Jahon adabiyoti


Qadimgi Bobil adabiyoti durdonalaridan yana biri falsafiy doston “Bobil teoditseyasi”



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə11/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Qadimgi Bobil adabiyoti durdonalaridan yana biri falsafiy doston “Bobil teoditseyasi” deb shartli nomlangan asardir. Mazkur falsafiy doston matnini ilk marta S.Strong 1895 yilda e'lon qildi. 1896 yilda qadimiy Sippar shahridan asarning boshqa nusxasi topildi va uni F.Marten tarjima qilib, sharhlashga urindi. 1919 yilda E.Ebeling qadimiy Ashshur-poytaxt shahardan topilgan shu asarning yana bir matnini e'lon qildi. Qadimshunoslar fikricha, mazkur asar miloddan avvalgi 1400 va 800-yillar orasida yozilgan. Keyinroq bu doston muallifi Isagul-Kinubbib 1069-1048 yillarda podshohlik qilgan Is-Sin (yoki As-Sin) hukmronligi davrida yashaganligi aniqlandi. Lekin biz uchun muhimi asarning falsafiy mazmuni, poetik xususiyatlari, muallifning badiiy qarashlarini aniqlashdir.Asar mazmuniga ko‘ra, hayotda ko‘p qiynalgan bir fuqaro donishmand ustozga uchrab, qayg‘u-hasratlarini hikoya qiladi, nima uchun taqdirim bunday deb so‘raydi, donishmand o‘z bilganicha javob beradi. Asar muallifining adabiy-falsafiy qarashlari, bizningcha, donishmandning javoblarida ifodalangan. Fikrimizni dalillash uchun doston matnidan ayrim parchalarni o‘zbekcha tarjimada keltiramiz.
I
(Hasratchi)
Ey dono, quloq sol, aytib beray Ko‘nglimdagi qayg‘u-alamni.
(Men quling) ey dono, seni sharaflay, Dunyoda sen kabi dono qaydadir?
Senga teng keluvchi olim qaydadir ? Maslahatchi qani?Dardimni aytsam. Kamina oilada kenjasi edim, Otamdan ayrildim taqdir hukmi-la. Borsa-kelmas tomon onam ham ketdi. Himoyasiz qoldim yetimlik ila. II
II
(Dono do‘st)
Do‘stim, aytganlaring qayg‘uli holdir, Lekin sen baribir yaxshi niyat qil. Oqil odam bo‘lu tentak bo‘lmagil, Ochiq chehrali bo‘l, g‘amga botmagil. Hammaning ota-onasi ketar bir kuni “Xubur ”daryosidan narisohilga...
3
(Hasratchi)
Do‘stim, qalbing daryo, suvlari doim Mavjlanguvchi dengizga mengzar. Sendan so‘raydigan gaplarim ko‘pdir. Omad yuz o‘girdi, quvvatdan qoldim, G‘amuhasrat ichra hayotdan toldim.
IV
(Dono do‘st)
Aqling joyida-ku, so‘zlaring chalkash, Chiroyli chehrangni ko‘rga o‘xshatma.
Ne tilasang, bir kun yetasan, Toat-ibodat qil, shafqat qilurlar, Ketgan yaxshi kunlar qaytib kelurlar.
V
(Hasratchi)
Bosh egaman senga, dono so‘zingga, Qornin hashak bilan to‘ldirgan eshak Ilohiy so‘zlarni tinglaganmi hyech? Tirik odamni yeb quturgan arslon, Qurbonlik qilganmi ilohasiga ?
Mol, dunyosi bisyor badavlat odam, Tillo tortib bermagan-ku ilohasiga? Qancha qurbonlik va ibodat qildim, Eshitmas iloham tilaklarimni.
VI
(Dono do‘st)
Donolar hikmatin tinglagan odam Hurmoga o‘xshaydi, yombi tilloga. Ekinzor dalani toptab, ezganlar, (Dehqon yo ovchining) o‘qiga uchrar,
Chohga tushar ul qonho‘r arslon.
Mol, dunyosi oshib ketganni Gulxanda yoqadi zamon podshohi.
Sen bularning izidan borma.
Tangri rizoligin so‘ra, yaxishsi.
VII
(Hasratchi)
So‘zlaring rohatbaxsh shabboda kabi
Nasihating dardga malhamdir.
Asarning keyingi fasllarida lirik qahramon hayot haqida o‘ylarini izhor qilarkan, aslzoda, shahzoda juldur libosda qolganini, kambag‘al, bezorining bolasi hashamli libos kiyishini, ilgari faqat ko‘kat yeydigan odamlar hozir amaldorlarning taomlarini yeyishini, aldoqchi, tovlamachilar mol-dunyo yigayotganini, ota og‘ir mehnatda qiynalib, farzandi yalla kdlib yurishini aytadi. Donishmand do‘sti uni uyaltirib, “ Sen ayyor, tovlamachi, nopoklarning boyligiga havas qilma, ularning xaromdan topgan boyligini boshqa bir nopok, o‘g‘irlaydi yo undan tortib oladi, — deydi. Sen shuncha bilimdon, olim odam bo‘laturib, Xudoga shak keltiryapsan. Hammaning ham birinchi farzandi yaxshi chiqmasligi mumkin, keyingilari yaxshi bo‘ladi. Xudoning nazaridan uzoqda qolgan odamlar ilohiy hikmatlarni tushunishga aqli yetmaydi ”.
Hasratchi yana o‘z gapidan qaytmay aytadiki, obro‘li, mansabdor odamni qotil bo‘lsa ham izzat-hurmat qiladilar, oddiy odamni ayb ish qilmasa ham yerga uradilar, xudojo‘y, mo‘min odamlarga kun bermaydilar. Asar oxirida donishmand do‘st g‘amgin odamni yupatgan bo‘lib, ko‘pchilik odamlarning yomon qilmishlaridan Xudo bezor bo‘lib, ularni o‘z holiga tashlab ko‘ygan, lekin u yaxshilarni oxiratda aziz qiladi, deydi.
Bobil adabiy asarlarining tilida turkiy va arabiy so‘zlar ham ko‘p uchrashi qiziqarli holdir. Epos syujetida ajoyibotlar, sirli, bashoratli tushlar, keskin to‘qnashuvlar ilohiy qudrat bilan sodir bo‘luvchi hodisalar bilan birga xarakterlar mantiqi va hayotiy ruhiy kechinmalarni tasvirlashga e'tibor berilgan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə