Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591


  “Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/205
tarix28.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#137774
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205
SUV VA YER 2022 6 soni

100 
“Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal
 
6(17)-son 2022-yil
ta’minoti fanini o'qitish metodikasi boshqa fanlar bilan, birinchi navbatda, pedagogika, psixologiya, 
fizika bilan chambarchas bog'liq (2 -rasm). Bu fanlar bilan bog’liqlik elektr ta’minoti fanining 
mazmunida ham, ta'lim usullari, vositalari va shakllarida namoyon bo'ladi. Shunday qilib, fizikaning 
rivojlanishi yarimo'tkazgichlarning fizik asoslari, maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari va boshqalar 
elektr ta’minoti asoslari kursining dasturiga kiritilganligiga olib keldi. 
Ta'lim psixologiyasining rivojlanishi, yangi psixologik tushuncha va nazariyalarning yaratilishi
xususan, aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasi (L.S. Vigotskiy, 
P.Ya.Galperin, N.F.Talyzina), rivojlantiruvchi ta'lim nazariyasi ( L.V.Zankov, D. Elkonin), nazariy 
umumlashtirish tushunchasi (V.V.Davydov) asosida elektr ta’minoti fanini o'qitish texnologiyalarini 
ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. 
 
 
2-rasm. Qishloq va suv xo’jaligida elektr ta’minoti fanini qanday o'rgatish kerak. 
Qishloq va suv xo’jaligida elektr ta’minoti fanini o'qitish falsafa, mantiq va texnika fanlari bilan 
ham bog'liq. Texnologiyaning rivojlanishi yangi o'quv -uslubiy vositalarini yaratilishiga olib keladi, bu 
esa o'z navbatida ularni o'quv jarayonida qo'llash metodikasini ishlab chiqishni talab qiladi. 
Metodik tayyorgarlik va umuman o'qitish tamoyillarini bilish o'qituvchining o'quv jarayonini 
amalga oshirish samaradorligining asosidir. 
Xususan, pedagogik tayyorgarliksiz talabalarga individual yondashuvning samaradorligi 
masalasini hal qilib bo'lmaydi. Talabalar orasida har doim tayyorgarlik darajasi, qobiliyati va umuman 
individual fazilatlari jihatidan juda farq qiladi. Xuddi shu ma'ruza usuli bilan, ba'zilar materialni yaxshi 
o'zlashtiradilar, boshqalari yetarli darajada o’zlashtirmaydilar, ayrimlari esa tushunmasligi mumkin. 
Pedagogik jarayonda vazifalar, mazmun, shakl va usullarning tabiiy aloqasi uzviy mantiqiy zanjirni 
tashkil qiladi. O'qituvchining ta'lim jarayonining tarkibiy qismlarini o'zaro bog'lanishida eng oqilona 
variantni tanlash qobiliyati yakuniy natijaga erishish uchun asosdir. 
Shunday qilib, oliy ta'limi tizimida qishloq va suv xo’jaligida elektr ta’minoti fanini o'qitish o'ziga 
xos xususiyatlarga ega bo'lib, nafaqat maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan, balki o'qitish tamoyillari 
asosida ham ko'rib chiqishni talab qiladi. 
Xo‘sh tamoyil nima? Uning mazmun-mohiyati nimadan iborat? qishloq va suv xo’jaligida elektr 
ta’minoti fanini o‘qitish prinsiplariga nimalar kiradi?
“O‘zbek tilining izohli lug‘atiga bu iboralarga berilgan izohlarga qaratamiz. “Prinsip ⌠lot. 
principium-asos, negiz; ibtido⌡
2
. Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash, va sh.k.ning dastlabki asosiy 
qonun qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida”. 
“Tamoyil [ar.-tebranish, chayqalish; o‘zgarib turish; o‘zgaruvchanlik; moyillik] 1. Mayl, 
moyillik 2. Biror sohada tartib qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish”. 
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida qayd etilishicha “Prinsip-rahbar g‘oya asosiy qoida, xulqqa 
nisbatan asosiy talab”
3
.
Shuningdek, N. Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” risolasida prinsip 
tushunchasiga shunday ta’rif beradiki; “Prinsip- lotincha “principium” so‘zidanolingan bo‘lib asos, 
dastlabki xolat, boshqaruvchi g‘oya, umumlashtirilgan talab kabi ma’nolarni anlatadi”.
4
Biz oliy ta’limda qishloq va suv xo’jaligida elektr ta’minoti fanini o'qitish tamoyillari deganda 
mazkur fanlarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etishi va amalga oshirishda o‘quv tarbiya mazmunini, 
shakllari, metodlarini tanlanishini begilaydigan dastlabki holatni, umumiy qoidalarni va talablarni 
tushunamiz.
Tamoyillarda ta’lim beruvchi va ta’lim o‘rganuvchiga o‘qitish jarayonida rioya qilishi lozim 
2
O’zbek tilining izohli lug’ati. T.: “O’zbekiston milliy ensiklapediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006, 309-bet 
3
Zunnunov A. Mahkamov U. Didaktika: Oliy o‘quv yutrlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.; “Sharq”, 2006, 
36-bet 
4
Saidahmedovning N. Yangi pedagogik texnologiyalar nazariya va amaliyot. –T.: “Moliya” nashriyoti, 2003 82-
bet. 
Falsafa, mantiq va 
texnik fanlar 
Pedagogika 
Psixologiya 
Fizika 
Qishloq va suv xo’jaligida elektr ta’minoti fanini o'qitish metodikasi 



Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə