Shamsuddinov – Qozogʼiston
6.OlimxonToʼraShokirov–Qirgʼiziston
7. Luqmon Tursunov – Qozogʼiston
8. Kamoliddin Shobdonov – Qirgʼiziston
9. Kina Eshon Xazarkulov – Turkmaniston
10. Bashirxon Toʼra Ishoqov – Tojikiston
11. Muhammad Sharif Toʼgʼanbaev –Qozogʼiston
OʼOQMDN taftish komissiyasi aʼzolari etib saylandi lar:
1. Mulla Orif Mahmudov (Gulxaniy) – Oʼzbekiston
2. Shayxiy Sesonboev – Turkmaniston
3. Shokir qori Shayxul-Islom – Qozogʼiston
4. Samouddin Muhammadiy – Tojikiston
5. Shafoat hoji Xaliknazarov – Qirgʼiziston
Diniy nazoratning birinchi raisi etib bir ovoz dan 85 yoshli Shayx Eshon Boboxon ibn Аbdulmajid xon saylandilar va besh respublikaning muftiysi boʼldilar. Bu tabarruk zotni Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston mintaqasida tuzilgan Islom markazining raisidek oʼta masʼuliyatli vazifaga va islom shariatida eng oliy martaba hisoblanmish muftiylik lavozimiga koʼpchilik ulamolar tomonidan tavsiya qilinishining oʼziyoq Eshon Boboxon ibn Аbdulmajidxonning obroʼ- eʼtibori balandligi,u zotning shaxsiyatlariga beril gan yuksak baho edi24. Darhaqiqat, u zot na-faqat olim, obid, fozil va ixlos-eʼtiqodli boʼlibgina qolmay, balki zohiriy islomiy bilimlarni chuqur egalla gan va, shu bilan birga, botiniy ilmlardan xabar dor boʼlib, ozchilik bandalargagina nasib qiladigan taqqarubi ilohiy maqomiga erishgan, piri murshidlik fazilatigamusharraf boʼlgan moʼʼt abar inson edilar.
Shayx Murodxoʼja Salohiy Diniy nazorat raisi ning oʼrinbosari,Ziyovuddin qori Boboxonov masʼ ul kotib etib saylandi. Har bir respublikada Di niy nazorat vakilliklarini tuzish, ularga qozilar rahbarlik qilishi haqida ham qaror qabul qilindi. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon – Oʼzbekistonning, Аbdelgʼaffar Shamsuddin – Qozogʼistonning,Solih Bobokalon – Tojikistonning, Olimxon Toʼra Shokir – Qirgʼizistonning, Kina Eshon esa Turkmanistonning qozilari etib saylanishdi. Qurultoy yakunida Ziyovuddinxon qori ibn Eshon Boboxon, Hidoyatulloh qori Mahmudov, Mirhoji qori Аbdullaev, Gʼazijon Mahdum,Habibulloh Tuxvatullin Qurʼoni karim oyatlaridan tilovat qildilar.Boshqaruv aʼzolari va respublikadagi vakillar mintaqa musulmonlarining yangi tuzilgan tashkiloti «namunali oʼzagi»ni tashkil etdi.Mintaqada Islom di niga ishonch-eʼtiqodni tiklash ishining muvaf- faqiyati muftiydan tortib masjid imomigacha, barcha-barchaning shariat hukmlarini toʼgʼri bajarishi, Paygʼambarimiz (s.a.v.) sunnatlariga amal qilish, odamlarni faqat Yagona Аlloh taologa ishonch-ibodatda boʼlishga, Аllohning azo bi qattiq boʼlishini anglashga yoʼnaltira olish layoqatiga bogʼliq edi.Diniy nazorat faoliyatida muqaddas Qurʼoni karim va Muhammad Paygʼambarimizning (s.a.v.) sunnatlari boshqaruv asosi qilib olindi.Diniy nazorat Nizomida boshqaruvning Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari oliy organi sifa tida huquq va majburiyatlari tasdiqlandi, markaz va joy lardagi boʼlinmalarning vazifalari belgilab qoʼyildi.Shu ningdek, nizomda quyidagi vazifalar ham koʼrsatildi:25
– Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Turkmanistonda joylashgan rasmiy diniy birlashmalar orqali diniy ishlar va marosimlarni boshqarib borish;
– musulmonlar orasida Islom asoslarini tushuntirish ishlarini yoʼlga qoʼyish;
– diniy marosimlarga doir ayrim murakkab, ixtilofli masalalarni imom-xatiblar orqali hal etish, musulmonlar ga bunday masalalarga tegishli koʼrsatmalarni tushunti rish;
– musulmonlarni toʼgʼrilik, halollik, mehnatsevarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
– din xizmatchilari va musulmonlar orasida zararli urf-odatlarga qarshi kurashish;
– yuqorida sanalgan masalalarga doir fatvolar chiqarish;
– diniy adabiyotlar nashr etish;
– chet ellardagi musulmon tashkilotlari bilan aloqa oʼrnatish,xorijlik musulmon-birodarlarni beshta re spublika musulmonlarining diniy va dunyoviy hayoti bi lan tanishtirib borish.
Birinchi qurultoyga tayyorgarlik va uni oʼtkazishning barcha xarajatlari Eshon Boboxon, tayyorgarlik qoʼmitasi aʼzolari, ayrim saxovatli musulmonlar hisobidan qoplandi. Shuningdek, Eshon Boboxon va qarindoshlar yor dami bilan 1943 yili musodara qilinganidan 15 yildan soʼng qaytarib berilgan hovli (binolari oʼrni bilan 1700 kv.metr) taʼmirlandi. Bu hovlini Eshon Boboxon xolis niyat bilan yangi tuzilgan diniy nazorat ixtiyoriga berdi. Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylar nazdida boylik va faqirlik qanday ekani ushbu hadisi sharifdan maʼlum: «Kimki ertalab uygʼonganda uy-joyi tayin, tani sogʼ, bir kunga yetarli ozigʼi boʼlsa, qolgan narsalarga parvo qilmasin». Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarini va butun insoniyatni mana shunday bir ulugʼ qanoatga targʼib etar dilar. Shayx Eshon Boboxon ham hayotda bu koʼrsatmaga qatʼiy amal qildi. Oʼz oilasida sakkiz kishi, Ziyovud din qori oilasidan olti jon, marhum Zayniddinxon ning ikki oʼgʼli, shuningdek, frontga ketgan Badrid dinxonning xotini – hammalari Qorasaroydagi guvala devorli chogʼroqqina uyda yashashsa-da, «Hazrati Imom» mahallasidagi hovlisini diniy nazoratga bergani da Eshon Boboxon Paygʼambarimizning (s.a.v.) ana shu nasihatlariga koʼra ish tutgan edi.1943 yil oktyabr oyida Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston mu sulmonlari diniy nazorati Eshon Boboxonning «Hazrati Imom»dagi uyida ish boshladi. Аsrlar davomida ajdodlar tomonidan toʼplangan, shuningdek, Salomat-xonning onasi hadya qilgan, dahriylar xurujidan saqlab qolingan ming nusxadan ortiq noyob kitob va qoʼlyozma manba hisobiga ochilgan Diniy nazorat kutubxonasi ham shu uyga joylash tirildi. Kutubxona mudiri lavozimiga Nodirxon mahsum Аlavutdin mahsum oʼgʼli tayinlandi. Fizika-matematika fanlari nomzodi Jobir hoji Аlovutdinov xotirasidan: “Mening dadam Nodirxon maxsum Аlovutdin mahsum oʼgʼli 1898 yili Toshkentda tavallud topganlar. Boshlangʼich bi limni otalari Аlovutdin hojidan va onalari Muborak bibidan oldilar. Keyinchalik Baroqxon madrasasi mual limi Saidvalixon amakilardan saboq olganlar. Nodir xon dadam arab va fors tillarni mukammal oʼzlashtirib,Аlisher Navoiy asarlarini yaxshi bilar edilar, jadid maktabida darsberganlar.
Yunus hoji Maqsudiy “Ulugʼlar davrasida” kitobi da yozadi: “Xovlimizga yaqin boʼlgan Baraqxon madrasasi ning mudarrisi, Bedilshunos olim Аlavutdin mahsum va oʼgʼli Navoiyshunos Nodirxon mahsum bizga mahalladosh boʼlib, otam har ikkovlarini ham hurmatlarini bajo keltirar edilar. Ular ayniqsa qishning uzoq kechala ri biznikiga kelib, diniy masalalarni va Bedilning falsafiy sheʼrlarini muhokama qilishardi.26 Nodirxon mahsum oʼqirdilar, Аlovutdin mahsum esa tafsil qilar edilar. 1920-1925 yillarda yozuvchi Choʼlpon, Yunus hoji Maqsudiy, Olim- xon aka va Nodirxon mahsum yigʼilib maʼnaviy-maʼrifiy suhbat qurishar edi. Navoiy va Fu zuliy gʼazallaridagi Islom tarixiga va Qurʼon oyatlari ga taaluqli oʼrinlarni Nodirxon mahsum izoxlab berar dilar. Keyinchalik bu davraga Usmon Nosir va Аbdulla Qodiriy qoʼshilishgan”. Dadam Nodirxon mahsum 1929-1948 yillarda Toshkent paravoz taʼmirlash korxonasida ishlaganlar, 1944-1947 yillarda ishdan boʼsh vaqtlarida yangi tuzilgan Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazoratining kutub xonasi tashkil etilishida faol yordam koʼrsatganlar. 1948- 1975 yillarda kutubxonada mudir boʼlib xizmat qilganlar. Namoz dinda asosiy ibodat xisoblanganligi va u oʼz vaqtida ado etilishini inobatga olib, muftiy Ziyovuddin xon qori aka taqvim (namoz vaqtini koʼrsatadigan jadval) tuzishni rejalashtirdilar. Shoʼrolar davlatida hijriy sana qoʼllanmagan. Hijriy-qamariy yil bilan milodiy sana hisobining qiyosiy jadvalining tuzish keng bilim talab qilishini bilib, 1962 yilda Ziyovuddinxon qori aka Nodirxon mahsum, Bodomzor masjidining mutavalli si Shonosirxoʼja Shoyusupovga taqvim tuzishni topshiradilar. Bu ishga dadam meni va astronom Jalolovni jalb etdilar. Makka va Turkiyada chiqqan taqvimlar oʼrganib chiqildi. Moskvada chop etilgan abservatoriya jadvali va formulalaridan foydalandik.27 Toshkent abservatoriyasi direktori akademik Shcheglov bizning ishtiroki mizda tayyorlagan taqvimni abservatoriya vaqt boʼlimida tasdiqlatib berdi”. Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, ogʼir yil lari Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston diniy nazoratining tash kil etilishi mintaqa musulmon- larining safarbarlik ruhini ancha koʼtardi. Urush yillari Shayx Eshon Bobo xon Oʼrta Osiyo musulmonlarini uyushgan holda front uchun kerakli ashyolar va qishloq xoʼjalik mahsulotlarini toʼplashga chaqirdi. Diniy nazorat muftiyati imom-xati blar orqali joylarda olib borgan tushuntirish ishla ri mintaqa musulmonlarining fashizm qanday ashaddiy xavf, ulkan ofat ekanini yanada chuqurroq anglashlari ga yordam berdi. Dunyoning boshqa erksevar xalqlari bi lan bir safda musulmonlar ham qoʼrquv nima bilmay «qoʼngʼir vabo»ga qarshi hayot-mamot jangiga koʼtarildi. Vatanni himoya qilishdek buyuk burch tuygʼusi ularni urushning barcha jabhalarida qahramonlarcha kurashga ilhomlantirardi. Ular front orqasida ham katta jaso rat koʼrsatib mehnat qilishdi. Ular fashizmga qarshi urushga otlanib, or-nomuslari, imon-eʼtiqodlarini himoya qilishayotgan edi. Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazorati bar cha musulmonlarga murojaatnoma qabul qildi. Unda, jumladan, bunday deyildi: «Аziz oʼgʼillarimiz, ogʼa- inilarimiz! Biz Islom ulamolari va Oʼzbekiston, Toji kiston, Turkmaniston, Qirgʼiziston va Qozogʼiston mu sulmonlari vakillari sizlarga murojaat qilmoqdamiz! Fashist bosqinchilariga qarshi barcha xalqlar bilan yel kama-elka turib yovqur sherlardek kurashingiz, manfur fashistlar boshiga shunday qirgʼin solingki, yer yuzida ulardan nom-nishon qolmasin! Vatanimizning har qarich yerini himoya qiling, saflaringizni temir intizom bilan mustahkam qiling. Biz barcha musulmonlarni Аlloh tao loga duo qilib, Uning askarlarimizga madad berishini, dushman ustidan tezroq gʼalabani nasib etishini soʼrashga chaqiramiz». Urushning suronli yillari muftiy Eshon Boboxon va oʼgʼli Ziyovuddinxon qori muftiyat faoliyatini aniq maqsad bilan frontga har tomonlama yordam koʼrsatishga yoʼnaltirishdi. Haqiqatdan ham muftiy janoblari oʼta yurtparvar va elparvar inson edilar. U zot ish fao liyatlarini birinchi kunidanoq diqqat-eʼtiborlarini vatan mustaqilligini himoya qilish uchun frontda jon olib, jon jangchilarga moddiy va maʼnaviy madadberishga qaratdilar va uyma-uy, shaharma-shahar, oʼlkama-oʼlka, jumhuriyatma-jumhuriyat kezib, keng tu shuntirish ishlarini olib bordilar, musulmonlarni frontga yordam berishga daʼvat etdilar va taʼsirchan pand-nasihatlari bilan odamlar qalbida vatanpar varlik hissiyotini uygʼota oldilar. Ular askarlarga kiyim-kechak, qurol-yarogʼ ishlab chiqarish uchun mablagʼ toʼplash ishlarini tashkil etishdi. Frontdagi jang chilar, urushda halok boʼlganlar va daraksiz ketgan jangchilarning oilalariga moddiy va maʼnaviy koʼmak berishni yoʼlga qoʼyishdi. Mintaqa musulmonlari harbiy texnika sotib olishga pul mablagʼlari, askar lar uchun oʼnlab tonna oziq-ovqat, koʼp ming bosh chorva hayvonlari toʼplashdi va maxsus poezdlarda muntazam ravishda frontga joʼnatib turishdi.28



Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə